• Diniy ekstremizm
  • Fundamentalizm
  • Terrorizm (lotincha – «qo‘rqitish», «vahimaga solish»)
  • -mavzu. Diniy fundamentalizm, radikalizm va terrorizmning tarixi va yo‘nalishlari




    Download 114,61 Kb.
    bet6/13
    Sana30.12.2023
    Hajmi114,61 Kb.
    #129140
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    Dinshunoslik 3-JN JAVOBLARI

    13-mavzu. Diniy fundamentalizm, radikalizm va terrorizmning tarixi va yo‘nalishlari

    1. Diniy fundamentalizmning tarixi va rivojlanish bosqichlari. Ekstremizm, aqidaparastlik va mutaassiblikning mazmun-mohiyati.

    2. Terrorizmning mohiyati va uning shakllari

    3. Diniy shiorlar ostidagi terrorizm amaliyotining oqibatlari. Xalqaro terrorizmning mohiyati.

    4. O’zbekiston davlat siyosatida radikal oqimlarga qarshi kurashning yo’nalishlari.

    Diniy ekstremizm va terrorizm kabi hodisalarning ildizlari uzoq tarixga borib taqalsa-da, ular hech qachon ijtimoiy barqarorlik va taraqqiyot uchun bugungidek tahdid solmagan. Zero, hozirda diniy ekstremizm va terrorizm global xarakterga ega bo‘lib, dunyoning barcha mamlakatlari hamda mintaqalariga birdek xavf solmoqda. Shunday ekan, uning oldini olish va unga qarshi kurashish insoniyatning istiqboliga daxldor masalaga aylandi.
    Ekstremizm (lotincha – «aql bovar qilmas darajada», «haddan oshish») jamiyatda qabul qilingan qonun-qoidalarga zid radikal qarashlar va harakatlarni anglatadi. Ularga diniy tus berish esa, diniy ekstremizmga olib keladi.
    Diniy ekstremizmjamiyat uchun an’anaviy bo‘lgan diniy qadriyatlar va aqidalarni rad etish, ularga zid g‘oyalarni aldov va zo‘rlik bilan targ‘ib qilishga asoslangan nazariya va amaliyotni anglatadi.
    Ekstremistik qarashlarni barcha dinlarda, buddaviylik, xristianlik, islomdagi turli oqimlarda uchratish mumkin. Masalan, mutaxassislar katolik cherkovining erkin fikr yurituvchi, hukmron feodal-katolik cherkovi aqidalarini rad etuvchi kishilar – papa hokimiyati dushmanlarini ta’qib qilish uchun XIII asrda tuzilgan va minglab odamlarning qurbon bo‘lishiga olib kelgan inkvizitsiya faoliyatini ham ekstremizmning o‘ziga xos ko‘rinishi sifatida baholaydilar. Ammo hozirda islom dini niqobi ostidagi diniy-siyosiy harakatlar a’zolari tomonidan turli jinoyatlar sodir etilayotgani jamiyat xavfsizligiga jiddiy tahdid solmoqda.
    Fundamentalizm(lotincha – «asos») tushunchasining ma’nosi muayyan ijtimoiy hodisaning dastlabki ko‘rinishini anglatadi.
    Diniy fundamentalizm – «ma’lum din vujudga kelgan ilk davriga qaytish va bu yo‘l bilan zamonaning barcha muammolarini hal qilish mumkin», degan fikrni ilgari surish ta’limotini anglatadi. Istilohda aqidaning o‘zgarmasligini himoya qiladigan, muayyan diniy e’tiqod shakllanishining boshlang‘ich davrida belgilangan barcha yo‘l-yo‘riqlarni qat’iy va og‘ishmay bajarilishini talab qiladigan diniy oqimlarni ifodalashda qo‘llaniladi.
