|
Yaponiyada sifatni boshqarish tajribasi
|
bet | 3/8 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 64,95 Kb. | | #228220 |
Bog'liq №3
Yaponiya tajribasi shuni ko‘rsatadiki sifatni yaxshilash ishlari hech qachon tugamasligidan dalolat beradi.
1945 yilda Yaponiya vayronaga aylanib va uning sanoati butkul izdan chiqqan. O‘sha vaqt davomida yapon texnikalarining orqada qolganligi haqida quyidagilarni solishtirish mumkin.
Yaponiyada tayyorlanayotgan kuchaytirgichlar uchun zamonaviy radiotexnikada katta ahamiyatga ega bo‘lgan past chastotali transformatorlarning og‘irligi 250 g va shu vaqtda AQShda bu apparat konstruksiyasining og‘irligi 30 g bo‘lgan.
Suvga botirilganda yapon transformatorlari 15 minutga bardosh bergan bo‘lsa, amerikada tayyorlangan aynan shu mahsulot to‘liq germetik va so‘v o‘tmaydigan bo‘lgan. Biroq 1940 yillarning oxiri va 1950 yillarning boshlarida yapon mutaxassislari sifatni boshqarish bo‘yicha amerikalik obro‘li olimlar E.Deming va J.Juran tomonidan o‘qitilib, bu bilimlar Yaponiya sanoatiga muvaffaqiyatli qo‘llanilgan.
Loyihalashtirish, ishlab chiqarish, mahsulotni sotish va tahlil qilish hamda uning natijasida o‘zgarishlarni yuzaga kelishi bilan aloqador bo‘lgan Deming sikli deb nomlanuvchi ya’ni sifatni oshirish uchun PDCA ("plan - do - check - action") – “rejalashtirish” – “bajarish” – “tekshirish” – “tuzatish harakatlar” sikli joriy etilgan.
Texnologik jarayonlarni boshqarish uchun nazorat xaritalaridan keng foydalanilgan. Deming ma’ruzalar kitobidan mualliflik gonorardan uning nomiga mukofot ta’sis etish uchun foydalanilgan. Korxonalar va alohida shaxslar uchun 1951 yil Deming Oltin medali taqdim etilgan. Bularning barchasi rahbariyat quroli sifatida sifatni boshqarishga yaxshi muhit yaratgan. Yaponiyadagi ilg‘or firmalarda yanada to‘liq va ketma-ketlikda tizimli sifatni boshqarish tamoyillari va kompleks yondashishi joriy qilingan. Tajribalarni batafsil o‘rganib, tahlil qilib, AQShda va G‘arbiy Yevropada ularni o‘zlashtirishga harakat qilingan.
Sifatni boshqarishga yaponcha yondashishning solishtirish tahlili shuni ko‘rsatadiki, bir qancha farqli jihatlari qatorida, unda millatlararo g‘oya va universal tavsifdagi nazariy qoidalar mavjudligi bilan farqlanadi. Xorijiy ilg‘or firmalarda sifatni boshqarish tizimi yanada to‘liq va to‘g‘ri amalga oshirish konsepsiyasini topdi va o‘z vaqtida mohiyati bo‘yicha universalligi va tizimni joriy qilish va rivojlantirish tavsiflari yaratildi. Sifatni boshqarishga yaponcha yondashishning farqli elementlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
barcha bo‘linmalar bo‘yicha mehnat natijalari va jarayonlarini doimiy takomillashtirishga mo‘ljallanish;
mahsulot sifatiga emas, jarayonlar sifati nazoratiga mo‘ljallanish;
nuqsonlar kelib chiqish ehtimoliga imkon darajada yo‘l qo‘ymaslikka mo‘ljallanish;
navbatdagi opresiyadan oldingiga, yuqoriga qarab oqim tamoyili bo‘yicha yuzaga keluvchi muammolarni sinchiklab tadqiqot qilish va tahlil qilish;
o‘stirish tamoyili: “Sening iste’molching – ishlab chiqarishning keyingi rivoji bajaruvchisi”;
bevosita bajaruvchilar ustidan va mehnat natijalari sifati ustidan to‘liq javobgarlikni mustahkamlash;
inson omillaridan faol foydalanish, ishchi va xodimlarni ijodiy potensialini rivojlantirish, ma’nan o‘stirish: “Yaxshi odamga yomon ishlash uyat”.
“Yapon mo‘jizasi”ning asosiy konsepsiyasi – xoh u ishlab chiqarish, texnologiya, boshqaruv yoki xizmat ko‘rsatish bo‘lmasin, takomillashgan texnologiyasidir. Firmalarda hisoblash va mikroprotsessor texnikasi, yangi materiallar, loyihalashni avtomatlashtirilgan tizimlari keng joriy etilib, ularda to‘liq kompyuterlashtirilgan statistik usullari qo‘llaniladi.
Oxirgi yillarda sifati boshqarish tizimlarini ishlab chiqishning xarakterli jihatlari uning tarkibiga iste’molchi bilan aloqa tizimi va ta’minotchilar bilan aloqa tizimi kiritilganli bo‘lib hisoblanadi.
Firma rahbarlari kelgusida sifatni oshirish muammolarini hal etish yo‘llarini faqat iste’molchilar, ishlab chiqaruvchilar va ta’minotchilarga o‘zaro ishonch va hamkorlik qilish bilan yechishgan.
