|
3 I bob. 3-sinf ona tili darslarida mustaqil ishlar vositasida o’quvchilar lug’atini boyitish metodikasi
|
bet | 8/10 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 77,13 Kb. | | #246217 |
Bog'liq 3-sinf Ona tili darsligidagi mantiqiy mashqlar tahlili1. Leksik iSHlar. Suhbat asosida mavzuga doir so‘zlar guruhini to‘plaSHga doir leksik maSHqlar.
1. Odamlar bahor kelganini qanday aniqlaSHadi? Bu faslni SHoir va yozuvchilar nima deb nomlaSHadi? (Bahor, yil ertasi, erta bahor, yaSHil ko‘klam).
2.Bahor quyoSHi qanday tasvirlanadi? (tiniq quyoSH, mehribon va saxiy quyoSH, erka quyoSH, ko‘zni qamaSHtiradigan quyoSH).
3. Mart oyining osmoni qaysi so‘zlar bilan tasvirlanadi? (ko‘m-ko‘k, havo rang, toza, musaffo, tip-tiniq, tiniq).
4. Qir-adirning ko‘riniSHini tasvirlaSHda qaysi so‘zlardan foydalaniladi? Rang bildiruvchi so‘zlarni ayting. (yam-yaSHil, chiroyli, barra o‘tlar, qorlar, nafis lolalar, cho‘g‘dek qizil, qip-qizil gilam, yam-yaSHil gilam, yumSHoq ko‘rpa).
5. Tog‘larning ko‘riniSHini tasvirlaSHga doir so‘zlarni ayting. ( baland, baland cho‘qqi, cho‘qqilarda qor, oppoq qor.)
Leksik maSHqlar o‘rganilgan mavzular doirasida taSHkil etiladi. Masalan, SHaxs va narsaning nomini bildirgan so‘zlar o‘rganilganda SHunday so‘zlar guruhini tuziSHga, belgi bildirgan so‘zlar o‘rganilganda rang, hajm, SHakl, xususiyat, maza-ta’m bildiruvchi so‘zlar guruhini to‘plaSHga diqqat qaratiladi.
2. Grammatik maSHqlar vositasida gaplar tuziSH. Ona tili darslarida leksik maSHqlardan so‘ng gap tuziSHga doir grammatik maSHqlar ham nutq o‘stiriSHga yo‘naltiriladi.
Namuna. Tog‘ning baland cho‘qqilari qor bilan qoplangan. Qirda lolalar qip-qizil bo‘lib ochilgan. Saxiy quyoSH iliq nurlarini sochyapti. Havo iliq. QuyoSHning nurlari ko‘zni qamaSHtiradi. Yerlar barra o‘tlar bilan qoplangan. Osmon tip-tiniq, havo musaffo.
Tuzilgan gaplarning tahlili o‘quvchilarning nutq va tafakkurini rivojlantiriSHga qaratiladi12.
3. Tuzilgan gaplar tartibi asosida matn yaratiSH. O‘quvchilarning bahor mavzusi yuzasidan yuqoridagi kabi tayyorgarlikdan so‘ng yozgan inSHolarida nutq va tafakkuri darajasi o‘z aksini topadi.
InSHolardan namunalar:
1- variant. Bahor mehmon bo‘lib keldi. Osmon musaffo. Saxiy quyoSH nurlarini socha boSHladi.
2- variant. O‘lkamizga bahor mehmon bo‘lib keldi. Osmon tiniq va toza. QuyoSHning saxi y nurlari ko‘zni qamaSHtiradi.
3-variant. Bahor quyoSHi issiq nurlarini sochdi. Yerlarda qorlar ham erib ketdi. Qirlarga bahor qip-qizil gilamini yoydi. Bolalar qirga sayrga chiqdilar.
4- variant. Kunlar isidi. O‘tlar ko‘kardi. Bahor gullari ochildi.
5- variant. Bahor keldi. Yerlarda mayin maysalar ko‘rina boSHladi. Chuchmoma, lolalar ochildi.
6- variant. Yerlarda barra o‘tlar ko‘rina boSHladi. Daraxtlarda kurtaklar bo‘rta boSHladi.
|
| |