    «Fundamentalizm» atamasi aslida xristian dini bilan bog‘liqdir. Fundamentalizm iborasi birinchi bor I Jahon urushi arafasida vujudga kelgan protestantlikdagi ortodoksal oqimlarni ifodalash uchun ishlatilgan. Bu oqim 1910 yildan keyin shu nom bilan atala boshlagan. Fundamentalistlar xristianlikning an’anaviy aqidalariga, ayniqsa Bibliyaning mutlaqo mukammalligiga ishonishni mustahkamlash, uni so‘zma-so‘z sharhlashga qat’iy rioya qilishni talab qildilar. Bu oqim keyinchalik Amerikada keng tarqalib ketdi. 1919 yili Filadelfiyada Jahon xristian fundamentalistlari assotsiatsiyasiga asos solindi.
    XX asrning 70-yillaridan boshlab, bu so‘z islomga nisbatan qo‘llanila boshladi. Bunda «fundamentalizm» atamasi – Qur’on va hadislarni so‘zma-so‘z talqin etuvchi, ilk islomga qaytishga qaratilgan aqidalarni targ‘ib qiluvchi diniy-konservativ ruhdagi yo‘nalishga nisbatan ishlatildi. Buning natijasida jahon matbuotlarida islom niqobidagi mutaassib jangarilarni «fundamentalistlar» deb atash ham odat tusiga kirdi.
    Shunday ekan, ekstremizm yoki fundamentalizmni faqat muayyan din bilan bog‘lash mutlaqo asossiz. Xususan, islom dini, u bilan bog‘liq turmush tarzi va qadriyatlar majmui hech qachon ekstremistik tuzilmalarning go‘yo din va musulmon jamoasi ravnaqi yo‘lida amalga oshirayotgan terrorchilik xurujlarining asosiy sababi sifatida qaralishi mumkin emas.
    Islom shiorlaridan tanlab foydalanadigan, dinning asl mohiyatini buzib talqin qiladigan ekstremistik tuzilmalar xuddi yuqoridagi kabi go‘yoki, keng xalq ommasi bilan uzviy birlik mavjudligini ko‘rsatish, aslida esa jamiyatda tartibsizlik va parokandalikni yuzaga keltirish uchun mablag‘ yig‘ish, asosiy tahdid manbai sifatida odamlar ongini egallash, jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish orqali hokimiyatga erishishdek ehtiyojlarini qondirish maqsadini ko‘zlaydi.
    Hozirgi davrda ko‘plab ekstremistik uyushmalar va mutaassib harakatlar turli dinlar, shu jumladan, islom, xristianlik, yahudiylik dinlarini niqob qilib olgan holda faoliyat yuritayotganlarini ko‘rish mumkin.
    Aqidaparastlik (arab. – «aqida» – «ishonch», «biror narsani ikkinchisiga bog‘lash») muayyan sharoitda, biron-bir g‘oyaga qat’iy ishonib, uni mutlaqlashtirish asosida shakllangan qoida va tartiblarni sharoit, holat, vaziyatni hisobga olmagan holda, ko‘r-ko‘rona qo‘llash yoki shunga urinishni anglatadi. U muayyan qonun va qoidalar ta’sir doirasini sun’iy kengaytirishga urinishda yorqin namoyon bo‘ladi.
    Mutaassiblik (arab. – «g‘uluv ketish», «chuqur ketish») o‘z fikr-mulohaza va dunyoqarashi to‘g‘riligiga o‘ta qattiq ishonib, boshqa diniy e’tiqodlarga murosasiz munosabatda bo‘lishni anglatadi. Mutaassiblik barcha davrlarda turli din va yo‘nalishlar orasida keskin nizo va to‘qnashuvlar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan.
    Ayni paytda, dunyoviy va diniy bilimlarning sayozligi, sof diniy tushunchalarning asl mazmunini bilmaslik ham diniy mutaassiblik g‘oyalarning tarqalishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu jarayonning eng xatarli jihati dinni siyosiylashtirish vositasida hokimiyatga intilish, dindan odamlar orasiga nifoq solish, qo‘poruvchilik ishlarini amalga oshirish va g‘arazli manfaatlarni ro‘yobga chiqarishda foydalanishga urinishlarda namoyon bo‘lmoqda.
