|
- rasm. Yo’ldosh gazning siqiluvchanlik koeffisientlari (M.A.Jdanov, 1981)
|
bet | 6/6 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 0,83 Mb. | | #137919 |
Bog'liq 3-ma'ruza (1)3.6- rasm. Yo’ldosh gazning siqiluvchanlik koeffisientlari (M.A.Jdanov, 1981)
Hisoblab topilgan keltirilgan psevdokritik bosimlar va temperaturalarga ko’ra 3.6-rasmdagi egri chiziqlar bo’yicha siqiluvchanlik koeffisiyenti aniqlanadi.
Quyida misol keltiramiz. Zichligi 0,66 g/sm3 ga teng bo’lgan gazning siqiluvchanlik koeffisiyenti z aniqlansin, uning tarkibi 3.2-jadvalda berilgan (Ps va Ts ustunlar 3.1-jadvalga binoan to’lg’azilgan).
3.2-jadval
Komponentlar
|
Aralashmadagi komponentning miqdori y,
hajm. %
|
Kritik bosim PS, MPa
|
Kritik temperatura Ts=T+tkr, 0C
|
|
|
Metan
|
92,6
|
4,58
|
190,5
|
4,24
|
176,40
|
Etan
|
1,6
|
4,82
|
305,28
|
0,077
|
4,88
|
Propan
|
0,4
|
4,20
|
369,78
|
0,017
|
1,48
|
Normal butan
|
2,2
|
3,75
|
425,0
|
0,082
|
9,35
|
Normal pentan
|
3,2
|
3,29
|
470,2
|
0,106
|
15,04
|
Jami
|
100,0
|
|
|
4,518
|
207,15
|
Keltirilgan psevdokritik temperatura (°C da) quyidagicha bo’ladi: ro
.
Keltirilgan psevdokritik bosim P=11,2 MPa uchun rR quyidagiga teng bo’ladi (MPa da)
.
3.7–rasm bo’yicha olingan Tpkr va Ppkr miqdorlariga binoan gazning siqiluvchanlik koeffisiyentini aniqlaymiz. z=0,82.
|
3.7 rasm. Psevdokritik bosimning (Pkr) uglevodorod gazlarining havo bo’yisha olingan zishligiga () bog’liqligi (M.A.Jdanov,1981)
|
Gazning fraksiyasi to’g’risida ma’lumot bo’lmay, aksincha, faqat ma’lumot uglevodorod gazining nisbiy zichligi to’g’risida bo’lsa, psevdokritik temperatura va bosim 3.7 va 3.8-rasmlardan taqribiy aniqlanadi. SHuni qayd etish lozimki, 3.7 va 3.8-rasmlarda ko’rsatilgan taqribiy empirik bog’liqliklar faqat uglevodorod gazlari uchun to’g’ri keladi, ya’ni uglevodorod gazlarining molekulyar massasining ortishi ularning kritik temperaturasining ko’tarilishiga olib keladi.
|
3.8-rasm. Psevdokritik temperaturaning (Tkr) uglevodorod gazlarining havo bo’yicha olingan zichligiga () bog’liqligi (M.A.Jdanov, 1981)
|
Agar gaz tarkibida uglevodorodlar bilan birga boshqa komponentlar ham uchrasa (azot, karbonat kislotasi va sh. o’.), u holda yuqorida qayd etilgan empirik bog’liqliklardan foydalanib bo’lmaydi. Yuqoridagi misolda gazning havo bo’yicha zichligi 0,66 g/sm3 ga teng. Bunga asoslanib, 3.7 va 3.8-rasmdan psevdokritik bosim va temperaturani aniqlaymiz:
PP=4,68 MPa; TP=210 0C ,
bunda keltirilgan psevdokritik bosim va temperatura quyidagilarga teng bo’ladi:
;
.
Bu ma’lumotlar asosida 3.6-rasmdan z=0,818 ekanligini aniqlaymiz, bu esa avvalgi z=0,82 ga deyarli teng. Konlarda gaz zahirasini hisoblashda gazning siqiluvchanlik koeffisiyentini aniqlash va inobatga olish albatta zarur.
Bundan tashqari ko’pgina hollarda, jumladan gaz zahirasini ashyoviy balans metodi bilan hisoblashda, qatlam gazining siqiluvchanlik koeffisiyentini bilish zarur. Qatlam gazining hajmiy koeffisiyenti bir kub metr normal gaz hajmining (standart sharoitlarda) qatlam sharoitidagi o’zgarishini ifodalaydi va (3.33) nisbat orqali aniqlanadi.
Fizik o’lchovlarda qabul qilingan tst=0°C orqali quyidagiga ega bo’lamiz:
, (3.33)
O’zbekiston gaz sanoatida qabul qilingan 20 0C da esa
. (3.34)
Qatlam gazining hajmiy koeffisiyenti doimo birdan kam 0,0075-0,01 atrofida bo’ladi.
Nazorat savollari
3.1. Gazlarning asosiy parametrlari.
3.2. Ko’p komponentli aralashmalarning kritik va keltirilgan parametrlari.
3.3. Gaz holati tenglamalari.
3.4. Gazlarning o’ta siqiluvchanlik koeffitsiyenti va uni aniqlash usullari.
Qo’shimcha adabiyotlar
1. B.SH. Akramov, R.K. Sidikxo'jaev, SH.X. Umedov. Gaz qazib olish bo'yicha ma'lumotnoma., Toshkent. 2012.
2. Ermatov N.X., Avlayarova N.M., Azizova D.G’., Mo’minov A.T., Ashurov M.X. Gaz, gazkondensat konlarini ishlatish. Darslik. –T. 281 bet
3. Siddiqxo'jaev R.K., Akramov B.SH. “Neft va gaz qatlam fizikasi”. Toshkent, 2007 y.
Internet ma’lumotlari.
www.Oilgas.ru. www.gubkin.ru. www.ziyonet.uz.
|
| |