3-ma’ruza. Iso 9000 seriyali standartlar, xorijiy davlatlarda sifatni boshqarish tizimlari reja




Download 64,95 Kb.
bet8/8
Sana13.05.2024
Hajmi64,95 Kb.
#228220
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
№3

Mahalliy sifat tizimlari

Tizimning nomi

Yaratilgan yili va joyi

Tizimning asosiy mohiyati

Boshqarish mezonlari

Boshqarish ob’ekti

Qo‘llanish sohasi

1. MNT Mahsulotni nuqsonsiz tayyorlash

1955 yil,
Saratov

Texnologik operatsiyalarni qat’iy bajarilishi

Yagona:
me’yoriy texnikaviy hujjatlar talablariga mehnat natijalari sifatining muvofiqligi.
Umumiy:
birinchi qo‘yilishi bilan mahsulotni topshirish foizi.

Xususiy bajarilgan ish sifati.
Alohida bajarilgan mehnat sifati orqali jamoa mehnati sifati.

Ishlab chiqarish

2. NMT nuqsonsiz mehnat tizimi

1961 yil,
Lvov

Barcha ishchilar yuqori darajada operatsiyalarni bajarishi

Yagona:
O‘rnatilgan talablarga mehnat natijasi sifatining muvofiqligi.
Umumiy:
Mehnat sifati koeffitsienti.

Xususiy bajarilgan ish sifati.
Alohida bajarilgan mehnat sifati orqali jamoa mehnati sifati.

Mahsulot hayotiy siklining ixtiyoriy bosqichi.

3. SChBMR Sifat, chidamli, birinchi mahsulot bilan resurs

1958 yil,
Gorkiy

Yuqori darajadagi konstruksiya va ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash.

O‘rnatilgan talablarga birinchi sanoat mahsulot sifatining muvofiqligi

Mahsulot sifati va jamoa mehnatining sifati.

Loyihalash + ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash, ishlab chiqarish.

4. MITE mehnatni ilmiy tashkil etish

1964 yil,
Yaroslavl

Mahsulotning texnikaviy darajasini oshirish.

Pog‘onali rejalashtirishda rejalashtirilgan motoresuralarning erishilgan darajasiga muvofiqligi.

Mahsulot sifati va jamoa mehnatining sifati.

Mahsulot hayotiy siklining barcha bosqichi.

5. MSBKT mahsulot sifatini boshqarishning kompleks tizimi

1975 yil,
Lvov

Standartlashtirish asosida sifatni boshqarish.

Mahsulot sifatining fan va texnikaning yuqori yutuqlariga muvofiqligi.

Mahsulot sifati va jamoa mehnatining sifati.

Mahsulot hayotiy siklining barcha bosqichi.

6. MSBKT va FRS
(KSUKP i EIR)

1980 yil,
Dnepropetrovsk

Mahsulot sifatini boshqarish va samarali ishlab chiqarish.

Sifatni oshirish hisobiga erishiladigan ishlab chiqarishning samaradorligi

Mahsulot sifati, korxonaning iqtisodiy ko‘rsatkichlari.

Mahsulot hayotiy siklining barcha bosqichi.

7. IChSOKT ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning kompleks tizimi

1980 yil,
Krasnodar

Mahsulot sifatini boshqarish va samarali ishlab chiqarish.

Sifatni oshirish hisobiga erishiladigan ishlab chiqarishning samaradorligi povыsheniya kachestva.

Mahsulot sifati, korxonaning iqtisodiy ko‘rsatkichlari.

Mahsulot hayotiy siklining barcha bosqichi.

Mahsulotni nuqsonsiz tayyorlash MNT tizimini joriy etish quyidagi imkoniyatlarni bergan:

  1. texnologik operatsiyalarni qat’iy bajarilishini ta’minlagan;

  2. ishchilarning mehnati natijalari sifati uchun shaxsiy javbgarlini oshirgan;

  3. ishchilarning mehnati sifati uchun kengroq moddiy va ma’naviy xursandligidan yanada samarali foydalanish;

  4. mahsulot sifatini oshirish uchun harakatlarni kengroq bajarish uchun shart-sharoitlarni yaratilgan.

