|
-mavzu. Dunyoviy bilimlar va diniy e’tiqod birligiga erishishning ahamiyati
|
bet | 11/13 | Sana | 30.12.2023 | Hajmi | 114,61 Kb. | | #129140 |
Bog'liq Dinshunoslik 3-JN JAVOBLARI15-mavzu. Dunyoviy bilimlar va diniy e’tiqod birligiga erishishning ahamiyati
Yangi O‘zbekistonda dunyoviy va diniy ta`lim-tarbiyaga munosabat, diniy ta`limning yo`nalishlari.
Yangi O`zbekiston oliy ta`lim muassasalarida diniy ta`limni tashkil etishning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati.
O’zbekiston yoshlarining diniy manbalardagi axloqiy tarbiyaga oid g`oyalarni o`rganishning ahamiyati. Dunyoviy hayot va diniy qadryatlarning mutanosibligi.
Uzoq davrlar davomida o‘zbek xalqining yuragidan chuqur joy olib, hayotning mazmun-mohiyatini idrok etish, milliy qadriyatlar va turmush tarzini, an’nalarini, urf-odat va marosimlarini uzoq vaqt asrashda muqaddas islom dini kuchli omil bo’lib xizmat qilganini alohida bayon qilishimiz lozim. Zero insoniylik, mehr-oqibat, halollik, oxirat olamini tafakkur qilib yashash, ezgulik, mehr-shafqat, marhamat singari o‘zbek xalqiga oid bo’lgan fazilatlar aynan mana shu diyorda ildiz otdi va rivojlandi. O‘zbekiston xalqining avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan insoniy ezgu qadriyatlar tizmi ichida bag’rikenglikni alohida tilga olishimiz kerak. Istiqlol tufayli diniy bag’rikenglik ham o‘zbek xalqining azaliy qadriyatlariga hamohang ravishda rivoj topib, boshqa madaniyatlar uchun namunaga aylandi deb ayta olamiz. Hozirda esa O‘zbekistonda dinni ma’rifat yo’li bilan anglash, uning xalq farovonligi va ahilligiga xizmat qilishiga erishilmoqda. O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng, buyuk ota-bobolarning muborak nomlarini qayta tiklash hamda ularning ma’naviy-madaniy, diniy-ma’rifiy merosini tadqiq qilish borasida katta hajmda ezgu ishlar olib borilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoevning tashabbusi bilan O‘zbekistonda bir qancha katta loyihalarga asos solindi. O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiytadqiqot markazi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi ana shunday misli bo’lmagan loyihalardan sanaladi. Shuningdek, viloyatlarda kalom, hadis, fiqh, aqida ilmi va tasavvufni oʻrganishga ixtisoslashgan bir qancha ilmiy markazlarning ochilgani ham tahsinga sazovor ishlardan hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev rahbarligida hayotga tatbiq etilayotgan keng koʻlamli islohotlar mamlakatimizda elatlar orasidagi ahillik va diniy bagʼrikenglik muhitini shakllantirish uchun mustahkam asos boʻlib xizmat qilmoqda. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida xavfsizlik, diniy bagʼrikenglik va millatlararo totuvlikni taʼminlashga alohida eʼtibor qaratildi. So’nggi yillarda diniy-maʼrifiy yo’nalishlarda ko’pgina islohotlarning amalga oshirilganini ta’kidlashimiz mumkin. Bu islohotlar albatta Oʻzbekistonda istiqomat qilayotgan elatlar orasida ahillik va diniy bagʼrikenglik muhitini shakllantirishga xizmat qilishi shubhasizdir. Oʻzbekiston Prezidenti tashabbusi bilan faoliyat koʻrsatishni boshlagan ushbu ziyo maskanlari islom dinining haqiqiy insonparvarlik va ezgulik mazmunini anglab yetishimizga xizmat qiladi. Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda din va ma’rifat sohalarida bir qator keng koʻlamli islohotlar amalga oshirildi. Jahon hamjamiyati mamlakatda yashayotgan turli etnik va din vakillari orasida oʻrnatilgan doʻstlik va diniy bagʻrikenglik rishtalarining musthkamlanishini yuqori baholamoqda. Ammo, afsuski, bu islohotlarga qaramay, media olamda, bazi ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekistonning diniy siyosati borasidagi davlat siyosatini obroʻsizlantirishga qaratilgan soxta xabarlar tarqalishi holatlariga ham guvoh boʻlmoqdamiz. Bu soxta va yolgʻon ma’lumotlarning asosan bir guruh radikal va mutaassib insonlar tomonidan tarqatilayotgani ham haqiqatdir. Diniy haq-huquq va erkinliklarni ta’minlashga qaratilgan asl holatni buzib koʻrsatishga urinayotgan soxta xabarlar yaratilmoqda va tarqatilmoqda. Ayniqsa, oxirgi yillarda davlatda diniy ta’lim olishga ruxsatning yetarli darajada emasligi borasida tanqid va e’tirozlar, xususiy diniy ta’lim muassasalarini ochishga talablar, shuningdek, Qur’oni Karim va islom dini asoslarini davlat ta’lim dasturiga kiritish chaqiriqlari yangramoqda. Oʻzbekiston davlati diniy erkinlik borasida islohotlar va liberal siyosat yuritayotganida, mamlakatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, tinchlik, millatlararo va dinlararo ahillikni asrabavaylash borasida mas’uliyatni toʻliq oʻz zimmasiga olishini ham unutmasligimiz kerak. Shu bois, demokratik, huquqiy, koʻp millatli va turli din vakillari istiqomat qiladigan jamiyatda yashayotganimizni unutmasligimiz kerak. Xulosa. O‘zbek xalqi uchun islom ularning shaxsiy o‘ziga xosligining ajralmas qismidir. Hatto dunyoviy sharoitlarda ham ma’naviy qadriyatlar oilada va umuman jamiyatda munosib shaxs boʻlishning toʻg’ri yoʻllari bilan bogʻliq boʻlmagan islomiy unsurlarni oʻzida mujassam etgan. Oʻzbek xalqi hayotining hattoki dunyoviy tomoni ham hayotning barcha jabhalarida ildiz otgan islom merosi va madaniyatiga asoslangan ta’limotlar bilan aralashib ketgan. Vatanparvarlik, ota-onaga hurmat, mehr-oqibat, ilm olish uchun ragʻbat islom axloqi bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan axloqiy majburiyatlarga misol boʻla oladi. Bu fazilatlar islom urfodatlaridan kelib chiqib, maktab ta’limi va oila tarbiyasi orqali kundalik hayotga singdirilgan. Tadqiqotlar shuni koʻrsatmoqdaki, islom kundalik hayotning bir qismi hisoblangan va oʻzbek maktablari oʻquv dasturida Islom madaniyati, an’analari va tarixining bir qismi sifatida kiritilgan. Shu bilan bir qatorda, islomiy qadriyatlar maktablarda axloqiy tarbiyada e’tiborga olinadigan yagona omil emas, balki dunyoviy qadriyatlar bilan uygʻunlashishi kerak.
