|
- diniy yig‘ilishlar, ko‘cha yurishlari va boshqa diniy marosimlar o‘tkazish qoidalarini buzish;
-
|
bet | 12/13 | Sana | 30.12.2023 | Hajmi | 114,61 Kb. | | #129140 |
Bog'liq Dinshunoslik 3-JN JAVOBLARI- diniy yig‘ilishlar, ko‘cha yurishlari va boshqa diniy marosimlar o‘tkazish qoidalarini buzish;
- O‘zbekiston Respublikasida g‘ayriqonuniy nodavlat notijorat tashkilotlari, oqimlar, sektalar faoliyatida qatnashishga undash;
- nolegal diniy faoliyat bilan shug‘ullanish;
- diniy tashkilotlar rahbarlarining mazkur tashkilotlar ustavini ro‘yxatdan o‘tkazishdan bosh tortishi;
- dindorlar va diniy tashkilotlar a’zolari tomonidan bolalar va o‘smirlarning maxsus yig‘ilishlari, shuningdek diniy marosimga aloqasi bo‘lmagan mehnat, adabiyot va boshqa xildagi to‘garaklar hamda guruhlarni tashkil etish va o‘tkazish;
- bir konfessiyaga mansub dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar (prozelitizm) va boshqa missionerlik faoliyati;
- maxsus diniy ma’lumoti bo‘lmay turib va diniy tashkilot boshqaruvi markaziy organining ruxsatisiz diniy ta’limotdan saboq berish, xuddi shuningdek xususiy tartibda diniy ta’limotdan saboq berish bilan bog‘liq harakatlar sodir etilganda belgilangan eng kam ish haqining tegishli miqdoridagi jarima solinishiga yoki belgilangan muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘lishi haqidagi qoidalar mustahkamlab qo‘yilganini ta’kidlash zarur.
Amaldagi qonunchiligimizga ko‘ra, muayyan hollarda birinchi marta qonunni buzgan shaxs yoki tashkilotga ma’muriy jazo qo‘llaniladi. Agarda o‘sha shaxs yoki tashkilot shundan keyin ham qonunni buzishda davom etsa, unga endi jinoyat kodeksidagi choralar qo‘llaniladi. Masalan, “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi” normalariga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi”ning yuqorida qayd etilgan bandlaridagi harakatlar ma’muriy jazo qo‘llangandan keyin yana sodir etilsa, bu “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi”da belgilanganidan ko‘ra og‘irroq jazolar qo‘llanishiga olib keladi.
Shu bilan birga, “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi”da “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi”da nazarda tutilmagan bir qator harakatlar uchun ham jazolar belgilanganini qayd etish zarur. Jumladan:
|
| |