3-Joriy nazorat savollari 11-mavzu: Kibermakonda diniy e’tiqod targ‘ibotining ijtimoiy xavfi




Download 114,61 Kb.
bet2/13
Sana30.12.2023
Hajmi114,61 Kb.
#129140
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Dinshunoslik 3-JN JAVOBLARI

Yangi a’zolarni jalb etish. Bunda veb-sahifalarga ko‘p kiradigan odamlar kuzatilib, o‘rganilib, oxir-oqibat ular bilan aloqaga kirishiladi hamda o‘z g‘oyalarini sekin-asta singdirib, ularni o‘z domiga tortadilar. Shuningdek, mutaassiblar turli chatlar va forumlarda «o‘tkir» munozarali masalalarni onlayn tarzda muhokama etadilar va o‘zlariga o‘xshash fikrlaydiganlarni saralab, ular bilan aloqa o‘rnatadilar;

  • Targ‘ibot maqsadida. Bunda terrorchilar o‘z buzg‘unchi g‘oyalarini tarqatishda keng ko‘lamda foydalanayotganini ko‘rish mumkin;

  • Mahoratni oshirish. Terrorchilar global tarmoq orqali qo‘lbola bombani yasash, o‘zini o‘zi o‘ldirish orqali ko‘pchilikka talofat yetkazish uslublarini muttasil, tizimli ravishda o‘rgatib boradi. Qo‘llanmalar video, audio va elektron kitob shaklida internetga joylashtiriladi;

  • Mablag‘ jamg‘arish. Bunda veb-sahifalar, chatlar va forumlarga ushbu tashkilotlarga aloqador bang hisob raqamlari joylashtiriladi va jihodiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlashga targ‘ib etiladi;

  • Psixologik ko‘rash. Terrorchilar internetdan aholi orasiga qo‘rquv-vahima solish, ruhiy ta’sir o‘tkazish va tartibsizlikka chaqirish maqsadida foydalanadi;

  • Terrorchilarni tayyorlash va ko‘rsatmalar berish. Terrorchilar o‘z maslakdoshlarini internet orqali ma’lumotlar va manbalar bilan ta’minlab boradi. Masofadan turib, ularga turli xil ko‘rsatma va topshiriqlar beradi;

  • Qo‘poruvchilikni rejalashtirish va boshqarish. Bunda terrorchilar o‘zlarining joylardagi hamtovoqlari bilan internet orqali terrorchi harakatlarni rejalashtiradi va ularning virtual to‘daboshisi masofadan turib ushbu harkatlarni boshqaradi.