    Demak, diniy ekstremizm kelib chiqishining birinchi va asosiysi sababi bu – mutaassib fikr va qarashlarning paydo bo‘lishidir. Mutaassiblik diniy ekstremizm va terrorizmga zamin tayyorlaydi. Shu o‘rin qayd etish joizki, ko‘p manbalarda «aqidaparastlik» so‘zi hozirgi voqelikdan kelib chiqib «mutaassiblik» so‘zi bilan almashtirilgan holda istefoda etilmoqda.
    Mutaassiblik va g‘uluv Qur’oni karimda muhokama qilingan mavzulardan hisoblanib, uning har qanday ko‘rinishi qat’iy rad etilgan. Jumladan, «Moida» surasida shunday deyiladi:
    «Ey, imon keltirganlar! Sizlar uchun Alloh halol qilib qo‘ygan narsalarni haromga chiqarmangiz va haddan oshmangiz! Zero, Alloh haddan oshuvchilarni yoqtirmaydi» (Moida, 87).
    Payg‘ambarimiz (alayhis-salom) ham o‘zlarining qator hadislarida diniy masalalarda haddan oshganlar noto‘g‘ri yo‘lda ekanini ko‘p bor ta’kidlab, ularning aksariyati Allohning g‘azabiga uchrab, halok bo‘lganini aytib o‘tganlar. Jumladan, Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilingan hadisi sharifda: «Albatta, din osonlikdir. Kim dinda chuqur ketsa, u yengiladi», deyilgan (Imom Buxoriy rivoyati). Boshqa bir hadisda esa, Rasululloh (alayhis-salom) «Dinda chuqur ketadiganlar halok bo‘ldi. Dinda chuqur ketadiganlar halok bo‘ldi. Dinda chuqur ketadiganlar halok bo‘ldi», (Imom Muslim rivoyati) deb uch bora takror aytganlarining o‘zidan ham mutaassiblik va g‘uluvning naqadar yomon illat ekanini ko‘rishimiz mumkin.
    Terrorizm (lotincha – «qo‘rqitish», «vahimaga solish») – aholining keng qatlamlarida vahima va qo‘rquv uyg‘otish, jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish orqali davlat hokimiyatini egallash maqsadiga qaratilgan jinoiy faoliyatdir.
    Terror – ommaviy va siyosiy maqsadlarga erishish uchun zo‘ravonlikdan hamda zo‘ravonlik qilish bilan tahdid solishdan muntazam foydalanishdir. Shunday qilib, «terror» dushmanni jismoniy zo‘ravonlik yo‘li bilan qo‘rqitish, hatto uni jismonan yo‘q qilishni anglatadi. «Terrorizm» esa terror amaliyotidir. Bu ikki tushunchani shu tarzda chegaralash maqbul bo‘lsa, u holda terrordan kelib chiqqan terrorizm aslo yangi hodisa bo‘lmay, bugungi kungacha asrlar qo‘ynidan yetib kelgan, deb hisoblash mumkin.
    O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida «terrorizm»ga quyidagicha ta’rif berilgan: «Terrorizm – xalqaro munosabatlarni murakkablashtirish, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzish, xavfsizligiga putur yetkazish, urush va qurolli mojarolar chiqarish, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish, aholini qo‘rqitish maqsadida davlat organini, xalqaro tashkilotni, ularning mansabdor shaxslarini, jismoniy va yuridik shaxsni biron bir faoliyatini amalga oshirishga yoki amalga oshirishdan tiyilishga majbur qilish uchun zo‘rlik, kuch ishlatish, shaxs yoki mol-mulkka xavf tug‘diruvchi boshqa qilmishlar yoxud ularni amalga oshirish tahdidi, shuningdek, terrorchilik tashkilotining mavjud bo‘lishini, ishlab turishini, moliyalashtirilishni ta’minlashga, terrorchilik harakatlarini tayyorlash va sodir etishga, terrorchilik tashkilotlariga yoxud terrorchilik faoliyatiga ko‘maklashayotgan yoki bunday faoliyatda ishtirok etayotgan shaxslarga bevosita yoki bilvosita har qanday mablag‘-vositalar va resurslar berish yoki yig‘ishga, boshqa xizmatlar ko‘rsatishga qaratilgan faoliyat».