Ma’naviy rag‘batlantirish “Oltin qo‘l ustasi”, “Sifat a’lochisi” va boshqa unvonlarning yuzaga kelishi bilan amalga oshirilgan. O‘z vatida TNB vazifasining tanlanma nazorati o‘z-o‘zini nazorat asosiga o‘zgartirilgan. Sifat bo‘yicha doimiy faoliyat olib borgan komisiya yaratilib va rahbariyat o‘rtasida “Sifat kuni” o‘tkazilib aynan ishchilarga bog‘liq bo‘lmagan oxirgi nuqsonlar aniqlangan.
II. Saratov tizimining Lvov varianti – nuqsonsiz mehnat tizimi NMT (sistema bezdefektnogo truda - SBT) birinchi marta 1960 yillarda Lvov shahrida Lvov telegraf apparaturalari zavodida ishlab chiqilgan va boshqa ko‘plab korxonalarda joriy qilingan.
Tizimning maqsadi – korxonaning har bir ishchilarini va ishlab chiqarish jamoasining mehnati natijalari uchun rag‘batlantirish va javobgarligini oshirish yo‘li bilan yuqori chidamli va pishiq, a’lo sifatli mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlashdir.
Asosiy mezonlar mehnat sifatini tavsiflovchi va moddiy kengaytirish o‘lchamlarini aniqlovchi ishlab chiqarish intizomini buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik ahamiyati va miqdorini (haftalik, oylik, choralik) hisoblash yo‘li bilan vaqt oralig‘ida o‘rnatilgan har bir jamoa va korxonaning har bir ishchisi uchun hisoblanadigan mehnat sifati koeffitsienti bo‘lib hisoblanadi. Tizimda ishlab chiqarish intizomining buzilishini asosiy turlari klassifikatori (tasniflagichi) ya’ni har bir nuqsonga muvofiq aniqlangan kamaytirish koeffitsienti o‘rnatiladi. Mehnat sifatini maksimal baholash va maksimal rag‘batlantirish o‘lchami hisobot davrida bitta intizomni buzgani uchun shu ishchilar va jamoa tomonidan o‘rnatiladi.
Nuqsonsiz mehnat tizimi NMTni joriy etish quyidagi imkoniyatlarni bergan:

  • har bir ishchi, har bir jamoaning mehnati sifatini miqdoriy baholash;

  • har bir ishchi, har bir jamoa o‘zining mehnati sifati uchun qiziqishi va javobgarligini oshishi;

  • korxonaning barcha ishchilarining mehnati va ishlab chiqarish intizomini oshishi;

  • korxonaning barcha ishchilari mahsulot sifatini oshirish uchun musobaqalarga jalb etilgan;

  • brak va shikoyatlardan yo‘qotishlarni kamayishi va ishlab chiqarish oshib borgan.