Dunyoviy davlat va jamiyat eng avvalo, qonun ustuvorligini taqozo etadi. “Qonun – barcha uchun barobar” degan demokratik tamoyil, shubhasiz, diniy jarayonlarga ham taalluqlidir. Ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy hayotning boshqa har qanday sohasi kabi diniy jarayonlar ham faqat qonun belgilab qo‘yilgan mezonlarga muvofiq ravishda rivojlanishga haqlidir. Ifodali qilib aytganda, qonun barcha boshqa sohalarni me’yorga solib turgani kabi diniy vaziyat evolyusiyasi ham, hech qanday chekinishlarsiz, unga bo‘ysunishga majbur. Bu ish demokratiyaning asosiy tamoyillaridan bo‘lgan vijdon erkinligi, xususan, e’tiqod erkinligini chegaralash hisobiga qilinmaydi, albatta. Aksincha, azal-azaldan demokratik jamiyatning bosh mezoni bo‘lib kelgan qonun ustuvorligini ta’minlash orqali amalga oshiriladi.
“Diniy vaziyat evolyusiyasini boshqarish” haqidagi tezis, eng avvalo, dunyoviy-ma’rifiy davlat va jamiyat qurilishi jarayonida diniy omilga ajratilgan konstitutsiyaviy o‘rinni qonuniy vositalar bilan ta’minlashni nazarda tutadi.
O‘zbekiston davlatining dunyoviylik, diniy bag‘rikenglik, barcha dinlarga bir xilda munosabat, jamiyat taraqqiyotida din bilan hamkorlik qilish xususiyatlari ana shu tamoyil asosida amalga oshiriladi. Chunki dunyoviy-ma’rifiy davlatda diniy e’tiqodi va dunyoqarashidan qat’i nazar, siyosiy xohishlarini bildirishda barcha fuqarolarning teng ishtiroki tamoyiliga rioya qiladi.
Dunyoviylik tuyg‘ulari alohida shaxs va ijtimoiy institutlar darajasida namoyon bo‘lib boradi. Dunyoviylik demokratik taraqqiyot yo‘lini tanlagan har qanday mamlakat hayotini tashkil etishning bosh mezonlaridan biri – vijdon erkinligi tamoyilining ustuvorligini kafolatlaydi.
Mamlakatimizda barpo etilayotgan demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining tamal toshi «vijdon erkinligi» tushunchasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Fuqaroviy erkinliklar ichida insonning ichki ma’naviy dunyosiga va uning ruhiyatiga bevosita aloqador bo‘lgan vijdon erkinligi demokratik dunyo bo‘ylab umume’tirof etilgan inson huquqlarining eng asosiylaridan biridir.
Fuqarolik jamiyati kishilar o‘rtasidagi munosabatlarning yuksak madaniy saviya va teran ma’naviy zaminga asoslangani bilan ajralib turadi. Bunday jamiyatning ijtimoiy-ma’naviy hayotida umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi, ularning mo‘tabar va hatto, muqaddas sanalishi barqaror bo‘lmog‘i shart. Muayyan insonning qadr-qimmati, odamlar orasidagi mehr-oqibat, samimiylik, axloqiy poklik, insofu adolat va insonparvarlik kabi eng ezgu umuminsoniy qadriyatlar fuqarolik jamiyati hayotining haqiqiy mezonlaridir. Shuning uchun ham, O‘zbekistonda kechayotgan davlat va jamiyat qurilishi jarayonida tom ma’nodagi vijdon erkinligini ta’minlashga alohida urg‘u berilmoqda.
Davlatimizning vijdon erkinligiga munosabati – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 35-moddasida mustahkamlab qo‘yilgan qoidada o‘zining aniq huquqiy-qonuniy ifodasini topgan. Demak, «vijdon erkinligi» degan tushunchaning mazmun-mohiyati xohlagan dinga e’tiqod qilish huquqidan tashqari, hech qanday dinga e’tiqod qilmaslik ixtiyorini ham qamrab oladi. Har bir fuqaro haqli bo‘lgan bunday huquqning buzilmasligi uchun mazkur modda “diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi” degan muhim qoida bilan to‘ldirilgan. Buning zamirida vijdon erkinligiga nisbatan har qanday tahdidni bartaraf etish istagi yotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida aniq belgilab qo‘yilgan davlat va jamiyat qurilishining bosh maqsadlardan biri – inson farovonligi ta’minlangan, ijtimoiy adolat va qonuniylik ustuvorlik qiladigan, barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lgan, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengligiga asoslangan jamiyatni barpo etishdir. Bu, eng avvalo, yuksak ma’naviyat va hurfikrlilikka asoslangan, vijdon erkinligi amalda barqaror bo‘lgan jamiyatni barpo etish demakdir. Bunday jamiyatni qurish esa, birinchi navbatda, keng ma’nodagi vijdon erkinligi, jumladan, diniy e’tiqod erkinligini ta’minlashni taqozo etadi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ushbu hayotiy masalaga umume’tirof etilgan demokratik tamoyillardan kelib chiqib yondashilgan.