    Yuqorida keltirilgan ta’riflarda terrorizmning nihoyatda muhim bir xususiyati – uning muayyan siyosiy maqsad yoki amaliy natijalariga emas, balki u yoki bu xuruj natijasida odamlar orasida, ijtimoiy fikrda yuzaga keladigan xavotirli aks-sado, shov-shuvga erishishga qaratilgani ta’kidlangan. XX asrning 60-yillaridan boshlab, terrorizmning mojarolarni keltirib chiqaruvchi hodisa sifatidagi salohiyati, butun-butun mintaqalar yo‘nalishi turlicha bo‘lgan terrorchi tashkilotlar va guruhlar faoliyat ko‘rsatgan joylarga aylanib qoldi. Buning natijasida, terrorchilik harakatining ko‘lamigina emas, balki metodlari ham o‘zgardi. Uning eng dahshatli ko‘rinishlaridan biri – o‘zini avvaldan o‘limga tayyorlagan terrorchi-kamikadzelar tomonidan amalga oshirilayotgan harakatlarni keltirish mumkin.
    Musulmon mamlakatlarida terrorchi uyushmalar ommaviy bo‘la olmagani uchun aholining keng qatlamlari nomidan harakat qilish taassurotini uyg‘otish maqsadida diniy shiorlardan niqob sifatida foydalanadilar.
    Demak, terror, terrorchilik faoliyati, terrorchi birgalikda bir butun hodisa sifatida terrorizmni tashkil etadi. Hozirgi davrda u global miqyos kasb etib, xalqaro terrorizm shaklini oldi.
    «Xalqaro terrorizm» tushunchasi davlatlar, xalqaro tashkilotlar, siyosiy partiya va harakatlarni beqarorlashtirishga qaratilgan siyosiy qo‘poruvchilik faoliyatini ifodalaydi. U og‘ir jinoyatlardan bo‘lib, uzoq davom etgan jarayonlarning hosilasi hisoblanadi.
    Xalqaro terrorizm fenomeni, ayniqsa, XX asr boshlarida avj ola boshladi, ya’ni xalqaro terrorizmga qarshi kurashda davlatlararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yilishi o‘tgan asrning 30-yillaridan boshlangan. Masalan, 1934 yilda Madridda bo‘lib o‘tgan jinoyatchilikka oid qonunlarni unifikatsiyalashtirish muammolariga bag‘ishlangan konferensiyada terrorizmning «Aholini dahshatga solish va har qanday ijtimoiy tashkillashuvni yo‘q qilish maqsadida biror bir vositani qo‘llash» degan ma’nodagi ta’rifi qabul qilinishiga erishilgan. 1937 yilda 20dan ortiq davlat terrorizmning oldini olish va bunday harakatlar uchun jazolash haqidagi Konvensiyani imzoladi.
    Bugungi kunda terrorchilik uslublari ancha kengayganini ta’kidlash zarur. 1970-yillarda biror shaxs yoki siyosiy arbobga qarshi uyushtirilgan terror amaliyoti ko‘proq uchragan bo‘lsa, hozirda jamoat joylarida, samolyot, avtobus va poezdlarda portlashlarni sodir etish orqali ko‘plab tasodifiy kishilarning qurbon bo‘lishiga olib keladigan qo‘poruvchilikni amalga oshirishga e’tibor berilmoqda. Ekspertlarning fikricha, bunday harakatlar birinchi navbatda nobud bo‘lganlardan ko‘ra, uning guvohlariga qaratilgan.
    Xalqaro terrorchilik harakatlarining asosiy belgilari:

    • xalqaro huquq himoyasidagi ob’ekt yoki sub’ektlarga qarshi qaratilgani;

    • davlatlar chegaralarini buzish orqali amalga oshirilishi;

    • a’zolari ikki yoki undan ortiq davlat fuqarolari, shu jumladan, yollanma shaxslar bo‘lgan ekstremistik guruhlar tomonidan sodir etilishi;

    • ekstremistik guruhlar tarkibida qo‘poruvchilik harakatlari bo‘yicha xorijlik yo‘riqchilarning qatnashishi;

    • ekstremistik guruh a’zolarining boshqa davlatlar hududida tashkil etilgan maxsus lagerlarda tayyorgarlik ko‘rishi;

    • tayyorgarlik ko‘rish va qo‘poruvchilikni sodir etishda xorijiy davlatlar va ekstremistik uyushmalar yordamidan, xalqaro tus olgan noqonuniy qurol-yarog‘ savdosi va narkobiznesdan keladigan moliyaviy manbalardan foydalanilishi.

    Muayyan mamlakat hududida sodir etilgan terrorchilik xurujida qayd etilgan u yoki bu belgilarning bo‘lishi, unga xalqaro maqom berilishi va shundan kelib chiqib, unga mos choralar ko‘rilishiga olib keladi.
    3. Islom niqobidagi ekstremizmning g‘oyaviy ildizlari. Islom niqobi ostida paydo bo‘lgan ekstremistik harakatlar tarixiga e’tibor beradigan bo‘lsak, ularning ildizlari uzoq o‘tmishga, hatto islom tarixining birinchi asriga borib taqalishini ko‘rish mumkin. Uning ilk vakillaridan biri sifatida 657 yili xalifa Ali (r.a.) askarlaridan ajralib chiqqan, o‘zlarini haqiqiy musulmon, saflariga qo‘shilmaganlarni «dindan qaytgan» deb e’lon qilib, ularga qarshi murosasiz kurash olib borgan «xorijiylar» (arabcha–ajralib chiqqanlar, isyonchilar) diniy-siyosiy oqimi faoliyati misol bo‘la oladi.
    Xalifa Usmon ibn Affon (r.a.) (644-656) davriga kelib islom jamoasi ichida fitnalar paydo bo‘ldi. Usmon (r.a.)ga uyushtirilgan suiqasd (656 y.) ham ana shu siyosiy kurashlarning natijasi edi. Xalifa o‘ldirilgach, uning o‘rniga Ali ibn Abu Tolib (r.a.) (656-661) saylandi.
    657 yil (37 hijriy)da Shomning (Suriya) shimoli-sharqida joylashgan Siffin mavzesida xalifa Ali (r.a.) qo‘shini bilan u yerning hokimi Muoviya (r.a.) qo‘shini o‘rtasida «Jamal voqeasi»dan bir oy o‘tib, to‘qnashuv sodir bo‘lgan. Ushbu to‘qnashuv 656 yil uchinchi xalifa Usmonning (r.a.) o‘ldirilishi munosabati bilan Ali (r.a.) va Muoviya (r.a.) tarafdorlari o‘rtasidagi keskin qarama-qarshiliklar sabab bo‘ldi. Marhum xalifaning yaqin qarindoshi bo‘lgan Muoviya (r.a.) xalifalik taxtini egallagan Ali (r.a.)dan aybdor jinoyatchilarni jazolashni talab qilib, shundan so‘nggina Ali (r.a.)ga bay’at qilishni ma’lum qildi. Jang to‘qqiz kun davom etdi. Ali (r.a.)ning qo‘li baland kelib turganda, Muoviya (r.a.) tarafdorlari hiyla ishlatdilar. Ular Amr ibn Oss (r.a.) ko‘rsatmasi bilan katta nayzalar uchiga yangi ko‘chirilgan Mus’haf varaqlarini ilib, Qur’on bilan hukm chiqarishni talab qildilar. Muoviya (r.a.)ning janjalni sulh orqali hal qilish haqidagi taklifini Ali (r.a.) qabul qilgach, jang to‘xtatildi. Ali va Muoviya (r.a.)lar o‘rtasida hijriy 37 yil safar oyining 15 kuni (mil. 657 yil 8 sentabr)da sulh tuzildi. Mazkur «Siffin» jangi musulmonlar uchun juda katta yo‘qotish bo‘ldi. Unda hammasi bo‘lib to‘qson ming musulmon halok bo‘ldi. Aynan «Jamal» va «Siffin» janglari musulmonlar o‘rtasida dastlabki bo‘linishlar va turli firqalar kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. Ahli sunna va-l-jamoa e’tiqodiga ko‘ra, sahobiylar orasida yuz bergan bu vaziyatlarda ular ayblanmay, ularning bari haqni izlagan mujtahidlar hisoblanadilar. Umumiy qoidaga asoslanib, ulardan qaysi birlari to‘g‘ri ijtihod qilgan bo‘lsalar, ikki ajr, xato ijtihod qilgan tarafga esa bir ajr beriladi.
