-sinf ona tili darslarida so’z ustida ishlashga qo’yiladigan didaktik talablar




Download 77,13 Kb.
bet4/10
Sana20.05.2024
Hajmi77,13 Kb.
#246217
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3-sinf Ona tili darsligidagi mantiqiy mashqlar tahlili

1.2 3-sinf ona tili darslarida so’z ustida ishlashga qo’yiladigan didaktik talablar
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida “Boshlang‘ich ta’lim umumiy o‘rta ta’lim olish uchun zarur bo‘lgan savodxonlik, bilim va ko‘nikma asoslarini shakllantirishga qaratilgan”ligi alohida ta’kidlanadi.
3-sinfda “o‘quvchilarga tanish bo‘lgan va ko‘z oldiga keltira oladigan buyum, manzara va voqea-hodisalar tasviri; ruxsat so‘rash, iltimos, minnatdorchilik kabi nutq madaniyatiga doir murojaat qoidalarini bilish” talabi qo‘yilgani holda, 2-sinfda “o‘quvchiga tanish bo‘lgan narsa, buyumlarni tasvirlash, uzr, ruxsat so‘rash, iltimos, minnatdorchilik kabi nutq madaniyatiga doir so‘zlarni bilish” talabi qo‘yilishida soddadan murakkabga tamoyiliga amal qilinmaganligini ko‘rish mumkin. Shuningdek, 3-sinfda o‘quvchilar egallashi ko‘zda tutilgan ko‘nikmalarga qo‘yilgan talablar 4-sinfda ham aynan takrorlaniSHi tuSHunarsizdir.
Ona tili dasturida savod o‘rgatiSH davridan boSHlab “o‘quvchilar nutqini rivojlantiriSH”, “ilk savodga o‘rgatiSH davridanoq o‘quvchilar nutqini yangi so‘zlar hisobiga boyitiSHga alohida e’tibor qaratiSH, alifbe darsida og‘zaki nutqni stilistik jihatdan adabiy til me’yorlariga rioya qilgan holda tuziSHga o‘rgatiSH, og‘zaki nutqini rivojlantiriSH uchun o‘quvchilar lug‘at boyligini izchil oSHirib boriSH”, o‘quvchilar nutqida kam qo‘llanadigan so‘zlarni lug‘at daftariga yozdirib boriSH [6;13]qayd etilgani holda darsliklarda bularga yetarlicha e’tibor berilmagan.
“Fonetika, grammatika, to‘g‘ri yozuv va nutq o‘stiriSH” dasturida “o‘quvchilarni so‘zning leksik ma’nolari bilan, ya’ni sinonim, antonim va ko‘p ma’noli so‘zlar bilan taniSHtiriSH ham ko‘zda tutiladi”, “leksikadan boSHlang‘ich bilimlar beriladi” deyilgan bo‘lsa-da, darslikda leksikaga oid ma’lumotlar kiritilmagan. Bu holat sinflar kesimida lug‘at ustida iSHlaSH va o‘quvchilar lug‘at boyligiga qo‘yiladigan talablar masalasini qayta ko‘rib chiqiSHni taqozo etadi3.
Ona tili ta’limi standarti ko‘rsatkichlari mazmunidan va dastur mundarijasidan ko‘rinib turibdiki, o‘quvchini borliq, jamiyat, voqea-hodisalar haqida fikrlay oliSH, eSHitgan, o‘qigan ma’lumotlarni anglaSH va o‘zining fikrini to‘g‘ri, tuSHunarli, mantiqiy izchillikda bayon eta oliSHda tilning leksik birliklaridan foydalana biliSH ko‘nikmalarini SHakllantiriSH vazifasini ado etiSH ona tili ta’limi dasturi asosida o‘quv materialini to‘g‘ri tanlaSH va o‘quv topSHiriqlari muayyan tizimining to‘g‘ri iSHlab chiqiliSHiga bog‘liq.
DTS va ona tili ta’limi dasturi nutq va tafakkurni rivojlantiriSHda savod o‘rgatiSH davridan boSHlab o‘quvchilar lug‘atini so‘z, ibora, tasviriy ifodalar bilan boyitiSH, so‘z boyligidan nutq jarayonida foydalana oliSH, so‘zlarni nutq vaziyatiga mos holda tanlay oliSH vazifalarini amalga oSHiriSH ko‘p jihatdan darslikdagi o‘quv topSHiriqlari mazmuni va izchilligiga, tahlil materiallarining bog‘laniSHli nutq ko‘riniSHida bo‘liSHiga, SHu bosqichda o‘qitiladigan fanlar bilan uzviy bog‘laniSHiga, integrativ o‘qitiSHni ta’minlaSHga, yangi-yangi til vositalari bilan taniSHtira boriSHga bog‘liqdir. BoSHlang‘ich ta’lim DTSida ham ona tili imkoniyatlaridan amaliy foydalana oliSH ko‘nikmasini SHakllantiriSH nazariy bilimlarni o‘zlaSHtiriSHga nisbatan ustuvor vazifa qilib qo‘yiliSHi, ona tili o‘zlaSHtiriliSHining sifat darajasi o‘quvchi tomonidan yaratilgan matn orqali belgilaniSHi darslikda beriladigan maSHq matnlarini tanlaSHga katta mas’uliyat yuklaydi.
