3– amaliy mashg‘ulot optik tolalarning sonli aperturasini tajriba yo‘li bilan aniqlash




Download 1,73 Mb.
bet3/20
Sana09.09.2024
Hajmi1,73 Mb.
#270632
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
3– amaliy mashg‘ulot optik tolalarning sonli aperturasini tajrib

3.7. Nazariy qism


Sonli apertura

Optik tolaga bir emas, bir necha yorug‘lik nurlarining dastasi kirish konusini hosil qilib tushadi va faqat kritik burchakdan katta burchak ostida tushgan nurlargina OT o‘zagi bo‘ylab tarqaladi. Nurlarning tola o‘zagiga maksimal tushish konusining yarim burchagi apertura burchagi – qa, sinqa kattalik esa sonli apertura deb ataladi (3.3-rasm). Sonli apertura NA bilan belgilanadi (inglizchadan Numerical Aperture) va o‘zak, qobiq sindirish ko‘rsatkichlari orqali quyidagi munosabat bo‘yicha aniqlanadi:




,
yoki
. (3.7.3)

(3.7.3) munosabatda sonli aperturani hisoblashning adabiyotlarda uchrashi mumkin bo‘lgan ikki formulasi berilgan. Ular sonli aperturaga yaqin qiymatlarni beradi. Birinchi formula nazariy, ikkinchisi esa amaliy hisoblashlar uchun ishlatiladi. Bu yerda o‘lchash usullariga bog‘liq holda k=0,98 yoki k=0,94.


Berilgan n1=1,48, n2=1,46 qiymatlar uchun, (3.7.3) formula bo‘yicha sonli aperturaning (nazariy qiymatlari) 0,242487 yoki 0,237637 (k=0,98) va (amaliy qiymati) 0,227938 (k=0,94) ga teng.
Sindirish ko‘rsatkichlarining nisbiy farqi ∆n quyidagi munosabat bilan aniqlanadi:


(3.7.4)
q≤qa burchak ostida, ya’ni apertura burchagi doirasida tushgan nurlar (3.3-rasmdagi 1-nurga mos keladi) qobiq va o‘zak chegarasidan to‘liq ichki qaytib, optik tola o‘zagi bo‘ylab uzatiladi.


3.3-rasm. Optik tolaning apertura burchagi.


q>qa apertura burchagi doirasidan katta burchak ostida tushgan nurlar sinib, o‘zakdan qobiqqa o‘tadi. Bu nurlarning bir qismi qobiq bo‘ylab tarqalib, qobiqdan chiqib ketib qolgan qismi o‘zak bo‘ylab tarqalishi chog‘ida so‘nib boradi (3.3-rasmdagi mos ravishda 2 va 21 nurlar).


Apertura doirasiga mos keluvchi nurlar yo‘nalgan nurlar (1-nur), aperturadan tashqaridagi nurlar (2 va 21-nurlar) nurlanuvchi nurlar deb ataladi. Aperturadan tashqaridagi qobiq bo‘ylab tarqaladigan nurlar qobiq bo‘ylab uzatiluvchi nurlar deb ataladi.
3.2-jadvalda eng ko‘p tarqalgan optik tolalar parametrlarining odatiy qiymatlari keltirilgan.

3.2-jadval





OT turi (kvars shishasi)

O‘zak diametri, mkm

NA

Tola o‘zagiga maksimal tushish burchagi, grad.

n

Ko‘p modali OT

50 – 200

0,25 – 0,5

20 – 30

0,005 – 0,02

Bir modali OT

5 – 12

0,12 – 0,25

5 - 8

0,002 – 0,01

NA optik tolaning muhim parametri hisoblanib, yorug‘lik nuri tolaga qanday kiritilishi va tarqalishini ko‘rsatadi.


NA ning qiymati katta bo‘lgan OT yorug‘likni yaxshi qabul qiladi, kichik sonli aperturali optik tolalarga esa faqat tor yo‘nalishli yorug‘lik dastasini kiritish mumkin.
Yuqori o‘tkazish polosali OT kichik qiymatli NA ga ega. Shu sababli, ularda modalar soni kam, dispersiya qiymati kichik va ishchi o‘tkazish polosasi keng bo‘ladi.
NA katta qiymatga ega optik tolalarda yorug‘lik nurining mumkin bo‘lgan yo‘nalishlari, ya’ni modalar sonining ko‘pligi natijasida modalararo dispersiya yuqori bo‘ladi.



Download 1,73 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Download 1,73 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



3– amaliy mashg‘ulot optik tolalarning sonli aperturasini tajriba yo‘li bilan aniqlash

Download 1,73 Mb.