Lvov NMT shuningdek, Saratov MNT tizimi mahsulotni tayyorlash bosqichida asosiy vosita sifatida keng tarqalgan.
III. Sifat, chidamli, birinchi mahsulot bilan resurs SIChIBMR (kachestvo, nadejnost, resurs s pervыx izdeliy - KANARSPI) tizimi birinchi bor 1957-1958 yillarda Gorkiy shahri (Nijnыy Novgorod) mashinasozlik kaorxonasida ishlab chiqilgan va joriy etilgan. Bu tizimda ishlab chiqarish texnologlari va konstruktorlik byuroning ishlarini texnikaviy tayyorgarligini mustahkamlash hisobiga mahsulotning chidamliligini oshirishga tayangan. Bunda mahsulot ekspluatatsiyasida aniqlangan nuqsonlar 60-80 % ulushga kamaygan. Uzel,detallar, tizimlar va buyumlarning tajriba namunalari yaratilib, tadqiqot sinovlari o‘tkazilgan. Tajribaviy ishlab chiqarish, standartlashtirish va unifikatsiyalash, Konstruktorlik hujjatlarining yagona tizimi (YeSKD), Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash yagona tizimi (YeSTPP) sifatida umumtexnikaviy standartlar tizimi paydo bo‘lishi bilan sezilarli ravishda rivojlangan.
KANARSPI tizimi uchun xarakterli jihati mahsulotni tayyorlash bosqichlari doirasiga kiruvchi tadqiqot va loyihalash bosqichlarida hamda ekspluatatsiya bosqichidagi ko‘p turdagi ishlarni qamrab olishi bilan ajalib turadi. Tajriba namunasini tayyorlashda tadqiqot va loyihalash bosqichlarida rad etishlar sababini aniqlash va ularni ishlab chiqarishdan oldin bartaraf etishga katta e’tibor qaratilgan.
Bu masalalarni hal etish marketing va modellashtirish usullarini keng ko‘lamda qo‘llash, tezlashtirilgan sinovlar hamda ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash jarayonida mahsulotni konstruktorlik va texnologik qayta ishlash, unifikatsiya koeffitsientini oshirish, tadqiqot va eksperiment bazasini rivojlantirish hisobiga amalga oshiriladi. Mahsulotni ekspluatatsiyasi natijalari mahsulotni va uni tayyorlash texnologiyasi takomillashtirish uchun aks aloqa tizim sifatida ko‘riladi. KANARSPIda nuqsonsiz mehnat va mahsulotni nuqsonsiz tayyorlash tamoyillaridan keng foydalaniladi.
Gorkiy oblastining bir qator korxonalarida KANARSPI tizimini joriy etish orqali quyidagi imkoniyatlarga erishilgan:

  • yangi mahsulotni berilgan sifat darajasigacha me’yoriga yetkazishning muddati 2 – 3 marta qisqargan;

  • ishlab chiqarilayotgan mahsulotning mustahkamligi 1,5 – 2 marta oshib, resurslar 2 martaga oshgan;

  • montaj-yig‘ish ishlari sikli va mashaqqati 1,3 – 3 martaga kamaygan.

Mahsulot sifatini boshqarish va mahsulot sifatini yaxshilashni rejalashtirish bo‘yicha bu mezonlar hamda mahsulotning butun hayotiy sikli bo‘yicha sifatga e’tibor NORM tizimi rivojlantirdi.
IV. Motoresursni oshirish bo‘yicha mehnatni ilmiy tashkil etish (MITE) tizimi (nauchnaya organizatsiya truda po uvelicheniyu motoresursa – sistema NORM) 1963-1964 yillarda birinchi marta Yaroslav motor zavodida shlab chiqilgan va joriy etilgan
Tizimning maqsadi – ishlab chiqarilayotgan dvigatellarning mustahkamligi va chidamliligni oshirishdir.
NORM tizimining asosini motosoatda ifodalangan birinchi kapital ta’mirgacha dvigatel resursi bo‘lib hisoblanib, tizimda asosiy ko‘rsatkich me’yor (limint)langan motoresurs, detallar va uzellarning mustahkamligi va chidamliligini oshirish asosida davriy oshirish va motresurslar darajasini navatma-navbat va tizimli nazorat qilish tamoyili tashkil etadi. Tizimda bu ko‘rsatkichlarning o‘sib borishi rejalashtiriladi.
Tizimda ishlarni tashkillashtirish siklik (davriylik) tamoyili bo‘yicha quriladi. Motoresurslarni oshirish bo‘yicha har bir yangi sikl oldin rejalashtirilgan darajada motresurs ishlab chiqarishda erishilgandan so‘ng boshlangan va quyidagilar o‘zda tutilgan:

  • uning haqiqatdagi darajasini aniqlash;

  • me’yorlovchi (limintlovchi) motoresurslar, detallar va uzellarni aniqlash;

  • motoresurslarni oshirishning optimal darajasini rejalashtirish;

  • rejalashtirilgan motoresurs darajasini ta’minlash bo‘yicha muhandislik takliflarini ishlab chiqish va tekshirish;

  • ishlab chiqarishda yangi resurslar bilan dvigatelni o‘zlashtirish bo‘yicha konstruktorlik va texnologik kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish;

  • tajriba-tadqiqotlik ishlari va konstruktorlik, texnologik kompleks chora-tadbirlarni o‘tkazish;

  • ishlab chiqarishda erishilgan resurslarni mustahkamlash;

  • ekspluatatsiyada erishilgan darajani qo‘llab-quvvatlash.