    Xalifa Ali (r.a.) bilan Muoviya (r.a.) o‘rtasidagi tuzilgan bitimdan Kufa yaqinida turgan 12 ming kishidan iborat qo‘shinning bir qismi norozi bo‘ldi. Ular «hukm chiqarish faqat Allohning iznidadir», degan shior bilan qo‘shinni tark etib, Kufa yaqinidagi Harura qishlog‘iga ketdilar. Bu firqaning Kufadagi «xypyj» (bo‘ysunmaslik) voqeasi ularning «xavorij» (qarshi chiquvchilar) nomini olishlariga sabab bo‘ldi. Bu voqea Harura qishlog‘ida yuz berganligi bois avvaliga ularni «haruriylar» deb ham ataganlar. Ular o‘zlarini «Shurot» (Jonlarini Alloh yo‘lida tikkan kishilar) deb nomlaganlar. Yana ularning «Muhakkima» («hukm Allohning iznida» deguvchilar) degan nomlari ham bo‘lgan.
    Xorijiylar o‘zlariga Abdulloh ibn Vahb ar-Rosibiyni amir etib saylab, Ali (r.a.) va Muoviya (r.a.)ni yo‘q qilish payiga tushdilar. Xalifa Ali (r.a.)ni 661 yilda xorijiy Abdurrahmon ibn Muljam o‘ldirgach, xorijiylar ikki firqaga bo‘linib, biri Iroqda qoldi, ikkinchisi Arabiston yarim oroliga ketdi. Umaviylar davrida xorijiylarga qarshi keskin kurash olib borildi. Chunki ular Umaviylar davlatiga katta xavf solardilar. Bu davrda xorijiylar kuchayib, Kirmon, Fors, Yamoma, Hadramavt, Toif va Yaman kabi shahar va o‘lkalarni egalladilar.
    Hokimiyat Umaviylardan Abbosiylar sulolasi (749-1258) qo‘liga o‘tganidan keyin ham bu toifa bir muddat o‘z kuchini yo‘qotmadi. Biroq Abbosiylar uzoq vaqt ularga qarshi uzluksiz olib borgan kurashlaridan so‘nggina xorijiylar inqirozga yuz tutdi.
    Demak, islomda dastlab paydo bo‘lgan firqa «xorijiylar»dir. «Xorijiylar» o‘z talqinlaridagi «sof» islom qoidalariga qat’iy rioya qilish tarafdori edi. Aynan ular o‘z qarashlari va faoliyatiga qo‘shilmaganlarni imonsizga chiqarish, ularga qarshi «jihod» olib borish haqidagi g‘oyalarni ishlab chiqib, terror uslubini qo‘llash orqali hukmdorlarni jismonan yo‘q qilish amaliyotini boshlab bergan edi. Bunday g‘oyalar kelib chiqishiga ko‘ra hokimiyat uchun kurashning zo‘ravonlikka asoslangan usullaridan bo‘lib, minglab kishilarning halok bo‘lishiga olib kelgan. O‘z davrida ular bilan bahs munozara qilish, ularning fikrlariga raddiya berish, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish maqsadida mashhur sahobiy Abdulloh ibn Abbos (r.a.) ularning huzuriga jo‘natilgan edi. Abdulloh ibn Abbos asosan ularning «Allohning hukmi» borasidagi xato qarashlariga raddiya bergan. Natijada jami olti minglik xorijiylardan ikki ming nafari noto‘g‘ri yo‘lda ekanliklarini anglagan holda undan qaytganlar.
    VII asrning ikkinchi yarmida xorijiylar orasida rahbarlarining ismi bilan ataladigan bir necha firqalar paydo bo‘ldi. Ana shunday mutaassib firqalar orasida eng murosasiz va shafqatsiz jamoa nomini olgan Nofi’ ibn Azraq (v.685y.) boshchiligidagi «Azraqiylar» oqimi alohida o‘rin egallaydi. Azraqiylar gunohi kabira (katta gunoh) qilgan barcha musulmonlarni «kofir» deb, ularning ta’limotiga qo‘shilmagan kishilarga qarshi jihod e’lon qilish, hattoki, qariya, ayol va bolalarning qonini to‘kishni halol, deb bilganlar.