    Ma’lumki, buzg‘unchi kuchlar Youtube, Twitter, Facebook, Whatsapp, Instagram, Telegram kabilar vositasida yoshlarni o‘ziga jalb qilish, ma’naviyatini o‘zgartirish maqsadida turli xil suratlar va videolavhalardan foydalanadi. Shuningdek, bu chegarasiz muloqot maydonlarida ataylab, obro‘li, yaxshi insonlar haqida mish-mish gaplar tarqatib, ularning ustidan kulishadi va masxara qilishadi.
    Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda buzg‘unchi kuchlarning yolg‘on, asossiz, soxta g‘oyalarni joylashtirayotgani, natijada, vyrim yoshlarni ota-onasiga, rahbarlarga qarshi kilib, Vataniga nisbatan nafrat uyg‘otib, ishi va o‘qishidan voz kechtirishga, boshqalarning foydasi uchun o‘z yurtida fitnalar chiqishiga sabab bo‘layotganini qayd etish lozim.
    Albatta, fikr, so‘z erkinligi har bir insonning haqi, lekin bu axloq va qonun-qoidalar, umumiy tushunchalar va chegaralarni anglash bilan o‘rnatiladi. Fitna-fasodni tarqatish bu fikr erkinligi emas, balki jinoyatdir.
    Ta’kidlash lozimki, ota-bobolarimiz dini bo‘lmish islom har doim odamlarni o‘z-o‘zini idora etishga, yaxshi xislatlarni ko‘paytirib, yomonlaridan xalos bo‘lishiga chorlagan, og‘ir sinovlarga bardosh berishga, yorug‘ kunlarga intilib yashashga da’vat qilgan, bir so‘z bilan aytganda, xalqimiz uchun ham imon, ham axloq, ham ma’rifat bo‘lib kelgan. Hozirda ham bu ma’rifat odamlarga ma’naviy-ruhiy kuch-quvvat bag‘ishlab, o‘zaro mehr-oqibatlilik tuyg‘ularining kamol topishiga xizmat qilmoqda.
    XXI asrga kelib diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash nafaqat bir davlat yoki mintaqa, balki jahon hamjamiyati uchun eng dolzarb masalaga aylandi. Shu jumladan, bizning yurtimizda ham begunoh kishilarning qoni to‘kilishi, obod joylar vayron bo‘lishi, aholi o‘rtasida vahima, parokandalik kelib chiqishining oldini olish maqsadida bu kabi ishlarni amalga oshirmoqchi bo‘lganlarga qarshi qat’iy kurash olib borilmoqda.
    Hozirgi kunga kelib mintaqada, xususan, O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohaning rivojlanishi diniy mutaassiblik xavfining oldini olishda muhim omil bo‘lib qolmoqda. Ammo g‘arazli kuchlar ham o‘z maqsadlariga erishish yo‘lida yangi-yangi uslublarni, hiyla-nayranglarni o‘ylab topishlari ham tabiiy. Bu kabi salbiy holatlarning paydo bo‘lishi va rivoj topishiga yo‘l qo‘ymaslik esa doimiy xushyorlikni talab etadi.
    Ming afsuski, diniy savodi past bo‘lgan ayrim kishilar o‘zlarini islom dinining jonkuyarlari qilib ko‘rsatuvchi, aslida esa, hokimiyatni egallashni maqsad qilib qo‘ygan turli oqim vakillarining quruq va’dalariga aldanib qolmoqdalar, hatto, o‘zlarini qurbon qilishgacha yetib bormoqdalar. Johillik ham mutaassib oqimlarning g‘arazli niyatlarini amalga oshirishiga zamin yaratadigan omillardan biriga aylandi. Mamlakatimiz hududiga yashirin tarzda olib kirilayotgan ekstremistik ruhdagi adabiyotlar, internet tarmoqlarida tarqatilayotgan materiallardan ta’sirlanayotgan va to‘g‘ri yo‘ldan adashayotganlarning borligi ham buni tasdiqlaydi. O‘zini portlatish orqali begunoh kishilarning halok bo‘lishiga, qanchadan-qancha bolalarning yetimga aylanishiga sabab bo‘ladigan jafokorlik ham jaholatning o‘ziga xos ko‘rinishidir. Darhaqiqat hozirgi kunga kelib diniy ekstremistik tashkilotlar keng tarmoqli tizimga aylanib ulgurdi. Bu chuqur o‘ylangan strategiyaning bir qismidir. Bunday kuchlar yoshlarimiz ongi va qalbini zabt etish maqsadida har qanday qabih yo‘llardan foydalanishga urinmoqda.
