|
3-ish. Malyus qonunini o‘rganish (yorug’likning qutblanishini o’rganish) Ishdan maqsadi
| bet | 5/7 | Sana | 24.11.2023 | Hajmi | 393,5 Kb. | | #104541 |
Bog'liq 3-topshiriq buyicha laboratoriya ishlari va variantlar qiymatlariIf>= , I=f ( )
Matematik hisob kitob
Nazorat savollari:
-
Malyus qonunini tushuntiring. Matematik ifodasini yozing.
-
Polyarizator va analizator nima va ularning vazifalari.
-
Qutblanmagan (tabiiy) va qutblangan yorug‘lik nurlari.
-
Maksvelning nazariyasini tushuntirining.
-
Bo’ylama va ko’ndalang to’lqin nima. Misol keltirining.
-
Yorug’lik intensivligi nima.
-
Bryuster qonuni nima.
-
Fototok haqida tushuncha bering.
4- Laboratoriya ishi Difraksiya va interferensiya
Ishning maqsadi:
-
Kogerent elektromagnit to‘lqinlarning qo‘shilish jarayonini modellashtirish bilan tanishish.
-
Ikkita manba(tirqish)dan chiqayotgan yorug‘lik to‘lqinlarining o‘zaro ta'sirlashishi qonuniyatlarini tajribada tekshirish.
Qisqacha nazariya:
Difraksiya va interferensiya hodisalari bir-biridan fizikaviy jihatdan katta farq qilmaydi. Ikkala hodisa ham to‘lqinlar superpozitsiyasi natijasida yorug‘lik oqimi energiyasining fazoda qayta taqsimlanishi tufayli yuzaga keladi.
Kogerentlik - bir nechta tebranma yoki to‘lqin jarayonlarning o‘zaro muvofiqlashgan holda kechishidir.
Kogerent to‘lqinlar deb chastotalari bir xil, fazalar farqi vaqt davomida o‘zgarishsiz qoladigan garmonik to‘lqinlarga aytiladi.
Interferensiya - chekli sohadagi diskret kogerent to‘lqin manbalaridan chiqayotgan to‘lqinlar superpozitsiyasi natijasida intensivlik (yorug‘lik oqimi)ning qayta taqsimlanishidir. Difraksiya - uzluksiz (ketma-ket) joylashgan kogerent to‘lqin manbalari yuzaga keltirayotgan to‘lqinlar superpozitsiyasi natijasida intensivlik(yorug`lik oqimi)ning qayta taqsimlanishidir. Difraksiya to`lqinlarining geometrik soya sohasiga tarqalishi, ya`ni
yorug`lik nuri tushmaydigan sohaga tarqalishi orqali namoyon bo`ladi.
|
| |