|
Gazlarning o’ta siqiluvchanlik koeffitsiyenti va uni aniqlash usullari
|
bet | 5/6 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 0,83 Mb. | | #137919 |
Bog'liq 3-ma'ruza (1)3.4. Gazlarning o’ta siqiluvchanlik koeffitsiyenti va uni aniqlash usullari.
Uglevodorod gazlarining harakati Klapeyron tenglamasiga butunlay bo’ysunmaydi (3.4-rasm). Shu boisdan gazning siqiluvchanlik koeffisiyenti z tushunchasi kiritiladi. Siqiluvchanlik koeffisiyenti deb bir xil sharoit (bir xil bosim va temperatura) dagi real va ideal gazlar hajmlari nisbatiga aytiladi. Bu koeffisient kiritilganda gazlar holatining tenglamasi (Klapeyron tenglamasi) mol (modda miqdorining o’lchov birligi) shaklda quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:
pV=z∙N∙R∙T, (3.26)
bu yerda p gaz bosimi; V gaz hajmi; z gazning siqiluvchanlik koeffisiyenti; N gazning kilogrammmol soni, (bunda G gaz massasi, M gazning mol massasi); R gazning universal doimiyligi; T mutlaq temperatura. Agar standart sharoitlarda real gazning hajmini V0, deb belgilasak, u holda bosim r va temperatura t da gazning hajmi Vr (qatlam gazining hajmiy koeffisiyenti) bo’ladi.
, (3.27)
bunda tST standart sharoitdagi temperatura; z siqiluvchanlik koeffisiyenti bo’ladi.
Siqiluvchanlik koeffisiyentining raqamli ifodasi turli sharoitlar uchun laboratoriyada aniqlanadi, ammo ularning taqribiy sonli ifodasi tajriba egri chizig’i orqali topilishi ham mumkin (3.6-rasm). Egri chiziqlar bo’yicha siqiluvchanlik koeffisiyenti z psevdokritik bosim rR va temperatura TR ga qarab aniqlanadi.
|
3.4-rasm. Tabiiy gaz qovushqoqligini bosim va temperaturaga nisbatan o’zgarishi
|
|
3.5- rasm. Neft gazlarining va azotning ideal gazlar qonunlaridan og’ish egri shiziqlari: a – t=54°C da:
1 – metan, 2 – 90% metan+10% propan, 3 – 80 % metan+ 20% propan, 4 – 70% metan+30% propan; b – t=37,8°C bo’lganda:
1 – azot, 2 – metan, 3 etan
|
Kritik temperatura shundayki, bundan yuqori temperaturada qancha bosim berilsa ham gaz suyuqlikka aylanmaydi. Bunday kritik nuqtaga mos kelgan bosim kritik bosim deyiladi. Turli kritik bosimli va temperaturali uglevodorod gazlari aralashmasidan tarkib topgan neft gazlarining siqiluvchanlik koeffisiyentini aniqlash uchun dastavval o’rtacha psevdokritik temperatura va o’rtacha psevdokritik bosimni aniqlash zarur:
, (3.28)
, (3.29)
bunda pr va Tr ayrim uglevodorodlarning kritik bosim va temperaturaga mos keladigan o’rtacha qiymatlari yig’indisi; bular tegishlicha psevdokritik bosim va psevdokritik temperatura deb ataladi; y komponentning aralashmadagi miqdori (hajmiy yoki molekulyar); %; pk, Tk gazning tarkibidagi ayrim komponentlarning tegishlicha kritik bosim va temperaturasi.
Gazlar aralashmasi bosimining psevdokritik bosimga nisbati keltirilgan psevdokritik bosim (ppk) deb nomlangan. Gazlar aralashmasi temperaturasining psevdokritik temperaturaga nisbati keltirilgan psevdokritik temperatura (Tpk) deb ataladi.
, (3.30)
bunda
, (3.31)
. (3.32)
|
| |