Tom ma’nodagi vijdon erkinligi huquqini kafolatlash va amalda ta’minlash uchun O‘zbekistonda to‘laqonli huquqiy tizim yaratilgan. “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahririga (1998 yil, 1 may) ko‘ra, «vijdon erkinligi» fuqarolarning har qanday dinga e’tiqod qilish yoki e’tiqod qilmaslikdan iborat kafolatlangan konstitutsiyaviy huquqidir. Shu ma’noda, huquqiy kategoriya sifatida – vijdon erkinligi, bir tomondan, e’tiqod erkinligini, ikkinchi tomondan esa, hech bir dinga e’tiqod qilmaslik huquqini ifoda etadi.
Axloqiy nuqtai nazardan vijdon erkinligi – bu muayyan insonning fikrlash tarzi va shaxsiy ma’naviy e’tiqodiga mos xatti-harakat qilish huquqidir. Dunyoning turli-tuman mamlakatlarida, uzoq tarixiy davrlar davomida, olamning yaratilishi va rivojlanishi, ko‘pincha, diniy tasavvurlarga asoslangan tarzda izohlab kelingani yaxshi ma’lum. Biroq ilm-fan taraqqiyoti mazkur hodisalarning dunyoviylikka asoslangan tushunish tamoyilini tadrijiy ravishda kuchaytirib borgan. Har bir shaxs erkin fikrlash va qonun doirasida harakat qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi natijasida umumiy taraqqiyot jadallashgan.
Shunday qilib, vijdon erkinligi uch jihatni anglatadigan huquqiy kategoriyaga aylanib qoldi:
Birinchisi – muayyan shaxs xudoga ishonishi, xohlagan diniga e’tiqod qilishi mumkin.
Ikkinchisi – xudoga va dinga ishonmasligi, ularga nisbatan betaraf bo‘lishi mumkin.
Uchinchisi – dahriy, ya’ni hech bir dinga e’tiqod qilmasligi yoki ularni inkor etishi mumkin.
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni har bir fuqaroga sanab o‘tilgan uch imkoniyatdan xohlaganini, ongli ravishda tanlab olishni kafolatlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida voyaga yetmagan yoshlarning vijdon erkinligini ta’minlashga alohida e’tibor berilgan. Buning sababi – tushunarli. Chunki hali yetarli hayotiy tajriba va bilimlarga ega bo‘lmagan yoshlarga ta’sir o‘tkazish, ayniqsa, muayyan diniy dunyoqarashni ularning ongiga singdirish oson. Dunyo, jumladan, mamlakatimiz tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, ayrim nosog‘lom kuchlar bundan o‘zlarining g‘arazli maqsadlari yo‘lida foydalanishga intilmoqda. Shuning uchun ham, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunga “voyaga yetmagan bolalarni diniy tashkilotlarga jalb etish, shuningdek, ularning ixtiyoriga, ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar ixtiyoriga zid tarzda dinga o‘qitishga yo‘l qo‘yilmaydi”, degan muhim qoida kiritilgan. Qonunga xilof ravishda bunday faoliyat bilan shug‘ullanganlik uchun O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida jinoiy javobgarlik ham belgilangan.
Demak, davlat vijdon erkinligini huquqiy kafolatlash va amalda ta’minlash tadbirlarini ro‘yobga chiqarish bilan bir qatorda, ularga nisbatan har qanday tahdidning oldini olishga ham intiladi. Qonun ustuvorligi eng oliy mezon bo‘lgan fuqarolik jamiyatining har bir a’zosi ushbu qonuniy talabga to‘g‘ri munosabatda bo‘lib, uning hayotga tatbiq etilishiga hissa qo‘shishi lozim. Chunki eng muhim konstitutsiyaviy huquqlardan bo‘lgan vijdon erkinligi huquqining amalda ro‘yobga chiqarilishi fuqarolik jamiyatining ma’naviy-madaniy rivojlanganlik darajasining muhim ko‘rsatkichidir.
Ushbu Qonun 1991 yilda qabul qilingan bo‘lib, 1993 yilda kiritilgan ba’zi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar bilan 1998 yilga qadar amalda bo‘lib keldi.
1990 yillarning boshlarida hukumatimiz tomonidan berilgan imkoniyatlarning suiiste’mol qilinishi, masjid qurish kampaniyaga aylanib ketishi oqibatida ularning soni 89 tadan 5000 tagacha yetdi. Ularning aksariyati hujjatlari to‘liq rasmiylashtirilmagan, malakali imomlar bilan ta’minlanmagan (95,8% diniy ma’lumotsiz) va zarur sharoitlar bo‘lmagan holda faoliyat yurgizib, turli “peshvo”lar masjidlardan g‘arazli manfaati yo‘lida foydalanishga o‘z uyalariga aylantirishga harakat qildilar.