NORM tizimi ishlab chiqarish bosqichida o‘zida BIP va SBT tizimlarining qoidalarini va loyihalashtirish bosqichida KANARSPI tizimining asosiy qoidalarini qamrab oladi.
V. Lvov oblastining ilg‘or korxonalarida 1975 yilda mahsulot sifatini boshqarishning kompleks tizimi MSBKT (kompleksnыe sistemы upravleniya kachestvom produksii - KSUKP) tizimi paydo bo‘lgan.
KSUKP tizimining maqsadi – fan va texnikaning yutuqlari va eng yaxshi xalqaro andozalarga muvofiq mahsulotni yaratishdir. 1978 yilda Gosstandart tomonidan mahsulot sifatini boshqarishning asosiy vazifalari tizimi ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Korxonalarda KSUKP tizimini joriy etish quyidagilar bilan bog‘liqlikda bo‘ladi:

  • ishlab chiqarishni metrologik ta’minotini rivojlantirishga olib keldi;

  • nuqsonlarni ko‘p pog‘onali tahlili;

  • sifatni statistik nazorat qilish;

  • sifat guruhi yaratildi;

  • sifat dasturlarini ishlab chiqish boshlandi;

  • mahsulotni attestatsiyalash kiritildi;

  • bosh va tayanch tashkilotlarning tarmog‘i va mahsulot sifatini boshqarish sohasida mutaxassislarning malakasini oshirish bo‘yicha muassasalar tarmog‘i keng ko‘lam topdi, oliy ta’lim muassalarida mahsulot sifatini boshqarish va standartlashtirish o‘quv dasturlari kiritildi.

KSUKP yordamida 1985 yil, o‘n yil davomida quyidagilar qayd etildi:

  • raqobatbardosh mahsulotni yaratish va muvaffaqiyatli amalga oshirishga erishildi;

  • mahsulotni oliy sifat toifasining solishtirmasi 2 – 3 martaga oshdi;

  • brak va shikoyatlardan yo‘qotishlar keskin qisqardi;

  • yangi mahsulotni ishlab chiqish va uni o‘zlashtirish muddati 1,5 – 2 marotabaga kamaydi.

Shuningdek, ko‘plab korxonalarda sifatni boshqarish tizimini yaratishda kompleksli tizimli yondashish tamoyillari asosida boshqaruv tizimlari shakllangan.
VI. Korxona ichida mahsulot sifatini boshqarish tizimi yaratishda u o‘z atrofida ko‘plab muammolarni qamrab olgan. Ko‘plab korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatini oshirish bo‘yicha vazifalarni hal etish foydalanilayotgan resurslarning samarasi bilan mujassam bog‘liqlikni hosil qilgan. Bunday tizim sifatida dnepropetrovskiy mahsulot sifatini boshqarishning kompleks tizimi va foydalanilayotgan resurslar samarasi - MSBKT va FRS (KSUKP i EIR) paydo bo‘lgan.
Keyinchalik ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning kompleks tizimi - IChSOKT (KSPEP) va nihoyat birlashma va korxonalarni boshqarish tizimi (GOST 24525) yaratildi.
Sifatni boshqarish sohasida Gosstandartning texnikaviy siyosati mahalliy mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarda ISO 9000 seriyali xalqaro standartlar talablariga muvofiq sifat tizimini joriy etish bo‘yicha harakatlar amalga oshirdi.
Download 64,95 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 64,95 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



3-ma’ruza. Iso 9000 seriyali standartlar, xorijiy davlatlarda sifatni boshqarish tizimlari reja

Download 64,95 Kb.