|
Key words: chloride, sulfate, photosynthesis, Karakir, seasonality, reservoir, lake, mineral substances,
pelagial.
Kirish Pdf ko'rish
|
bet | 297/344 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 3,37 Mb. | | #113345 |
Bog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yilKey words: chloride, sulfate, photosynthesis, Karakir, seasonality, reservoir, lake, mineral substances,
pelagial.
Kirish. Qora-qir tabiiy koʻli (koʻllar sistemasi) Buxoro vohasining shimoliy gʼarbida joylashgan.
Qora-qir kollektor suvlari toʻplanish hisobiga hosil boʻlgan. Shimoliy kollektor koʻl suvining asosiy manbasi
hisoblanadi. Koʻldan suv olinmaydi, suvning asosiy qismi bugʼlanish va filtratsiya hisobiga kamayadi.
Koʻlga suv shimoliy kollektor orqali 30-40 m
3
/sek.da kiradi, ammo chiqib ketish imkoniyati mavjud emas.
Qish va bahor oylarida kollektor suvining koʻpayishi natijasida koʻlning maydoni, mayda koʻlmaklarning
hosil boʻlish hisobiga 26,5-27,2 ming gektarga yetadi. Yoz oylarining yuqori haroratli kunlarida bugʼlanish
va filtratsiya yuqori darajaga chiqadi, undan tashqari koʻlga kiradigan suv 5-10 m
3
/sek gacha kamayishi
hisobiga koʻlning maydoni ancha qisqarib 10-12 ming gektargacha kamayadi. Koʻlning maksimal chuqurligi
(Katta Qora-qir) 7-8 metr, oʻrtacha chuqurligi 2,0-2,5 metr, minimal 0,7-1,8 metrni tashkil qiladi. Qora-qir
koʻlining maksimal chuqurligi umumiy maydonni 5-10 % ni, oʻrtacha chuqurlik 15-20 % ni, minimal
chuqurlik 70-80 % ni tashkil qiladi [1, 2, 3].
Asosiy qism. Suvning fizik–kimyoviy holatining tahlili dala va laboratoriya sharoitda olib borildi.
Dala sharoitida suvning harorati, rangi, tiniqligi, loyqaligi va rN koʻrsatkichlari aniqlandi. Suvning qolgan
barcha koʻrsatkichlar laboratoriya sharoitida aniqlandi. Suv tahlillari Buxoro davlat universitetining
Biotexnologiya va ixtiologiya ilmiy laboratoriyasi va Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat
qoʻmitasiga qarashli ilmiy laboratoriyasida Y.Y.Lure va N.S.Stroganov uslublari boʻyicha tahlil qilindi [5,6].
Suvning fizik xususiyatlarini oʻrganishda suvning tiniqligi, rangi, haroratiga eʼtibor qaratildi. Suv
tiniq, tiniqlik mavsumiy xarakterga ega. Eng yuqori koʻrsatgich 2,8–3,0 metr yanvar fevral oyida kuzatiladi.
Yoz faslida esa bu koʻrsatgich 0,5-1,5 metrni tashkil qiladi. (Sekki diski boʻyicha). Suv harorati havo
harorati bilan chambarchas bogʼliq. Yil davomida havo haroratining oʻrtacha koʻrsatgichi 22 0C, suv
haroratining koʻrsatgichi 15,2 0C ni tashkil qildi (1-rasm.).
https://buxdu.uz
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Key words: chloride, sulfate, photosynthesis, Karakir, seasonality, reservoir, lake, mineral substances,
pelagial.
Kirish
|