Ba’zi diniy tashkilotlarning rahbarlari xorijiy fuqarolar bo‘lib, aslida hech qanday diniy ma’lumotga ega bo‘lmay, moliyaviy yordam ko‘rsatish hisobiga respublika hududidagi diniy tashkilotlarga rahbarlik qilib, buzg‘unchilik, missionerlik faoliyati bilan shug‘ullanar edilar. Ularning asosiy maqsadi turli yo‘l va usullar bilan o‘z saflarini mahalliy millat vakillari hisobiga kengaytirishdan iborat edi.
Davr talablari asosida «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonunni tubdan o‘zgartirish zarurati tug‘ildi va 2021 yil 26 iyun kuni yangi tahriri Senat tomonidan ma’qullandi. Jumladan, Qonunning 8-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimi dindan ajratilgan degan qoida belgilangan. Unga ko‘ra, ta’lim tizimining o‘quv dasturlariga diniy fanlar kiritilishiga (bundan diniy ta’lim muassasalari mustasno) yo‘l qo‘yilmaydi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining dunyoviy ta’lim olish huquqi, ularning dinga bo‘lgan munosabatidan qat’i nazar, ta’minlanadi.
10-moddasida diniy mazmundagi materiallar, ularni tayyorlash, olib kirish va tarqatish masalasiga bag‘ishlangan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish jamiyatda konfessiyalararo totuvlik hamda diniy bag‘rikenglik buzilishiga olib keladigan, diniy zo‘ravonlik va boshboshdoqlikka chorlaydigan g‘oyalar hamda qarashlar tarqalishining oldini olish maqsadida dinshunoslik ekspertizasining ijobiy xulosasi olinganidan keyin amalga oshiriladi. Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ma’lumki, diniy ong o‘z-o‘zidan o‘zgarmaydi. Unga faol ta’sir ko‘rsatib turuvchi omillar mavjud. Ularning eng ta’sirchani, shubhasiz, diniy muassasalardir. O‘zbekiston misolida olib qaraladigan bo‘lsa, mustaqillikning dastlabki yillarida ularning soni muntazam oshib bordi. Uzoq tarixiy davr davomida olib borilgan islomga qarshi siyosat doirasida mulohaza yuritilsa hamda XX asrning 80-yillari oxiri va 90-yillarining boshida mamlakatda vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy vaziyat ko‘zgusi orqali qaralsa, bu – tabiiy hol edi, deyish mumkin. Masalaning g‘ayritabiiy tomoni shunda ediki, masjidlar sonining uzluksiz oshib borishi bilan bir vaqtda, musulmonlar diniy ongini radikallashtirish va siyosiylashtirishga uringan kuchlar ham faollashib bordi. Masjidlarning barkamol insonni tarbiyalashdek nozik masaladagi muhim tarbiyaviy rolini inkor etmagan va unga zarracha soya tashlamagan holda, shuni qayd etish mumkinki, ularning ayrimlari, afsuski, O‘zbekistonda siyosiy islomning shakllanishi va rivojlanishida tayanch nuqta bo‘lib xizmat qildi. XX asrning 90-yillari boshida Rossiyada tuzilgan “Islom uyg‘onish partiyasi” filialini O‘zbekistonda ochish, “Turkiston islom partiyasi”ga asos solishga qaratilgan urinishlar mazkur kuchlarning o‘z saflarini mustahkamlashga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli harakatlari sifatida yuzaga keldi. Namangan va Qo‘qonda tuzilgan “Adolat”, “Islom lashkarlari”, “Odamiylik va insoniylik” kabi harbiylashgan tashkilotlar jinoyatchilikka qarshi kurashda davlat organlariga yordam berish niqobi ostida huquq-tartibot tashkilotlarining ayrim vazifalarini o‘z zimmasiga ola boshlagani ham islomning tez sur’at bilan siyosiylashib borayotganidan dalolat berar edi.
Har qanday masjidda diniy qadriyatlarning targ‘ib etilishi tabiiy hol. Aslida, masjidlarning asosiy vazifalaridan biri ham shudir. Demak, ular diniy ongni rivojlantirish va uning evolyusiyasi yo‘nalishini belgilovchi eng muhim mexanizmdir. Tabiiyki, masjidlarda ushbu targ‘ibot sof diniy qobiqqa o‘ralgan tarzda amalga oshiriladi. Bundan tashqari, turli masjidlarda va’z qiluvchi imomlarning saviyasi ham, dunyoqarashi ham turlichadir.
Ma’lumki, mamlakatimiz fuqarolik jamiyatini mustahkamlash yo‘lidan bormoqda. “Fuqarolik jamiyati” degani esa, birinchi navbatda, jamiyat boshqaruvining muayyan sohalarini davlat organlari va tashkilotlaridan bosqichma-bosqich nohukumat tuzilmalarga o‘tib borishini anglatadi. Demokratik mamlakatlar tajribasi shundan dalolat bermoqdaki, fuqarolik institutlari ma’naviyat va ma’rifat, ilm-fan va madaniyat bilan bog‘liq sohalarda o‘zini ko‘proq namoyon etib boradi. Oxirgi yillarda O‘zbekistonda bu sohada katta ishlar amalga oshirilmoqda. Milliy g‘urur, o‘zlikni anglash, milliy-diniy qadriyatlarni to‘g‘ri va sog‘lom idrok etishga xizmat qilishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi qator jamg‘armalar, uyushmalar va markazlar tuzilmoqda. Ular davlat tashkilotlaridan qabul qilib olinayotgan tegishli boshqaruv va tarbiyaviy-ma’rifiy funksiyalarni bajarishga harakat qilmoqda. Davlat organlari, o‘z navbatida, ularning mus-tahkamlanib borishi uchun zarur moddiy-ma’naviy va qonuniy asoslarni yaratishga faol ko‘maklashmoqda.
