|
3 I bob. 3-sinf ona tili darslarida mustaqil ishlar vositasida o’quvchilar lug’atini boyitish metodikasi
|
bet | 2/10 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 77,13 Kb. | | #246217 |
Bog'liq 3-sinf Ona tili darsligidagi mantiqiy mashqlar tahliliTadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinflarning ona tili ta’limida mustaqil ishlar orqali o‘quvchilar nutqi va tafakkurini rivojlantirishning pedagogik mexanizmini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
Boshlang‘ich sinf ona tili ta’limida mustaqil ishlar orqali o‘quvchilar nutqi va tafakkurini o‘zaro bog‘liqlikda rivojlantirish mazmunining pedagogik-psixologik xususiyatlarini aniqlashtirish;
Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarning nutq va tafakkurini rivojlantirish mezonlarini tayanch va fanga oid kompetensiyalar asosida ishlab chiqish;
Boshlang‘ich sinflarning ona tili ta’limida o‘quvchilar nutqi va tafakkurini rivojlantirishga yo‘naltirilgan mustaqil ish usullarini motivatsion, kommunikativ-kognitiv yondashuv asosida takomillashtirish;
boshlang‘ich sinf ona tili ta’limida mustaqil ishlar orqali o‘quvchilarning nutq va tafakkurini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish.
Tadqiqotning predmeti boshlang‘ich sinflarning ona tili ta’limida mustaqil ishlarni tashkil etish orqali o‘quvchilar nutqi va tafakkurini rivojlantirish mazmuni, shakli, metod va vositalari.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Boshlang‘ich sinflarning ona tili ta’limida mustaqil ishlar vositasida o‘quvchilar nutqi va tafakkurini rivojlantirish mazmunining pedagogik (pedagogik trening, pinboard, pragmatizm, ergonomika) hamda psixologik (praksiologiya, perseptiv) xususiyatlari interaktiv va texnologik omillar (off-line, operatsion o‘yinlar) tahlili misolida aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutq va tafakkurini rivojlantirishga doir kompetensiyaviy yondashuv mezonlari aniqlik, izchillik, natijaviylik, samaradorlik, qiyosiylik, mantiqiylik, dolzarblilik tamoyillari asosida tizimlashtirilgan;
boshlang‘ich sinflarning ona tili ta’limida texnik vositalar yordamida o‘quvchilar nutqi va tafakkurini rivojlantirish mazmuni, amaliy va natijaviy tarkibi motivatsion, kommunikativ-kognitiv yondashuv asosida takomillashtirilgan;
|
| |