|
3-Joriy nazorat savollari 11-mavzu: Kibermakonda diniy e’tiqod targ‘ibotining ijtimoiy xavfi
|
bet | 3/13 | Sana | 30.12.2023 | Hajmi | 114,61 Kb. | | #129140 |
Bog'liq Dinshunoslik 3-JN JAVOBLARIBirinchidan, jamoatchilik fikrini chalg‘itayotgan, vayronkor axborotlar tashqaridan kelayotganini nazarda tutib, muntazam ularga qarshi turish. Befarqlik va sukut saqlash kayfiyatiga barham berish.
Ikkinchidan, har qanday hujumkor va buzg‘unchi g‘oyaga qarshi o‘z vaqtida, mo‘ljalni aniq olib munosabat bildirish va bunda ehtirosga berilmaslik, ortiqcha shov-shuvlarga yo‘l qo‘ymasdan vazminlik va bosiqlik, ayni paytda, uddaburonlik bilan kuchlik ta’sir o‘tkazish usullarini qo‘llash.
Turli guruhar millatni yo‘q qilish, ildizini qirqib tashlash maqsadida axborot tizimidan foydalanishga zo‘r bermoqda. Mana shu jarayonda yoshlar o‘zining aqliy salohiyatini ishga solib, o‘zini o‘zi himoya qilish va har qanday tajovuzlarga qarshi tura olish iqtidorini shakllantirishi lozim.
Oxirgi paytlarda internet tarmoqlarida har xil asossiz axborotlar, yoshlar ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan uydirma ma’lumotlar juda ko‘p tarqatilmoqdaki, bularning ta’sirida yoshlar orasida bir-biriga nisbatan keskin adovatlar avj olishi kuzatilmoqda.
Unutmaslik lozimki, axborot xurujlari – biron shaxsga, muayyan tashkilot yoki davlatga qarshi yo‘naltirilgan g‘oyaviy ta’sir hisoblanadi. Uning asl maqsadi o‘sha shaxs, tashkilot va davlatning tinchligini buzish hamda qora niyatiga yetishdir.
Yoshlarning barchasi internet tarmog‘idan faqat ilm yo‘lida foydalanmoqda desak, yanglishamiz. Afsuski, internetdan noto‘g‘ri, buzg‘unchilik va behayolikka doir ma’lumotlarni olishda ham foydalanmoqda. Bu kabi noxush holatlardan so‘ng yoshlar kelajakda qahri qattiq, mehrsiz, hayosiz bo‘lib yetishmaydi, deb hech kim kafolat berolmaydi.
Ma’lumki, ko‘plab sayt va tarmoqlar katta mablag‘lar evaziga filtirlab qo‘yilgan va bu holatni ko‘p davlatlarda kuzatish mumkin. Albatta, ta’qiqlar yoki filtr vositalari orqali odamlarni internet olamidagi turli kuchlarning xatarli tahdidlaridan himoya qilish juda qiyin.
Shunday ekan, dunyoning turli mintaqa va hududlarida ro‘y berayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, ziddiyatli to‘qnashuvlarga teran qarash hissini oshirish, har qanday ko‘rinishdagi tahdidlarga qarshi ma’naviy-ma’rifiy ishlarni zamon talablari asosida tashkil etish, ayniqsa bu borada kelajagimiz hisoblangan yosh avlodni, bir so‘z bilan aytganda har birimiz uchun muqaddas bo‘lgan oilamizni din niqobi ostidagi yot g‘oyalar ta’siridan asrash uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etish, bunda «fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish» har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etadi.
|
| |