Mazkur tuzilmalar oldida turgan eng muhim ijtimoiy-ma’naviy mohiyatga ega vazifalardan biri – xalqimiz uchun asrlar osha an’anaviy bo‘lib kelgan asl diniy qadriyatlarimizning to‘g‘ri idrok etilishiga amaliy hissa qo‘shishdan iborat. Diniy omil bilan bog‘liq holda faoliyat ko‘rsatayotgan bu kabi tashkilotlar diniy bilimlarni dunyoviy ma’rifat ko‘zgusi orqali tahlil qilishi va tushuntirishi lozim. Mustahkamlanib borayotgan milliy o‘zlikni ang-lashga bevosita aloqador diniy qadriyatlarning to‘g‘ri va sog‘lom idrok etilishiga qaratilgan ma’rifiy-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishi kerak. Boshqacha aytganda, ularning asosiy vazifalaridan biri – diniy qadriyatlar, eng avvalo, insonning ma’naviy kamolotiga xizmat qilishi lozimligi haqidagi azaliy haqiqatni, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod ongiga singdirib borishdir. Bundan ham muhimi, diniy e’tiqod – siyosiy “o‘yinlar” maydoni emasligi, bu kabi “o‘yinlar”ning jamiyat xavfsizligi va barqarorligi uchun xatarli ekanini ilmiy-tarixiy va hayotiy dalillar bilan asoslagan holda keng ommaga muntazam tushuntirib borishdan iboratdir.
Ushbu ishdan ko‘zlangan pirovard natija – xalqimiz uchun qadimdan an’anaviy bo‘lib kelayotgan diniy-ma’naviy merosga sadoqatni mustahkamlash, shu orqali, diniy qadriyatlarning haqiqiy o‘rnini to‘g‘ri idrok etish, diniy vaziyatning sog‘lom va tabiiy rivojlanishiga amaliy hissa qo‘shishdan iborat bo‘lgani uchun ham u quruq tashviqot bo‘lib qolmasligi kerak. Diniy qadriyatlarning sog‘lom va to‘g‘ri idrok etilishiga qaratilgan faoliyat ko‘hna va ser-qirra tariximiz hamda ajdodlarimiz qoldirgan ibratli ma’naviy merosga asoslanishi lozim.
Fuqarolik jamiyati institutlari mustahkamlanib borgan sari, buyuk bobokalonlarimiz qoldirgan boy ilmiy-ma’naviy meros, jumladan, ma’naviyatimizning uzviy qismi bo‘lgan milliy-diniy qadriyatlarni chuqur va yangicha yondashuv asosida o‘rganish imkoniyatlari kengayib bormoqda. Oldimizda turgan vazifa – yaratilayotgan imkoniyatlardan to‘g‘ri, umummilliy yuksalish manfaatlariga mos ravishda foydalanishdir. Shunday qilinganda, islom va siyosat, din va davlat o‘rtasidagi munosabatlarning tabiiyligi, ularning jamiyatimiz siyosiy barqarorligi va ma’naviy barkamolligiga xizmat qiluvchi uyg‘unligi ta’minlanadi.
Tarixdan ma’lumki, har qanday davlatning bar-qarorligi undagi xalqlar, millat va elatlarning huquq va erkinliklari faqatgina qonuniy hujjatlarda belgilanishiga emas, balki ularning amalda qay darajada o‘z tasdig‘ini topishiga ham bog‘liqdir. Shu nuqtai nazardan qaraganda, mamlakatimizda fuqarolarning vijdon erkinligi bilan bog‘liq huquqlari nafaqat qonun bilan mustahkamlab qo‘yilgani, balki amaliyotda uning asosiy tamoyillariga qat’iy rioya qilinayotgani hayotiy dalillar bilan tasdiqlanayotganini ta’kidlash zarur.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda diniy tashkilotlarning soni o‘sdi. Xususan, 1990 yilda respublikamizda 119 ta diniy tashkilot (89 ta islomiy va 30 ta noislomiy) mavjud bo‘lgan bo‘lsa, 1991 yilda 179 taga (146 islomiy va 33 noislomiy) yetdi, 2008 yilning sentabriga kelib esa, ularning soni 2228 tani (2049 ta islomiy, 179 ta noislomiy) tashkil etdi.
Noislomiy diniy tashkilotlar qatorida Rus Pravoslav cherkovi, Rim-katolik cherkovi, Nemis Yevangel-lyuteranlar cherkovi, Arman Apostollik cherkovi, yahudiylar va Bahoiylar diniy jamoalari, Buddaviylar ibodatxonasi, Bibliya kitob jamiyati kabi tashkilotlarni sanash mumkin.
Mustaqillikkacha bor-yo‘g‘i ikkita (Toshkent islom instituti va «Mir Arab» madrasasi) islomiy diniy o‘quv yurti bo‘lgan bo‘lsa, o‘tgan yillar davomida ularning soni ko‘paydi. Boshqacha aytganda, Imom al-Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, Buxorodagi «Mir Arab», Toshkentdagi «Ko‘kaldosh», Qoraqalpog‘istondagi «Muhammad Beruniy», Namangandagi «Mulla qirg‘iz», Xorazmdagi «Faxriddin ar-Roziy», Andijondagi «Sayyid Muhyiddin Maxdum», Qashqadaryodagi «Xoja Buxoriy» hamda faqat xotin-qizlar tahsil oladigan Toshkentdagi «Xadichai Kubro» va Buxorodagi «Jo‘ybori Kalon» o‘rta maxsus islom bilim yurtlaridan iborat yaxlit diniy ta’lim tizimi yaratildi. «Xoja Buxoriy» o‘rta maxsus bilim yurtida va Toshkent islom institutida yoshlar uchun maxsus guruhlar tashkil etildi.