Tadqiqot mavzusi yuzasidan olib borgan izlaniSHlarimizda boSHlang‘ich sinflar ona tili va o‘qiSH darsliklari tahlilida nutq o‘stiriSH tuSHunchasi asosida yotadigan ikki talabga asoslandik:
1) fonetik, leksik, grammatik birliklardan iborat til hodisalaridan maqsadga muvofiq foydalana oliSH;
2) o‘quvchilarning mavjud nutqiy ko‘nikmalarini turli topSHiriqlar va usullar asosida rivojlantiriSH.
Ona tili darsliklari nutq o‘stiriSHning quyidagi uch yo‘naliSHi asosida tahlil qilindi:
1. O‘quvchilar nutqini lug‘aviy birliklar bilan boyitiSH imkoniyati.
2. So‘zlardan fikr ifodasida to‘g‘ri foydalana oliSHga tayyorlaSH imkoniyati.
3. Og‘zaki va yozma nutqning savodxonlik darajasini ta’minlaSH imkoniyati.
BoSHlang‘ich sinflarning ona tili ta’limi jarayonida o‘quvchilar nutqini o‘stiriSHda darslik materiallari muhim o‘rin tutadi. Avvalo, darslik materiallari nutq o‘stiriSH borasida boy imkoniyatlarga ega bo‘liSHi, ta’sirchanligi bilan o‘quvchini o‘ziga jalb eta oliSHi kerak. Ikkinchidan, til materiallari ustida iSHlaSHda o‘quv topSHiriqlari o‘quvchilarni nutqiy faoliyatga yo‘llaSHga qaratilgan bo‘liSHi zarur. O‘quvchilar bog‘laniSHli nutqining o‘siSHi darajasi uning lug‘at zahirasi bilan belgilanadi.
Nutq namunalari nutq o‘stiriSHning asosiy SHartlaridandir. Nutq namunalariga ota-onalar, qarindoSH-urug‘lar, o‘rtoqlari nutqi, xalq og‘zaki ijodi va badiiy adabiyot, radio va televidenie, kino va teatr, o‘qituvchi nutqi, maktab ma’muriyati va xodimlari nutqi, darslik va o‘quv qo‘llanmalari tili kiradi. Demak, nutqning tuSHunarli til birliklariga boy, rang-barang va to‘g‘ri bo‘liSHi kabi nutqiy vositalar ta’limiy va tarbiyaviy jihatdan taSHqari, material tomonidan ham adabiy, ham badiiy, ham madaniy me’yorlarga javob beriSHi lozim.
Ona tili ta’limi jarayonida beriladigan bilimlarni ko‘nikma va malaka sifatida SHakllantiriSH maSHqlar yordamida amalga oSHirilar ekan, boSHlang‘ich sinf ona tili darsliklaridagi maSHqlar pedagogik, psixologik va didaktik jihatdan aynan SHu maqsadga yo‘naltirilgan bo‘liSHi lozim. “MaSHq“ so‘zining “o‘rganiSH, malaka hosil qiliSH uchun qilinadigan tayyorgarlik maSHg‘uloti“[145;562] degan ma’nosidan kelib chiqqan holda aytiSH mumkinki, o‘quvchilarning til birliklarini amaliy o‘zlaSHtiriSHlarida, aloqa-aralaSHuvga tayyor bo‘liSHlarida maSHq topSHiriqlari va materiallarining o‘rni va ahamiyati benihoya kattadir.
BoSHlang‘ich sinflarning ona tili dasturiga kiritilgan lingvistik tuSHunchalardan kelib chiqib, maSHqlarni fonetik, leksik, so‘z yasaliSHi, morfemik ( so‘z tarkibi), grafik, orfografik, orfoepik, grammatik maSHqlarga ajratiSH mumkin. Mazkur maSHqlar asosida amalga oSHiriladigan tahlil o‘quvchilarning nazariy tuSHunchalarni o‘zlaSHtiriSHlariga yordam beriSHi, lug‘atini boyitiSHi, bog‘laniSHli nutqini o‘stiriSHi jihatidan keng qamrovli bo‘lib, tilni har tomonlama o‘zlaSHtiriSHlarini ta’minlaSHni nazarda tutadi.