    Yuqoridagi mulohaza va dalillar, diniy ekstremizm va mutaassiblikning asl qiyofasini ochib berib, mazkur harakatlarning nafaqat dunyoviy qonun-qoidalar, balki islom dini asoslariga ham zid ekanini ko‘rsatadi. Shunday ekan, bunday oqimlarga qarshi murosasiz kurash, terrorchilik harakatlarini amalga oshirayotgan mutaassib kuchlarning islom diniga mutlaqo yot, begona ekanini har tomonlama asoslash dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
    Hozirgi kunda farzandlarimiz dunyoning eng o‘tkir, faol, uddaburon, Vatanparvar yoshlariga aylanishi, ularni fidoiylik, vatanparvarlik, tadbirkorlik, millatparvarlik, sadoqatga o‘rgatish ko‘p jihatdan ota-onalarga ham bog‘liq. Bu borada, albatta, ota-onaga yordam berishda butun jamoatchilik – mahalla faollari, diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchi, profilaktika noziri, Xotin-qizlar qo‘mitasi va «Yoshlar ittifoqi» kabi tashkilotlarning joylardagi mas’ullari birgalikda faol ishlashlari kerak.
    Respublikamizda qaror topgan tolerantlik muhitini afkor ommaga ob’ektiv ko‘rsatib berish, e’tiqod erkinligi sohasida O‘zbekistonda olib borilayotgan siyosatni keng targ‘ib qilish, diniy-ekstremistik oqimlar tomonidan targ‘ib qilinayotgan vayronkor g‘oyalarga qarshi islom manbalariga asoslangan ilmiy raddiyalar berish, diniy mutaassiblik tamoyillarining jamiyatga tahdidi, uning zamiridagi g‘arazli geosiyosiy maqsadlar, ularni amalga oshirayotgan buzg‘unchi kuchlarning kirdikorlarini fosh etishga qaratilgan ishlanmalar yaratish yoki ularni aholi orasida targ‘ib etish muhim ahamiyat kasb etadi.
    Demak, har bir insonning o‘z ishini sidqidildan amalga oshirishi, loqaydlik, beparvolikning oldini olishi, yon-atrofida bo‘layotgan voqea-hodisalarga hushyorlik bilan qarab, Vatan tinchligi yo‘lida sergak va ogoh bo‘lib yashashi, yoshlarimizning ongu qalbini jaholatdan, yot va zararli g‘oyalar ta’siridan himoya qilish, ajdodlarimizga armon bo‘lib qolgan, biz erishgan mustaqillik va tinchlik-osoyishtalikni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylashning muhim omili hisoblanadi. Buni hech qachon unutmaslik, tinchlik uchun doimo bor kuch va imkoniyatlarni safarbar etib yashash lozim.
    Internet fan-texnika taraqqiyoti natijasi, madaniyat evolyusiyasining hosilasi hisoblanadi. Hozirgi kuna hayotini internetsiz tasavvur qilish juda mushkul. Ayniqsa, yoshlar hayotida global tarmoqning o‘rni tobora oshib bormoqda. Internet dunyoning turli nuqtalarida yashovchi odamlarning o‘zaro muloqotini hamda axborot almashinuvini mukammal darajada osonlashtirdi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha internetdan eng ko‘p foydalanuvchilar aynan 21 dan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar hisoblanar ekan.
    O‘zbekistonda ham Internet tizimi rivojlanib, undan foydalanuvchilar safi jadal sur’atlar bilan kengayib bormoqda. So‘nggi o‘n yilda global tarmoqdan foydalanuvchilar o‘n barobarga oshgan. Tarmoq orqali axborot izlash, qabul qilish, uzatishning juda qulay va ommabopligi undan foydalanuvchilar sonining tobora ortib borishini ta’minlamoqda. Mamlakatimizda 2007 yilda internetdan foydalanuvchilar soni (mobil internet foydalanuvchilari bilan qo‘shib hisoblaganda) bir millionni tashkil etgan bo‘lsa, 2016 yil yakunida bu ko‘rsatkich o‘n ikki milliondan oshdi.
    Internet yoshlar ongi va hissiyotlariga, tafakkur tarziga, xulq-atvorlariga ta’sir ko‘rsatishda katta imkoniyatlarga ega. Internetning rivoji yoshlarga g‘oyaviy ta’sir o‘tkazishning miqyosi va ko‘lamining keskin darajada o‘sishiga olib keldi.