2000–2001 o‘quv yilidan boshlab ushbu ta’lim muassasalaridagi o‘qitish jarayoni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Kasb-hunar ta’lim markazining Davlat ta’limi standartlari bo‘limi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan ta’lim standartlari va o‘quv rejasi asosida tashkil etildi. Sodda qilib aytganda, o‘quv yurtlarida diniy va dunyoviy ta’limning uzviyligi ta’minlandi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 22 avgustdagi «Din sohasidagi ma’naviy-ma’rifiy, ta’lim ishlarini va faoliyatni takomillashtirishda ijtimoiy ko‘mak va imtiyozlar berish to‘g‘risida»gi qarori alohida ahamiyatga ega bo‘lganini ta’kidlash zarur. Ushbu qarorga asosan Toshkent islom instituti va o‘rta maxsus islom bilim yurtlarida joriy etilgan ta’lim standartlari, o‘quv rejalari hamda talabalarning qabul qilingan davlat me’yorlariga muvofiq diniy va dunyoviy bilimlar olayotganini inobatga olib, mazkur o‘quv yurtlarining bitiruvchilariga beriladigan diplomlar davlat ta’lim hujjati sifatida e’tirof etildi. Shu bilan birga, unga ega bo‘lgan shaxslarga davlat oliy ta’lim tizimida o‘qishni davom ettirish huquqi berildi.
Fuqarolarga haj ibodatini ado etishlari uchun barcha sharoitlar yaratildi. Xususan, mustabid sho‘ro tuzumi davrida har yili uch, to‘rt kishiga haj ziyoratini amalga oshirishga ruxsat berilgan bo‘lsa, hozirda yiliga besh mingdan ortiq kishi haj qilish, to‘rt ming kishi umra amalini bajarish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
Bularning bari Xelsinki Yakunlovchi akti, Vena va Kopengagenda qabul qilingan hujjatlarda qayd etilgan shaxsning vijdon va din erkinligi borasidagi tamoyillarga to‘la muvofiq keladi. Lekin ming afsuski, yuqorida zikr etilgan erkinliklarni suiiste’mol qiladigan, ulardan o‘z g‘arazli maqsadlari yo‘lida foydalanadiganlar ham mavjud. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek: «Biz din bundan buyon ham aholini eng oliy ruhiy, axloqiy va madaniy merosdan bahramand qilishi tarafdorimiz. Lekin biz hech qachon diniy da’vatlar hokimiyat uchun kurashga, siyosat, iqtisodiyot va qonunchilikka aralashish uchun bayroq bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Chunki bu holni davlatimiz xavfsizligi, barqarorligi uchun jiddiy xavf-xatar deb hisoblaymiz».
Bugun O‘zbekiston diniy bag‘rikenglik va murosa borasida nafaqat MDH davlatlari, balki butun dunyoga namuna bo‘lmoqda. Bu haqda dunyo miqyosida katta obro‘ va nufuzga ega insonlar ham yurtimizga ziyoratlari vaqtida ta’kidlab o‘tmoqdalar. Albatta, xalqimizga xos bu xislat bir zumda paydo bo‘lgan emas, balki uzoq tarixiy asoslariga ega.
IX asrdan boshlab hozirgi O‘zbekiston hududida islom dini sunna yo‘nalishining hanafiy (Imom A’zam) mazhabi qaror topdi. Hanafiylik o‘zga dinlar va mahalliy urf-odatlarga nisbatan erkinlik berish bilan boshqa mazhablardan ajralib turadi. Bu ta’limotni takomilga yetkazgan vatandoshlarimiz – Abu Mansur Moturidiy, Abulmu’in Nasafiy va Bur-honiddin Marg‘inoniy kabi allomalar musulmonlar orasidagi g‘oyaviy tarafkashlikka barham berish, islom dinining «ahli sunna val jamoa» yo‘li bar-qaror bo‘lib qolishiga katta hissa qo‘shdilar. Buyuk islom ulamolari bilan bir qatorda Markaziy Osiyo hukmdorlari ham bu yo‘lda kurashdilar. X asr o‘rtalarida islom dunyosida shia yo‘nalishi (Shimoliy Afrika, Misr, Suriya, Hijozda – fotimiylar, Yamanda – zaydiylar va hatto, abbosiylar poytaxti Bag‘dodda – buvayhiylar) ustunlikka erishgan bir paytda Markaziy Osiyoda tohiriy, g‘aznaviy va qoraxoniy hokimlari «ahli sunna val-jamoa» aqidasini qat’iyat bilan himoya qildilar.
Xususan, o‘z davrining ramzi bo‘lgan Amir Temur e’tiqod va ma’naviyatning katta ahamiyatini to‘g‘ri idrok etgan. Sharafiddin Ali Yazdiy Sohibqironni haqli ravishda e’tiqodi komil inson sifatida ta’riflaydi. Eng muhimi, Amir Temur «ahli sunna val-jamoa» e’tiqodiga sodiq, diniy aqidaparastlikka qat’iy qarshi bo‘lgan, islom dinini mutaassiblikdan xoli, erkin tushungan. Uning komil e’tiqodi boshqa dinlarni rad etish hisobiga bo‘lmagan va shu jihatdan ham, u nafaqat o‘z asri, balki hozirgi zamon kishisi uchun ham namunadir.
Mustaqillik tufayli o‘zligimizni anglash, ma’naviy qadriyatlarimizni tiklash jarayoni kechayotgan hozirgi paytda umuman dinga va ayniqsa, ota-bobolarimiz dini bo‘lib kelgan islomga munosabat tubdan o‘zgardi. Bu sohadagi yutuqlarni sanab o‘tirishga hojat yo‘q. Ularni ko‘rmaslik mumkin emas, ko‘rolmaslik mumkindir, balki. Ammo masalaning boshqa tomoniga e’tiborni jalb qilish muhim. Siyosiy mustaqillikka erishgan barcha yosh davlatlarda yuz bergani kabi mamlakatimizda ham ta’lim yo‘nalishi mazmun-mohiyatining o‘zgarishi, davlat tili, an’analar, milliy madaniyatga e’tiborning ortishi, bularning hammasi, diniy omil ahamiyatiga davlatning munosabatini ko‘rsatadi.
