|
PEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021 Pdf ko'rish
|
bet | 298/344 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 3,37 Mb. | | #113345 |
Bog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yilPEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021
222
1-rasm. Qora-qir ko‘lida suv va havo haroratining o‘rtacha ko‘rsatkichi
Keyingi yillarda Qora-qir ko‘lining suvi qish oylarida muzlashi kuzatilmoqda. 2015-yil dekabr oyining
17-kunidan boshlab qirg‘oqlari muzlay boshladi. Ammo pelagial zona chuqurligi 5-7 metr bo‘lgan joylarda
to‘lqin kattaligi sababli muzlash kuzatilmadi. Qora-qir ko‘li suvining kimyoviy tarkibini aniqlashda
mavsimiy namunalar yig‘ildi.
Muhokamalar va natijalar. Suv tarkibi bir nechta ko‘rsatkichlari bo‘yicha tahlil qilindi. Qora-qir va
Shimoliy zovur suvlarining gidrokimyoviy tarkibini o‘rganish natijalari, suv tarkibidagi mineral
moddalarning hamda suvda erigan kislorodning miqdori yil fasllariga bog‘liq ekanligini ko‘rsatmoqda. Qora-
qir ko‘li suvi tarkibidagi muallaq moddalar, ko‘lning suv ta'minotchisi bo‘lgan Shimoliy zovurga nisbatan
ko‘pligi aniqlandi. Ko‘lda suvning oqimi bo‘lmaganligi sababli, bahorda, yozda va kuzda fitoplanktonlarning
hamda zoplanktonlarning faollik bilan rivojlanganligi sababli muallaq moddalarning ko‘rsatkichlari yuqori.
Ko‘ldagi quruq qoldiqlarning miqdori yoz va kuz fasllarida ko‘pligi, Buxoro viloyatida yoz hamda kuz
fasllarida havo harorati yuqori bo‘lganligi sababli suvning parlanishi natijasida quruq qoldiqlarning
ko‘payishi aniqlandi. Qora-qir suvning tarkibidagi xloridlarning miqdori 1,8–3,7 g/l, sulfatlarni 5,0–5,2 g/l
yuqori konsentratsiyada bo‘lishi, suvlarning parlanishi hisobiga mavsumiy ekanligi, sho‘rlanish darajasi
xloridlar sul’fatlar hisobiga ekanligi aniqlandi.
Suv tarkibidagi biogen elementlar azotli va fosforli birikmalar, ko‘ldagi tuban va yuksak o‘simliklar
tomonidan o‘zlashtiriladi. Shu sababli suvda kislorodning miqdori ko‘payadi va ular fasl davomida 6,6–6,8
mg/l hisobida saqlandi (1-jadval).
1-jadval. Buxoro viloyati Qora-qir ko‘lli suvining 2018-2019-yillardagi gidrokimyoviy
|
| |