    Globallashuvning ijobiy va salbiy tomonlari bo‘lgani kabi, internet tarmog‘i ham shunday xususiyatlarga ega ekanini unutmaslik zarur. Albatta, global tarmoq – ulkan resurs. Biroq, bu resursdan kim va qanday maqsadlarda foydalanishi ham juda jiddiy masalalar sirasiga kiradi. Xususan, ma’lumotlarda keltirilishicha, bugungi kunga kelib, internet tarmog‘ida ma’naviy-axloqiy tubanlikni targ‘ib etuvchi sahifalarning soni bir necha yuz millionni tashkil etgan.
    Ushbu fakt va raqamlar internet sanoati rivojlanib borayotgan davrda kishilarning axborotlarga nisbatan juda ehtiyotkorlik, ogohlik va ziyraklik bilan munosabatda bo‘lishlarini taqozo etadi. Boshqacha aytganda, kishilarimizda, ayniqsa, yoshlarda axborot iste’moli madaniyatini shakllantirish bugungi kunning muhim vazifalaridan hisoblanadi.
    Aynan shu taraqqiyot vositasidan ustamona foydalanib, qalblarni zabt etishda diniy omilning roli yuqori. Shuning uchun ham turli diniy-ekstremistik va terrorchi uyushmalar o‘z g‘oyalarini targ‘ib qilishda internetni eng samarali vosita sifatida qo‘llamoqda.
    Bunda diniy-ekstremistik oqimlar o‘z maqsadlarini amalga oshirish uchun zamonaviy axborot kommunikatsiyalaridan keng foydalanish, internet orqali turli tillarda targ‘ibot olib borish va puxta ishlangan strategiya asosida virtual jamoatlar tuzish asosiy vazifaga aylangan. Masalan, bugungi kunda bir necha yirik terrorchi tashkilotlar o‘z saflariga faol tarzda ijtimoiy tarmoqlar orqali asosan 17-35 yosh oralig‘ida bo‘lgan kishilarni yollamoqda. Bunda psixologik ta’sir samaradorligini yanada oshirish maqsadida ijtimoiy tarmoq a’zolarining sahifalari, qo‘yilayotgan rasmlar, sharh va izohlar hamda olib borilayotgan suhbat mavzularini puxta o‘rganadi va shu asosda «nishon»ga olingan shaxsga mavzuga oid materiallar internetning Facebook, Odnoklassniki, VKontakte, Telegram, Twitter, WhatsApp kabi keng auditoriyaga ega bo‘lgan ijtimoiy tarmoqlar orqali (yozma xabar, matn, fotosurat, stiker rasmlar, audio-video rolik) jo‘natiladi va o‘zaro aloqa yo‘lga qo‘yiladi.
    Yoshlar orasida mutaassiblikka yo‘g‘irilgan bunday forumlarning tobora ommalashuvi hamda ularda turli ko‘rinishdagi buzg‘unchi «fatvo»larning berib borilishi muammoning naqadar jiddiy ekanini namoyon etadi. Chunki dunyo aholisining asosiy qismini yoshlar tashkil qiladi. Yoshlar katta kuch hisoblanadi. Ularning endi shakllanib kelayotgan ongiga nimani singdirilsa, o‘sha toshga o‘yilgan naqshdek muhrlanadi. Shuning uchun ham radikal oqimlar aynan yoshlarni tuzog‘iga ilintirishga harakat qiladi. Ulardagi ishonuvchanlik, kuch-g‘ayrat, qiziqqonlik ularning maqsadini amalga oshirishda qo‘l keladi.
    Shuning bilan birga, bugungi kunda aksariyat yoshlarning qo‘lida internetga ulangan zamonaviy uyali aloqa vositalari mavjud. Bu hol ularning yuqorida sanab o‘tilgan turli xil ijtimoiy tarmoqlarga bevosita ulanish, do‘stlari va tanishlari bilan uzluksiz muloqot qilish imkonini beradi. Ayni paytda, statistik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda eng ko‘p yuklab olinayotgan dastur ichida «WhatsApp», «Telegram» tarmoqlari yetakchi o‘rinni egallaydi. Ilm-fanning yutug‘i bo‘lmish bu yangiliklar insonlarning uzog‘ini yaqin, mushkulini oson qilayotgani shubhasiz. Shu bilan birga, bu kashfiyotlar dunyo yangiliklaridan bir zumda voqif bo‘lish va ma’lumotlarni oson tarqatish imkonini ham beradi. Biroq, mazkur tarmoqlarda millatlar va dinlar o‘rtasida adovatni keltirib chiqaruvchi, nizoli vaziyatlarga sabab bo‘luvchi, shuningdek, insonlar orasida vahima uyg‘otishga qaratilgan ig‘vo, fitna-fasod xabarlarning keng tarqatilayotgani ko‘pchilikni tashvishga solishi tabiiy. Ayniqsa, yoshlar o‘rtasida urfga aylangan mazkur muloqot tizimidan diniy-ekstremistik oqim a’zolari ham unumli foydalanmoqda. Chunki internet orqali aloqa bog‘lashning osonligi, foydalanuvchilar sonining ko‘pligi, aloqaning anonimligi, tashqaridan boshqarish va tahrir qilish cheklanganligi, axborotlar qisqa muddatda keng makonda tez tarqalishi, faoliyat sarf-xarajatlarining bir necha barobar kamligi terrorchi guruhlar uchun o‘z tarafdorlari sonini ko‘paytirishning qulay jihatlaridan biri hisoblanadi.