Ular asosan maksimal qisqa muddatlarda aniqlangan sabablarni bartaraf etish bo‘yicha birgalikda tadbirlarni amalga oshirish va iste’molchi yoki ta’minotchidan ularning qaysi biriga tegishli sifat sabablarini majburiy o‘rnatilgan.
Amaliyotda uzoq muddat asosida buyurtmachilar bilan ishlashning xususiy subpudrat tarmoqlarini maqsadli yaratishga e’tibor berilgan. Yaponiya firmalari G‘arbda yillik subpudrat tanlovlari amaliyotda yanada samarali bo‘lgan tamoyillar singari erkin raqobatchilik sharoitlarida isbotlashga harakat qilishgan. Xususiy ta’minotchilar tarmog‘ini yaratish buyurtmaga jiddiy majburiyatlarni yuklagan. Ular subpudrat korxonalarda amaldagi sifat ta’minot tizimini tashkillashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan moliyaviy xizmat, texnikaviy va tashkiliy ko‘maklashish, mahsulot sifati nazoratini o‘rnatishgan. Bu maqsadda taqdim etilayotgan mahsulot sifatiga bog‘liq tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish, kadrlarni o‘qitish va tayyorlash, ularning ishlab chiqarish imkoniyatlarini o‘rganish, mahsulot sifati sohasida ta’minotchilarga holatlarni o‘rganish nazarda tutilgan maxsus dasturlar ishlab chiqilgan.
Mahsulot sifatini oshirsh yo‘llarini birgalikda qidirishga asoslangan ta’minotchilar bilan ishonchli munosabatlar mavjud bo‘lganda ta’minotchi firmalardan kelib tushuvchi materiallar va detallarning kirish nazoratini o‘tkazishga zarur bo‘lgan vaqt va vositalar sezilarli tejaluvchi Yaponiyada keng tarqalgan ishonch tizimiga o‘tish ta’minlanadi.
Yaponiya mutaxassislari majburiyat va javobgarlikga asoslangan himoya bilan emas, balki ularni tahlili va dalillaridan boshlash lozim deb hisoblagan.
Sifat bo‘yicha eng muhim muvaffaqiyatli ishlardan biri bu xodimlarni o‘qitish hisoblanadi. Bir martali emas boshqaruvning yuqori zvenosidan o‘qitish jarayonini boshlash lozim. Albatta bunda sifat bo‘yicha mutaxassis-maslahatchilarni jalb etilishi va o‘qish jarayonida sifat bo‘yicha faoliyatlar to‘g‘risida umumiy ma’lumotlarni berish va muayyan misollar va tavsiyalarni keltirish lozim.
Yaponiyada sifat to‘garaklariga katta e’tibor qaratilgan. To‘garaklarni tashkil etish ixtiyoriy ravishda amalga oshirilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra to‘garakda ichki masalalarni hal etish mavzulari mustaqil tanlangan va ixtiyoriylik darajasi to‘garak qatnashchilari va ularning faolligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lgan. To‘garak majlisi – ish vaqtida ruxsat etilgan noishlab chiqarish faoliyatlari yagona ko‘rinishda o‘tgan. Majlislar haftalik bo‘lib, agarda to‘garak ishdan so‘ng yig‘ilsa, unda kompaniya yuqori vaqt uchun kompensatsiya to‘lagan. Sifat to‘garaklarining shiorlari “Sifat - korxona taqdirini aniqlaydi”, “Nima bugun chiroyli bo‘lsa, ertaga eskiradi”, “Har daqiqa sifat to‘g‘risida o‘yla” kabi talqinlarda bo‘lgan.
Doimiy ravishda sifat to‘garagi sexlar va zavod bo‘yicha konferensiyalarni o‘tkazishgan. Sifat to‘garagi yilida ikki bor kompaniyaning barcha darajasida konferensiya o‘tkazilgan. Sifat to‘garaklarining vakillari butun yaponiya quriltoyini o‘tkazishgan. To‘garak agarda Yaponiya olimlari va muhandislari kengashida ro‘yxatga olingan bo‘lsa va bu “Usta va sifat nazorati” jurnalida e’lon qilingan bo‘lsa rasmiy tan olingan deb hisoblangan.
Yaponiya korxonalarida xodimlar uchun “beshta nol” nomini olgan sifatni ta’minlashga qatnashish dasturi ishlab chiqilgan. U qisqa qoida vazifalar ko‘rinishida shakllangan bo‘lib quyidagicha:
nuqsonlarni paydo bo‘lishiga sharoit yaratma;
nuqsonli mahsulotni keyingi bosqichga berma;
oldingi bosqichdagi nuqsonli mahsulotni qabul qilma;
texnologik tartibni o‘zgartirma;
xatolarni qaytarma.
Bu qoidalar har bir ishchiga yetkazilgan va xususan ishlab chiqarish va ishlab chiqarishni tayyorlash bosqichlari uchun batafsillashtirilgan. Shunday qilib Yaponiyada sifatga asosiy munosabatlari quyidagicha ta’kidlash mumkin:
boshqarish va texnologiya sohasida ilmiy ishlanmalarni keng joriy etish;
barcha boshqarish operatsiyalar, ishlab chiqarish ustida nazorat va tahlilini yuqori darajada kompyuterlashtirish;
o‘zining firmasiga vatanparvarligini tarbiyalash, tizimli va hamma joyda xodimni o‘qitish, ijodiy faoliyatini (sifat to‘garagi) rag‘batlantirish bo‘yicha qabul qilingan tadbirlar uchun inson omilidan masimal foydalanish.
|
| |