    IX asr oxirida Janubiy Iroqda yuzaga kelgan qarmatiylar namoz, ro‘za, zakot, haj kabi amallar farz qilinmagani, Qur’on oyatlarida masjid qurish yoki u yerda yig‘ilish haqida hukmlar yo‘q, degan da’vo bilan masjidlarga borishni man qilish darajasigacha borgan edi. Harakat o‘z nomini uning asoschisi Hamdon ibn Ash’asning laqabi Qarmat so‘zidan olgan bo‘lib, uning ma’nosi manbalarda turlicha «kalta oyoq» yoki «qizil ko‘z» kabi ma’nolarda ifodalangan. Islomdagi mavjud qoida va tartiblarning mohiyatini buzib talqin qilish oqibatida ular hattoki, hajga keluvchilar Ka’baga sig‘inib, Allohga shirk keltirishmoqda, degan da’volar ostida 930 yilda Makkaga hujum qilib, uni talon-taroj qilib, hojilarning bir qismini qul qilishgan, bir qismini esa o‘ldirishgan. Ka’bani vayron qilib, qora toshni ikkiga bo‘lib, Bahraynga olib ketishgan, faqat 20 yildan keyin katta to‘lov evaziga u Makkaga qaytarib berilgan. Qarmatiylar islom tarixida o‘chmas dog‘ qoldirgan jinoyatlarni sodir etgan.
    XI asr oxirida Eronda yuzaga kelib, maxfiy ravishda ish ko‘rgan «hashshoshiylar» (arabcha – hashish (nasha) chekuvchilar, giyohvandlar) terrorchilik oqimi esa hokimiyatni egallash maqsadida ularga xayrixoh bo‘lmagan hukmdorlarga suiqasd uyushtirish amaliyotini oldinga surgan edi. Uzoq vaqt hashshoshiylar ko‘plab hukmdorlarga tahdid solib turgan, hattoki, ayrim Yevropa mamlakatlari rahbarlari o‘z xavfsizliklarini ta’minlash uchun ularga to‘lov to‘lashga majbur bo‘lgan. Shu bilan birga, «hashshoshiylar» zamonaviy terrorchilar tomonidan ham keng qo‘llanilayotgan, oddiy kishilar va yoshlarga giyohvand moddalarni iste’mol qildirib, o‘lsa shubhasiz jannatga tushishiga ishontirgan.
    Diniy mutaassiblikka asoslangan ixtiloflar oqibatida cheksiz nizolar, kelishmovchiliklar, hatto qonli urushlar kelib chiqib, katta talofatlarga va jamiyatning inqiroz tomon yuz tutishiga sabab bo‘lgan. Buzg‘unchilik va zo‘ravonlikka asoslangan, e’tiqodiy birlikka tahdid solgan bunday oqimlar faoliyati o‘z davri ulamolari tomonidan qattiq qoralangan va ta’qib qilinganini alohida ta’kidlash lozim.
    Vaqt o‘tishi bilan, mazkur g‘oyalardan yanada keng foydalangan holda, shuningdek, o‘zgacha talqin va mohiyat kasb etgan yangidan yangi mutaassib oqimlar faoliyati paydo bo‘ldi. Zamonaviy voqelik diniy ekstremizm va xalqaro terrorizmning salohiyati sifat va miqdor jihatidan jiddiy o‘sganini ko‘rsatmoqda. Bu o‘z navbatida diniy ekstremizm va terrorizmning global xavfsizlikka yo‘naltirilgan jiddiy tahdidga aylanishiga zamin yaratmoqda. Diniy-ekstremistik va terrorchi guruhlar globallashuv jarayonlari va yirik davlatlar orasidagi geosiyosiy manfaatlar to‘qnashuvidan hamda fan-texnika yutuqlaridan foydalangan holda ekstremizm va terrorizmga qarshi keng ko‘lamli kurash olib borilayotgan muhitga moslashishga xarakat qilmoqda. Diniy ekstremizm va terrorizmning jamiyat barqarorligiga salbiy ta’siri xalqaro terrorchilik tizimida yetakchi o‘rinlarni egallab turgan quyidagi diniy-siyosiy tashkilotlarning mohiyati tahlil qilinganda yanada yaqqol namoyon bo‘ladi.

    Download 114,61 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 114,61 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu. Diniy fundamentalizm, radikalizm va terrorizmning tarixi va yo‘nalishlari

    Download 114,61 Kb.