    Ming afsuski, bunday manfur kuchlar asosan ilm va ma’rifatdan yiroq, sof diniy tushunchalarning asl mazmunini bilmagan kishilarni, asosan yoshlarni jalb etishga intilib, ijtimoiy tarmoqlar orqali «jihod», «takfir», «shahidlik», «hijrat» tushunchalarini noto‘g‘ri talqin etgan holda o‘z Vatanlarini tark etishga urinmoqda. Shuningdek, ayrim kimsalar tomonidan maqsadli ravishda islom mohiyatiga zid bo‘lgan turli xil asossiz axborotlar, manbasi aniq bo‘lmagan diniy tusdagi xabarlar yoki kishilarni vahimaga soluvchi foto va videolavhalar keng targ‘ib etilmoqda. Bunda ba’zi yoshlarning axborot vositalari orqali tarqatilayotgan milliy va diniy qadriyatlarimizga zid bo‘lgan xabarlar, aniq manbasi ko‘rsatilmagan, asossiz axborot va ma’lumotlarga ishonib qolishayotgani, mulohaza qilmasdan ko‘r-ko‘rona qabul qilayotgani undan ham keskin oqibatlarni keltirib chiqarmoqda.
    Bugun axborot iste’mol qilinadigan tovarga aylangan ekan, har bir inson o‘zida uni iste’mol qilish madaniyatini tarbiyalashi lozim. Yoshlar shaxsiy xarakterdagi axborot himoyasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, o‘zi foydalanayotgan salbiy axborotlardan himoyalana olishi zarur.
    Axborot iste’moli madaniyati, eng umumiy ma’noda, axborot oqimidan inson manfaatlari, kamoloti hamda jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ma’lumotlarni qabul qilish, saralash, tushunish va talqin etishga xizmat qiladigan bilimlar, qobiliyat va malaka tizimini anglatadi.
    Inson o‘zida bunday madaniyatni tarbiyalashi uchun u yoki bu axborotni eshitar ekan, hech bo‘lmaganda «Bu axborotni kim uzatayapti?», «Nima uchun uzatayapti?» va «Qanday maqsadda uzatayapti?» degan savollarni o‘z-o‘ziga berishi, unga asosli javob topishga harakat qilishi kerak.
    Shundagina turli g‘oyalar ta’siriga tushib qolish, taqdim etilayotgan ma’lumotlarga ko‘r-ko‘rona ergashishning oldi olinadi. Shakllangan axborot iste’moli madaniyati milliy manfaatlarimiz va qadriyatlarimizga zid bo‘lgan xabar, ma’lumotlarga nisbatan o‘ziga xos qalqon rolini o‘taydi, shaxs dunyoqarashi va xulqidagi sobitlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
    Yosh avlodda bu jihatlar shu darajada shakllangan va qaror topgan bo‘lishi lozimki, ular vertual makonda umummilliy manfaatga xizmat qiladigan, uning taraqqiyotiga yordam beradigan axborotni tanlay olsin. Axborot iste’moli madaniyatiga ega yoshlar, salbiy va noxolis axborotlar ta’siriga tushib qolmaydi, chunki ularda bunday axborotlarga nisbatan mustahkam mafkuraviy immunitet shakllanadi.
    «Kimki axborotga ega bo‘lsa, u, dunyoga egalik qiladi», degan fikr bugungi kunda barcha tomonidan e’tirof etilgan. Shunday ekan, bugungi kunda yoshlarda axborot olami imkoniyatlaridan oqilona foydalanish malakasini shakllantirish hayotiy-amaliy ahamiyatga ega.
    Shu o‘rinda «Internetdagi tahdidlardan himoya» kitobi muallifi yoshlarning turli oqimlarning ta’siriga tushib qolmasliklari uchun internetdan foydalanishda quyidagi zaruriy ko‘rsatmalarga ahamiyat berishni tavsiya etadi:

    • Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini ijtimoiy tarmoqlarda o‘tirish bilan o‘tkazishi xatodir. Chunki, hech narsa jonli, haqiqiy va real muloqotlar o‘rnini bosa olmaydi;

    • Internetdan foydalanuvchilar shaxsiy ma’lumotlarini turli ijtimoiy tarmoqlar, bloglarga, elektron pochtalarga kiritishlari, g‘arazli maqsaddagi kishilarga ayni muddao bo‘lib xizmat qiladi;

    • «o‘rgimchak to‘ri»da aqidaparastlikni targ‘ib qiluvchi saytlar tobora ko‘payib bormoqda. Bunday tahlikali zamonda yoshlarga faqat «uz» domenidagi saytlardan foydalanish tavsiya qilinadi;

    • Har qanday xabarni boshqalarga tarqatish kerak deyilsa, tarqatavermaslik lozim. Ba’zan islomiy iboralar aralashgan maktub keladi. Unda bu xatni shu kechaning o‘zida, bir necha kishiga tarqatishingiz kerak. Shunday qilsangiz undoq bo‘ladi. Qilmasangiz oqibati yomon bo‘lishi aytiladi. Aslida bu narsalarning bari yolg‘on hisoblanadi.

    Darhaqiqat, islom dini ko‘rsatmalarida ham naql qilingan biror xabarga ishonishdan avval uni tekshirib, aniqlab olish talab etiladi. Jumladan, Qur’oni karimda shunday deyiladi: «Ey, mo‘minlar! Agar sizlarga biror fosiq kimsa xabar keltirsa, sizlar (haqiqiy ahvolni) bilmagan holingizda biror qavmga aziyat yetkazib qo‘yib, (keyin) qilgan ishlaringizga pushaymon bo‘lmasligingiz uchun (u xabarni) aniqlab (tekshirib) ko‘ringiz!» (Hujurot, 6).
    Bu haqida Qur’oni karimning yana bir oyatida insonlar uchun muhim ko‘rsatma kelgan bo‘lib, unda ham turli vositalar orqali olinayotgan xabar va ma’lumotlarga ko‘r-ko‘rona ergashishdan qaytariladi: «(Ey, inson!) O‘zing (aniq) bilmagan narsaga ergashma! Chunki quloq, ko‘z, dilning har biri to‘g‘risida (har bir inson) mas’ul bo‘lur (javob berur)» (Isro, 36). Demak, inson ko‘rgan, eshitgan har bir ma’lumotiga ishonishi, unga ergashishi oqibatida Alloh oldida ham so‘raladi.
    Payg‘ambar Muhammad (alayhis-salom)dan rivoyat qilingan bir necha hadislarda ham shunday deyiladi: «Xabarni tekshirish Allohdan, (unda) shoshqaloqlik qilish shaytondandir», deganlar (Imom Bayhaqiy rivoyati). Shuningdek, Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilingan boshqa bir hadisda esa, Rasululloh (alayhis-salom): «Kishining yolg‘onchi ekanligiga uning eshitgan har bir narsasini gapiraverishi kifoya qiladi» deganlar (Imom Muslim rivoyati).
    Ta’kidlash lozimki, internetda buzg‘unchiliklarni targ‘ib qiluvchi veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqdagi guruhlar soni kun sayin ko‘paymoqda. Turli yolg‘on ma’lumotlar ko‘paygan bir vaqtda to‘g‘ri va haqqoniy axborotni ajratish yo‘llarini bilish lozim. Jumladan, bunday sharoitda ajdodlar tutgan yo‘lni tanlash kerak. Imom Buxoriy hazratlari hadislarning sahih, zaif va to‘qimalarini ajratishda juda mohir bo‘lganlari sir emas.
    Rivoyat qilinishicha, Imom Buxoriy bir hadisning roviysi, ya’ni rivoyat qiluvchisini qidirib topadilar. Lekin roviy bir hayvonni quruq qo‘l bilan aldab, qo‘raga olib kirayotganini ko‘rib, suhbatlashmasdan qaytadilar va undan hadis rivoyat qilmaylar.
    Demak, har bir olingan ma’lumotni tekshirib, asosli yoki asossiz ekanini aniqlamay turib, o‘sha ma’lumotga qarab ish tutish islom mohiyatiga ko‘ra, shayton yo‘liga kirish hamda yolg‘onchi bo‘lib qolish bilan barobar bo‘ladi. Chunki bunda xabar tarqatayotgan kishining g‘arazli maqsadini amalga oshirishiga zamin yaratib qo‘yiladi.
    Yoshlarni turli xildagi yot g‘oyalardan asrashda quyidagilarga alohida e’tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi.

    Download 114,61 Kb.
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 114,61 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3-Joriy nazorat savollari 11-mavzu: Kibermakonda diniy e’tiqod targ‘ibotining ijtimoiy xavfi

    Download 114,61 Kb.