|
- voyaga yetmagan bolalarni diniy tashkilotlarga jalb etish;
-
|
bet | 13/13 | Sana | 30.12.2023 | Hajmi | 114,61 Kb. | | #129140 |
Bog'liq Dinshunoslik 3-JN JAVOBLARI- voyaga yetmagan bolalarni diniy tashkilotlarga jalb etish;
- voyaga yetmagan bolalarni ularning ixtiyoriga, ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar ixtiyoriga zid tarzda dinga o‘qitish;
- dindorlardan majburiy yig‘im undirish va soliq olish;
- diniy ta’lim olishda hamda fuqaro dinga nisbatan, dinga e’tiqod qilish yoki e’tiqod qilmaslikka nisbatan, ibodat qilishda, diniy rasm-rusumlar va marosimlarda qatnashish yoki qatnashmaslikka nisbatan o‘z munosabatini belgilayotgan paytda majburlash bilan bog‘liq diniy faoliyat yuritish;
- g‘ayriqonuniy jamoat birlashmalari yoki diniy tashkilotlarni qonunga xilof ravishda tuzish yoki ularning faoliyatini tiklash;
- g‘ayriqonuniy jamoat birlashmalari yoki tashkilotlari faoliyatida faol qatnashish bilan bog‘liq harakatlar belgilangan eng kam ish haqining tegishli miqdorida jarima solinishiga yoki belgilangan muddatga axloq tuzatish ishlari, yoki qamoq yohud ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilab qo‘yilgan.
Yuqoridagilardan ham “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi”dagi choralar, “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi”dagidan ancha jiddiyroq mazmun kasb etganini, g‘ayriqonuniy harakatlarning oldini olishga xizmat qiladigan zaruriy huquqiy asoslar yaratilganini anglab yetish mumkin.
Shu bilan birga, mamlakatimizdagi barqaror ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat, olib borilayotgan kuchli va tizimli ijtimoiy muhofaza siyosati, milliy g‘oya konsepsiyasining ishlab chiqilgani va unga asoslangan holda olib borilayotgan mafkuraviy tarbiya va ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari, xalqimizning o‘z e’tiqodida mustahkamligi missionerlik harakatlari yo‘lida jiddiy to‘siq bo‘lib xizmat qilayotganini ham ta’kidlash zarur.
Bizga qo‘shni bo‘lgan ayrim davlatlardan farqli ravishda, jumladan, mehribonlik uylari davlat qaramog‘ida va himoyasida ekani, yosh avlodni jismonan baquvvat va ma’naviy barkamol qilib tarbiyalash yo‘lida olib borilayotgan tizimli ishlar ham bunday harakatlarning oldini olishga xizmat qilmoqda. Bunday harakatlar Konstitutsiyamizning 64-moddasida mustahkamlab qo‘yilgan davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-onalarining vasiyligidan mahrum bo‘lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o‘qitishni ta’minlaydi, degan qoidalarning hayotiy-amaliy ifodasidir.
Ammo missionerlar o‘z ishlarini mamlakatimizdagi vaziyatga moslashgan holda tashkil qilishga urinayotganliklarini ham yoddan chiqarmaslik lozim. Jumladan, ayrim xristian diniy tashkilotlarida ibodatlarni o‘zbek va boshqa mahalliy tillarda olib borish, o‘zbek tilida “Bibliya” o‘qish darslari tashkil qilish yo‘lidagi harakatlarni davom ettirishga urinmoqdalar.
Qayd etilgan holatlar, noqonuniy xatti-harakatlarning oldini olishga qaratilgan ishlarni yanada izchil davom ettirish zarurligini ko‘rsatishi barobarida, qonunlarimizda belgilab qo‘yilgan qoidalarga rioya qilinishini ta’minlash har birimizga bog‘liqligini, barchamizdan ogohlik va hushyorlikni, loqaydlik va befarqlikka yo‘l qo‘ymaslikni talab etishini yodda tutish lozim. Ana shundagina din bayrog‘i ostida yuzaga kelayotgan turli salbiy hodisalarning oldini olinadi, diniy bag‘rikenglik barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlashning muhim omili sifatida namoyon bo‘ladi.
|
| |