|
Ona tili darslarida ijodiy topshiriqlarni amaliyotga tatbiq etish samaradorligi
|
bet | 7/10 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 77,13 Kb. | | #246217 |
Bog'liq 3-sinf Ona tili darsligidagi mantiqiy mashqlar tahlili2.2 Ona tili darslarida ijodiy topshiriqlarni amaliyotga tatbiq etish samaradorligi
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutq va tafakkurini rivojlantiriSH yuzasidan o‘tkaziladigan mustaqil iSHlarning samaradorligi mustaqil iSHlar tizimini rejalaSHtiriSH va taSHkil etiSH, boSHqariSH va nazorat qiliSH SHartlariga bog‘liq. U o‘quv-tarbiyaviy jarayonda o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini boSHqariSH metodlarini hamda ular egallagan bilim va ko‘nikmalarni boSHqariSH metodlarini parallel iSHlatiSHga imkon beradi. Tabiiyki, bunday SHaroitlarni yaratiSH o‘qituvchidan mustaqil iSHlarni bajariSH jarayonida o‘quvchilarning biliSH faoliyatini to‘g‘ri boSHqariSH metodlarining psixologik-pedagogik xususiyatlariga doir bilimlarni talab etadi. Bundan taSHqari, o‘qituvchidan bilimlarni o‘zlaSHtiriSH jarayonida hozirgi zamon talablariga mos keladigan va muayyan izchillikdagi mustaqil iSHlarni qo‘llaSHni talab etadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda boSHlang‘ich sinflarning ona tili darslarida o‘quvchilarning nutq va tafakkurini rivojlantiriSHga doir mustaqil iSHlarni taSHkil etiSH yuzasidan quyidagi metodik tavsiyalarni beriSH mumkin:
1. O‘quvchilarga beriladigan bilim, ko‘nikma va malakalarning mustahkam bo‘liSHi uchun mustaqil iSHlarni tizimli tarzda taSHkil qilib boriSH.
2. Ta’limning har bir bosqichida beriladigan mustaqil iSHlarning hajmi va mazmuni qat’iy belgilangan bo‘liSHi, mustaqil faoliyatni yuzaga keltiriSHi va o‘quvchilarni topSHiriqni mas’uliyat bilan bajariSHga undaSHi.
Tajribaning SHakllaniSH bosqichda boSHlang‘ich sinflarning ona tili darslarida o‘quvchilarning nutqini o‘stiriSHga va lug‘atini boyitiSH, so‘z ustida mustaqil iSHlaSH darajasini ko‘tariSHga yo‘naltirilgan hamda o‘quvchilar guruhlarga bo‘linib iSHlaSHi va butun sinf jamoasi uchun mo‘ljallangan turli darajadagi topSHiriqlar iSHlab chiqildi va tajribada sinab ko‘rildi11.
Mustaqil iSHlaSH ko‘nikmalari bosqichma-bosqich SHakllantirib borildi. Dastlab o‘quvchilar namuna asosidagi o‘quv topSHiriqlarini bajariSHga yo‘naltirildi. Ikkinchi bosqichda aqliy faoliyat usullarini (analiz, sintez, guruhlaSH) o‘quv faoliyatida qo‘llaSHga o‘rgatildi. Yuqori darajadagi topSHiriqlar orqali o‘quvchilarning hodisaning xususiyatlarini o‘ylab aniqlaSHga harakat qiliSHi nazarda tutildi.
Birinchi darajadagi mustaqil iSH topSHiriqlari yangi materialni o‘rganiSH jarayonida qo‘llangan maSHq matnlarining leksik-grammatik quriliSHini kuzatiSH va tahlil qiliSHga qaratildi. Ikkinchi darajadagi mustaqil iSH topSHiriqlari yangi mavzuni takrorlaSH va mustahkamlaSHda berilgan matnlarning leksik-grammatik quriliSHini tahlil qiliSHga tatbiq etildi. Uchinchi darajadagi mustaqil iSH topSHiriqlari ijodiy xarakterdagi iSHlarni taSHkil etiSH va olib boriSHga tatbiq etildi. TopSHiriqlar alohida o‘quvchilar, guruhlar, butun sinflar uchun iSHlab chiqildi. Berilgan topSHiriqlardan o‘quvchilarning turli aqliy faoliyatini taqqoslaSH, umumlaSHtiriSH, abstraktlaSHtiriSH, aniqlaSHtiriSH, tasniflaSH va sistemalaSHtiriSH usullarini qo‘llaSH malakalarini tarkib toptiriSH, mantiqiy tafakkurini rivojlantiriSH ko‘zda tutildi.
Tajriba-sinov iSHlari nazorat bosqichining asosiy vazifasi turli darajadagi mustaqil iSH topSHiriqlari natijasining samaradorligi bilan ajralib turadi. BoSHlang‘ich sinf o‘quvchilarining ona tili darslari nazorat bosqichida diagnostik metodda o‘tkazilgan leksik-semantik va grammatik topSHiriqlar yordamida o‘quvchilarning o‘quv-biluv mustaqilligi o‘sib boriSHi kuzatildi. O‘quvchilar ijodiy iSHlarga darslikdagi har bir o‘quv materiali asosida tayyorlab boriladi. Matnlarda bunga katta imkoniyat mavjud. O‘qituvchi darsga tayyorgarlik vaqtida o‘quvchilarni ijodiy fikrlaSHga undaydigan savol-topSHiriqlar iSHlab chiqiSHi lozim. Masalan, 4-sinf ona tili va o‘qiSH darslarida “Matndan nimalarni bilib oldingiz?”; “Matnga sarlavha qo‘ying”; “Hikoyaning nima uchun aynan SHunday nomlaniSHini izohlang”; “Maqol mazmuni asosida kichik hikoya tuzing”, “Hikoya matnidagi uyadoSH so‘zlarni belgilang”, “Ertak mazmuni yuzasidan savollar tuzing va javob yozing”, “SHe’rdagi qofiyadoSH so‘zlar ma’nosini izohlang” kabi savol- topSHiriqlar o‘quvchilar nutqini boyitiSH bilan birga mantiqiy fikrlaSHga tayyorlaydi.
Ona tili darsliklaridagi matnlar yuzasidan berilgan maSHq SHartlari bilan ularning mazmunini boyituvchi lug‘aviy birliklar, iboralar, birikmalar, tasviriy vositalardan foydalaniSH orqali o‘quvchilarning matnni qayta hikoyalaSH va yoziSHda erkin harakat qiliSHlariga eriSHiSH mumkin.
BoSHlang‘ich sinflarda inSHo yoziSHga tayyorgarlik savod o‘rgatiSH davrida rasm asosida o‘qituvchining savollar yordamida o‘quvchilarga kichik hikoyalar tuzdiriSHidan boSHlanadi va bu inSHoning og‘zaki SHakli sanaladi. Ona tili darslarida rasm asosidagi savollarga yozma javob beriSH maSHqi inSHoning elementar yozma SHakldir.
Bog‘laniSHli matnlarga savod o‘rgatiSH davridan boSHlab o‘quvchilarni sarlavha toptiriSHga jalb qiliSH lozim. 1-sinf ona tili darslarida o‘quvchilarni “O‘lkamizda bahor“ mavzusida inSHo yoziSHga tayyorlaSH maSHqlarini quyidagi tarzda uyuSHtiriSH orqali samaradorlikka eriSHiSH mumkin.
|
| |