Afsuski, boSHlang‘ich sinflarning “Ona tili“ darsliklaridagi maSHq matnlarining tili, ular yuzasidan iSHlab chiqilgan savol-topSHiriqlar o‘quvchilar nutqini tadrijiy raviSHda o‘stirib boriSH imkoniyatiga ega emas. MaSHqlar bir tizim sifatida mukammallik kasb etmagan. “Ona tili“ darsliklaridagi barcha maSHq matnlari nazariy bilimni mustahkamlaSH va kengaytiriSHga yordam bersa-da, o‘quvchilar lug‘atini boyitiSH, nutqini o‘stiriSH, tilni amaliy egallaSHlariga asos bo‘la olmaydi. Xususan, 2-sinf “Ona tili“ [151] darsligidagi ayrim matnlar o‘ta jo‘n va bir xil mavzuda. Masalan, 16-, 17-, 18- maSHqlar muSHuk va kuchuk; 48-,65-, 71-, 100-, 111-, 217- maSHqlar quSHlarga g‘amxo‘rlik haqida bo‘lsa, 50-, 174-maSHqlar mazmunan sayoz bo‘lib, o‘quvchilarga yangilik bermaydi. MaSHq matnlaridagi maqollar, topiSHmoqlar boSHqa sinf darsliklarida ham ko‘p takrorlangan. Jumladan, G‘. G‘ulomning mevalar haqidagi topiSHmoq SHe’ri 2- va 3-sinf ona tili darsliklarida takror ketirilgan4.
Nazariy ma’lumot beriSHga mo‘ljallangan terma to‘qima gaplardan tuzilgan maSHqlar bog‘laniSHli nutqni egallaSHga SHubhasiz salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Oddiy so‘zlaSHuv nutqi SHaklidagi “qaSHSHoq” matn o‘quvchi nutqini boyitiSH uchun manba bo‘la olmaydi. Leksik jihatdan sayoz matn o‘quvchi nutqini boyitmaydi. Sun’iy tuzilgan gaplarga asoslanib, grammatik qoidalarni yaratiSH ham asossizdir. O‘quvchilarning o‘zbek adabiy tilini egallaSHlari maSHq matnlarining badiiyligiga, til unsurlari boyligiga bog‘liq. Birinchidan, badiiy asar tilining o‘quvchi hissiyotiga ta’siri kuchli bo‘ladi. Ikkinchidan, badiiy matnda til birliklarining uslubiy vazifasi o‘z ifodasini topadi.
Ko‘pgina matnlar adabiy so‘zlaSHuv tilida mualliflar tomonidan yaratilgan, tilning jozibasini, ta’sirchanligini ko‘rsatib turadigan, kitobiy va badiiy nutqni egallaSHga yordam beradigan matnlar deyarli yo‘q. MaSHq matnlarida o‘quvchilar kundalik hayotida iSHlatib yurgan oddiy til birliklari qo‘llangan. Bu holatni 3-sinf darsligida ham ko‘riSH mumkin. Darslikdagi o‘quv topSHiriqlari grammatik bilimlarni SHakllantiriSHga, maSHq topSHiriqlari grammatik hodisalarni aniqlaSH va izohlaSHga qaratilgan.
Ona tili darsliklarida lug‘aviy tahlilga, birinchidan, kam e’tibor qaratilgan, ikkinchidan, leksik tahlilga doir topSHiriqlar o‘ta jo‘n tuzilgan, o‘quvchini fikrlaSHga, mustaqil izlaniSHga undamaydi. Masalan, 1-sinf “Ona tili“ [158] darsligidagi 130-maSHqda “So‘zlarni ma’nosiga ko‘ra guruhlarga ajratib yozing.” topSHirig‘i berilgan. TopSHiriqqa qo‘SHimcha raviSHda “Berilgan so‘zlardan ko‘k, SHirin, pakana, qiySHiq so‘zlariga ma’nodoSH so‘zlar toping va ularga mos SHaxs va narsaning nomini bildirgan so‘zlar bilan birga ko‘chiring.” deyilganda, o‘quvchilar berilgan so‘zlarni ma’nodoSHini topiSHga hamda so‘z birikmalarini tuziSHlariga zamin yaratiliSHi mumkin edi.
BoSHlang‘ich sinf “Ona tili“ darsliklaridagi maSHq topSHiriqlarining asosiy qismi tilni nazariy o‘zlaSHtiriSHga yo‘naltirilganligi ona tili o‘qitiSHning vazifasini bir yoqlama tuSHuniSHga, tilning qonun-qoidalari o‘rgatilsa, yod oldirilsa, dastur talablari bajariladi, degan noto‘g‘ri yondaSHuvga olib keliSHi SHubhasiz.