Mustaqillik yillarida kutilmagan voqealarga ham duch kelindi. Xalqaro terrorizm bilan uyushib ketgan diniy ekstremizm endilikda umumbashariy muammoga aylandi. Uning yechimi bir mamlakatning qo‘lida emas, balki xalqaro miqyosdagi sa’y-harakatlarni talab qiladi.
Ana shunday murakkab vaziyatda ham, O‘zbekiston hukumati diniy bag‘rikenglik siyosatini olib bormoqda. Respublikada islom bilan bir qatorda boshqa konfessiyalar ham emin-erkin faoliyat ko‘rsatmoqda. Fuqarolarga millati, irqi, dinidan qat’i nazar, teng huquqlar qonun orqali kafolatlangan. Buni diyorimizga ochiq qalb bilan kelayotgan har bir mehmon o‘z ko‘zi bilan ko‘rmoqda va e’tirof etmoqda.
Uzoq vaqt davom etgan mafkuraviy tazyiqqa qaramay, O‘zbekiston xalqi avloddan avlodga o‘tib kelgan tarixiy qadriyatlari va o‘ziga xos an’analarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi. Buyuk istiqlol esa ularning har tomonlama rivoji uchun keng imkoniyatlar ochib berdi.
Eng avvalo, asrlar davomida umummilliy qadriyat darajasiga ko‘tarilgan diniy bayramlar – Ramazon va Qurbon hayitlarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari (№ 193, 11.04.1991 y.; № 221, 20.06.1991 y.) bilan dam olish kuni deb e’lon qilingani va ular ommaviy ravishda, emin-erkin nishonlana boshlanganini ta’kidlash zarur.
Din sohasida olamshumul ahamiyat kasb etgan ulamolarning merosini o‘rganish, ajdodlarimiz tomonidan ko‘p asrlar mobaynida yaratib kelingan g‘oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani nihoyatda muhim vazifa bo‘lib qoldi.
Ijtimoiy hayotni isloh qilish va yangilash jarayonida ma’naviy qadriyatlarning qudratli qatlamlari ham ochildi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sohaga oid qator farmon, qaror va farmoyishlari qabul qilinishi muhim ahamiyat kasb etdi.
Imom Buxoriy, Bahouddin Naqshband, Najmiddin Kubro, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Bur-honiddin Marg‘inoniy, Abdulxoliq o‘ijduvoniy, Xoja Ahror Valiy kabi mutafakkirlarimizning yubileylari o‘tkazildi. Ulkan va boy madaniyatimizning uzviy qismi bo‘lmish islom nazariyasi, tarixi, falsafasi, huquqshunosligi, madaniyati va axloqi masalalarini chuqur o‘rganish ilmiy tadqiqotlarda markaziy o‘rin egallay boshladi.
Qur’oni karim ma’nolarining tarjima va tafsiri, musulmon olamida «muhaddislar sultoni» deya ulkan shuhrat qozongan Imom Buxoriy bobomiz merosining gultoji bo‘lmish eng ishonchli hadislar to‘plami – «Al-jomi’ as-sahih» kitobining 4-jildda, Sharq olamida «Burhoniddin va milla», ya’ni «Din va millatning hujjati» degan yuksak unvonga sazovor bo‘lgan Burhoniddin Marg‘inoniyning sakkiz asr-dirki, musulmon mamlakatlarida eng nufuzli va mukammal huquqiy manba sifatida e’tirof etib kelinayotgan «al-Hidoya», Imom Termiziyning «Sunan at-Termiziy», Abu Lays Samarqandiyning «Tanbehul-g‘ofilin» asarlari nashr etilganini ham ana shunday ijobiy natijalar sirasiga qo‘shish mumkin.
Ayni paytda, eski masjid, maqbara va ziyoratgohlar ta’mirlanib, yangilari bunyod etildi, diniy bilim yurtlari tarmog‘i kengaytirilib, sifat va saviyasi takomillashtirilganini ham alohida qayd etish zarur.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov Farmoniga binoan tashkil etilgan Toshkent islom universiteti ko‘p qirrali ta’lim beruvchi, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy markazga aylandi. Bu yerda dunyoviy va diniy bilimlarni hamda xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirgan, ma’rifiy islomni xalq orasida targ‘ib eta oladigan mutaxassislarni tayyorlovchi tizim shakllandi, qiyosiy dinshunoslik va islomshunoslik sohalarida magistrlik, nomzodlik va doktorlik izlanishlari olib borilmoqda.
Universitetda davlat va jamoat tashkilotlarining mas’ul xodimlari dinning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati, din niqobi ostidagi ekstremistlar jaholatiga qarshi ma’rifiy javob berish ko‘nikmalari bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirishlari uchun doimiy malaka oshirish kurslari yo‘lga qo‘yildi.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, xalqimiz diniy va ma’naviy qadriyatlarining hozirgi demokratik jamiyat qadriyatlari bilan uyg‘unlashishi respublikamizning kelajakda yanada ravnaq topishi, jahon hamjamiyatiga qo‘shilishida muhim omillardan biri hisoblanadi.
Kishilarning vijdon erkinligi bilan bog‘liq huquq va erkinliklarining kafolatlangani, ularga og‘ishmay amal qilinishi jamiyatda bag‘rikenglik qadriyatlari ustuvorligini ko‘rsatuvchi muhim omil hisoblanadi.
