|
Key words: foreign student, medical chemistry, science, higher medical education, course, education Pdf ko'rish
|
bet | 302/344 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 3,37 Mb. | | #113345 |
Bog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yilKey words: foreign student, medical chemistry, science, higher medical education, course, education
.
Kirish. Ma’lumki, soʻnggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlardan asosiy
maqsad, albatta, mamlakat aholisining turmush darajasini yanada yaxshilash, ularning sog‘lom, ozod, tinch
va osoyishta mamlakatda yashashlari uchun etarli shart-sharoitlarni yaratishdan iboratdir. Bu borada
mamlkatimiz
prezidenti
Sh.Mirziyoyev
2016-yilning
7-dekabrida
Oʻzbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasining 24 yilligiga bag‘ishlangan ma’ruzasida: “Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha
boʻg‘inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni oʻzimizning birinchi darajali
vazifamiz deb bilamiz”, deb ta’kidganlar [1].
Haqiqatdan ham bugungi kunda oliy ta’lim muassasalari oʻrtasidagi integratsiya jarayonlarini,
talabalar va oʻqituvchilarning akademik harakatchanligini kuchaytiradigan globallashuv jarayonida
raqobatdosh mutaxassislarni tayyorlash dolzarb masala hisoblanadi. Bugungi kunda oliy ta’lim
muassasalarida chet ellik talabalarning oʻqishi hamda ularning soni insititut yoki universitetning mavqesini
belgilaydigan omillardan biri hisoblanadi. Bu borada respublikamiz oliy ta’lim muassasalarida yetarlicha
imkoniyat va asos mavjud. Oʻzbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor
yoʻnalishlarini belgilash, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda
ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish PF-5847-son Farmon bilan qator vazifalar belgilab
berilgan [2]. Masalan, Oʻzbekiston oliy ta’lim tizimini Markaziy Osiyoda xalqaro ta’lim dasturlarini amalga
oshiruvchi “xab”ga aylantirish; oliy ta’limning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xorijiy ta’lim va ilm-
fan texnologiyalarini jalb etish; respublika oliy ta’lim tizimini xalqaro ta’lim standartlari bilan
uyg‘unlashtirish, ilg‘or xorijiy tajribani chuqur oʻrganish va tahlil qilish asosida ta’lim dasturlarini jahonda
tan olingan xalqaro standartlar talablariga moslashtirish boʻyicha asoslangan takliflar ishlab chiqish; xorijiy
oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qoʻshma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash faoliyatini
kengaytirish; xorijiy talabalarning ulshini 2030-yilgacha 15% ga yetkazish kabilarni keltirish mumkin.
Oxirgi yillarda respublikamizda bir qator chet el oliy ta’lim muassasalari va filiallari, mahalliy oliy ta’lim
muassasalarida qoʻshma ta’lim dasturlari ochilishi hamda chet el dasturlarini integratsiyasi natijasida xorijiy
talabalarning ulushi sezilarli oʻsganini kuzatish mumkin.
Asosiy qism. Xorijiy talabalar soni oshishsi oʻz navbatatida oliy ta’lim muassasalari oldida bir necha
savollarni qoʻyadi: chet tilida dars bera oladigan mahalliy kadrlarning mavjudligi, infrastrukturaning
mavjudligi va uning talabga javob berishi, tegishli darsliklar bilan ta’minlanganligi, ishchi-xodimlarning
xalqarolashuvga tayyorgarlik darajasi va boshqalar. Xorijiy talabalarni oʻqitish muhitiga moslashtirish, turli
xil oʻqitish metodlari va uslublarini qoʻllash, maxsus adabiyotlarni qoʻllash boʻyicha tadqiqotlar [3-9]
https://buxdu.uz
|
| |