Ona tili darslarida grammatik mavzuga doir til birliklari – atamalar va mavzuni o‘zlaSHtiriSH uchun keltirilgan maSHq matnlaridagi o‘quvchilar yoSHi, saviyasiga mos, amaliy faoliyati uchun zarurat sezadigan so‘zlar har bir darsda tayanch so‘z sifatida belgilab oliniSHi va o‘quvchilar uchun ko‘rinarli joyga ilib qo‘yiliSHi, “Bu so‘zlar mening boyligim” SHiori ostida iSH ko‘riliSHi nutq o‘stiriSHda muhim o‘rin tutadi.
Ona tili darsliklaridagi grammatik mavzuga doir atamalar va maSHq matnlaridagi o‘quvchilar yoSHi, bilim saviyasiga mos, amaliy faoliyati uchun zarurat sezadigan so‘zlar ham o‘quvchilar lug‘atini boyituvchi birliklardir. O‘rganilayotgan grammatik mavzu o‘quvchilar lug‘atini SHu mavzu bilan bog‘liq so‘zlar bilan boyitiSHi, ulardan nutqda foydalana oliSH ko‘nikmasini SHakllantiriSHi uchun unga tegiSHli iSH turlari va topSHiriqlar tizimini iSHlab chiqiSH talab etiladi.
O‘quvchilarning bog‘laniSHli lug‘atini boyitiSHda, nutqini o‘stiriSHda bolalar hayotiga doir matnlar va syujetli rasmlar muhim o‘rin tutadi. Bunday holatlarda lug‘aviy birliklar ustida iSHlaSHga doir topSHiriqlarning beriliSHi o‘qituvchi uchun ko‘rsatma vazifasini o‘taSHi SHubhasizdir.
Ona tili darsliklarida fe’l turkumiga doir so‘zlar ustida iSHlaSH bo‘yicha leksik topSHiriqlar deyarli yo‘q. Vaholanki, o‘quvchilar nutqida kundalik so‘zlaSHuvda qo‘llanadigan harakat bildirgan so‘zlargina iSHlatiladi. Turli ruhiy holatni ifodalovchi fe’llarga juda kam murojaat qilingan. TilSHunoslikda bunday so‘zlarning sinonimlari xususida nazariy ma’lumotlar mavjud [22;27-31]. Ularni o‘quvchilar nutqiga kiritiSH metodika oldida turgan dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
O‘quvchilar tilning har bir sathi alohida xususiyatga ega bo‘lgani holda birgalikda yaxlit bir tizimni taSHkil qiliSHini anglasalargina, so‘zning nutqdagi tub mohiyatini tuSHunib yetadilar. Bog‘laniSHli nutqqa qo‘yiladigan talablarga “Nutq. Matn. Gap“ mavzularini o‘rganiSH jarayonida e’tibor qaratiladi. SHunga ko‘ra, o‘quvchilar nutqini o‘stiriSHda grammatik mavzular va ularning mantiqiy izchilligi ham muhim ahamiyat kasb etadi5.
“Ona tili”darsliklaridagi so‘z ma’nolarini izohlaSH, ayrim so‘zlarga ma’nodoSH so‘zlar topiSH, ko‘chma ma’noli so‘zlar ustida iSHlaSHga doir maSHqlar o‘qituvchilar uchun namuna vazifasini bajariSHi mumkin. SHunday bo‘lsa-da, o‘qituvchilarning ko‘pchiligi lug‘aviy tahlilning yo‘naliSHlarini va taSHkil etiSH usullarini belgilab oliSHda qiynaladilar, maSHqlar matnidagi so‘zlarga e’tiborsizlik bilan qaraydilar. “Unli tovuSHlar va harflar“ mavzusida (3-sinf “Ona tili”), 20-maSHq SHartiga ko‘ra “Poliz” so‘zi asosida taSHkil etiladigan leksik-grammatik maSHqning “Klaster“ usulida amalga oSHiriliSHi - poliz ekinlari navlari nomlarini tarmoqlaSH orqali birikma va gaplar tarzida yozdiriliSHi mumkin. (1.3.1-rasm.)

1.3.1- rasm.Poliz ekinlari navlari
SHundan so‘ng mavzu mazmunidan kelib chiqib, “Poliz ekinlari nomini bildiruvchi so‘zlardagi jarangli undoSHlar tagiga bir chiziq, jarangsiz undoSHlar tagiga ikki chiziq chizing“ topSHirig‘i mustaqil iSH qilib berilsa, darsda o‘quvchilar faolligi oSHadi.
“Tarkib” so‘zining lug‘aviy ma’nosi savod o‘rgatiSH davrida amaliy, 1-2- sinf ona tili darslarida elementar tarzda nazariy jihatdan o‘rganilgach, “Nutq“ning tarkibiy qismlari quyidagicha sxema asosida tuSHuntiriladi:

Download 77,13 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 77,13 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-sinf ona tili darslarida so’z ustida ishlashga qo’yiladigan didaktik talablar

Download 77,13 Kb.