Konstitutsiyamizda vijdon erkinligini ta’minlash bilan bog‘liq bir qator qoidalar mustahkamlab qo‘yilgan. Barcha fuqarolarning bir xil huquq va erkinliklarga, jumladan, e’tiqod erkinligi huquqiga egaligi, dini va e’tiqodidan qat’i nazar, qonun oldida tengligi haqidagi qoida ularning asosini tashkil etadi.
Qayd etilgan tamoyillarning mantiqiy davomi sifatida Konstitutsiyamizning 31-moddasida “Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi”, - degan qoida mustahkamlab qo‘yilganini ham ta’kidlash zarur.
Ushbu qoida, bir tomondan, insonning e’tiqodi bilan bog‘liq huquq va erkinliklarini kafolatlasa, ikkinchi tomondan, uning tanlovi davlat tomonidan muhofaza qilinishini e’tirof etadi. Boshqacha aytganda, vijdon erkinligi bilan bog‘liq har qanday holatda ham fuqaroni u yoki bu tarzda majbur etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Dinga e’tiqod qilish yoki o‘zga e’tiqodlar erkinligi faqat xavfsizlik va jamoat tartibi, boshqa fuqarolarning hayoti, salomatligi, axloqi, huquq va erkinliklarini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan darajadagina cheklanishi mumkin. Bu, demokratiyaning yorqin belgisidir. Zero, demokratiya qonunning ustuvorligini, ijtimoiy barqarorlikka tahdid soluvchi harakatlarning oldini olish uchun amaldagi me’yoriy hujjatlar doirasida, barcha chora-tadbirlarni ko‘rishni ham anglatadi.
Bunday shakldagi cheklashlar xalqaro hujjatlarda ham o‘z ifodasini topgan. Jumladan, “Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi”ning 29-moddasi 2-bandida insonning huquq va erkinliklari boshqalarning huquq va erkinliklari tan olinishi va hurmat qilinishi hamda axloq-odob talablaridan kelib chiqib, qonunda belgilab qo‘yilgan tartibda cheklanishi mumkinligi qayd etilgan.
“Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida xalqaro Pakt”ning 18 moddasi 3-bandida ham “Din yoki e’tiqodga sig‘inish erki qonunda belgilab qo‘yilgan va jamoat xavfsizligini saqlash, tartib, sihat-salomatlik va axloq-odobni saqlash uchun, ayni vaqtda boshqa shaxslarning asosiy huquqlari va erkinliklarini saqlash uchun zarur bo‘lgan cheklashlargagina nozil bo‘ladi”,- degan qoida mustahkamlab qo‘yilganini ta’kidlash zarur.
Konstitutsiyamizda vijdon erkinligini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan yana bir qoida mustahkamlab qo‘yilgan: “Diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi».
Mazkur qoida qaysi konfessiyaga mansubligidan qat’i nazar, diniy tashkilotlarning huquqiy maqomi tengligini va ularning hech qaysiga nisbatan biron-bir imtiyoz yoki cheklashlarga yo‘l qo‘yilmasligini belgilaydi. Bu, o‘z navbatida davlatga turli dinlarga e’tiqod qiluvchi fuqarolar, har xil diniy konfessiyaga mansub tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro murosa va hurmat, hamjihatlik va totuvlikni qaror toptirish imkonini beradi. Bu qoidaning ahamiyati yana shundaki, u davlatning diniy yoki dahriylik targ‘ibotiga oid faoliyatni qo‘llab-quvvatlamasligini belgilab beradi.
Shu bilan birga, qayd etilgan qoidaga ko‘ra, davlat diniy tashkilotlarning sof diniy masalalari, ibodat va rasm-rusumlarga, qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa turdagi faoliyatiga aralashmaydi, bu ularning ichki ishi hisoblanadi va davlat nazoratidan xoli hisoblanadi.
Ayni paytda, dinning davlatdan ajratilishining o‘zi demokratiyaning eng yorqin namunasi ekanini ham yodda tutish zarur. Bunday yondashuv chuqur mazmunga ega. Zero, shunday paytdagina ulkan kuch-qudratga ega bo‘lgan davlat organlarining diniy tashkilotlar va birlashmalar faoliyatiga aralashishiga chek qo‘yiladi.
Ammo, diniy tashkilotlarning davlatdan ajratilgani dinning jamiyatdan ajratilganini anglatmaydi. Zero, din xalq, jamiyat ma’naviyatining uzviy qismi hisoblanadi. Bunday yondashuv hayotiy asosga ega bo‘lib, u din sohasida kechayotgan o‘zgarishlarni xolis va ilmiy o‘rganish va shundan kelib chiqib, ijobiy jarayonlarni yanada rivojlantirish, salbiy holatlarning oldini olish uchun imkoniyat yaratdi.
Mamlakatimizda vijdon erkinligini ta’minlash, fuqarolarning u bilan bog‘liq huquqlarini himoya qilish sohasida yaxlit tizim yaratilgan. “Xalqaro huquqning umume’tirof etilgan tamoyillari, O‘zbekiston imzolagan xalqaro shartnomalar qayd etilgan qoidalarni o‘zida mujassam etgan huquqiy hujjatlar bu tizimning asosini tashkil etadi. Ular voqelik o‘zgarishiga mos ravishda takomillashtirib borilayotganini ham alohida qayd etish lozim. Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahrirda qabul qilinishi va uning amalda qat’iy qo‘llanishini ta’minlash zaruratidan kelib chiqib, “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi”ga xususan, noqonuniy diniy xatti-harakatlarning oldini olish bilan bog‘liq bir qator o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgani ham fikrimizning isboti bo‘la oladi. Jumladan:
- diniy mazmundagi materiallarni tarqatish maqsadida qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki tarqatish;
|
| |