Sifatni boshqarishning Yevropa tajribasi




Download 64,95 Kb.
bet4/8
Sana13.05.2024
Hajmi64,95 Kb.
#228220
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
№3

3.3. Sifatni boshqarishning Yevropa tajribasi


Agar Yaponiya va AQShda ko‘p yillar davomida sifatni oshirish dasturlari amalga oshirilgan bo‘lsa, sifat masalalarining faol siyosati sifatni uzoq muddatli rejalashtirish amalga oshirilgan, unda Yevropada sifatni boshqarish keskin istesnolar sababli sifat nazorati mavjudligi bo‘yicha orqada qolgan. 1980 yillar davomida Yevropaning barcha joylarida yuqori sifatli mahsulot va xizmatlarga hamda o‘zida sifatni ta’minlashni takomilashtirishga harakatlar kuzatilgan. ISO 9000 standartlari asosida sifat tizimlari keng joriy etilgan.
Bu yanada barqaror sifat darajasi va yanada ishonchli yetkazib berish, sifat masalalari bo‘yicha keyingiroq vaziyatga olib keldi. Ta’kidlab o‘tish joizki, yagona yevropa bozorini yaratishga tayyorgarlik bo‘yicha G‘arbiy Yevropa mamalakatlari katta va maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatlari natijasida mamlakatlar o‘rtasida ishchi kuchi va samarali mahsulot almashinuvini ta’minlash yo‘llari, yagona protseduralar va talablarni ishlab chiqildi.
Bu faoliyatda asosiy o‘rinni hudud miqyosida muvofiqlashtirishni amalga oshiruvchi maxsus assotsiatsiyalar va tashkilotlar egallashdi. Ochiq umumevropa bozoriga tayyorgarlik jarayonida ISO 9000 standartlari asosida yaratilgan sifat tizimi uchun uyg‘unlashtirilgan, va ularning analogi bo‘lgan EN 29000 seriyali milliy standartlar amalga kiritilib, texnologik reglamentlarga yagona yondashish, yagona standartlar 1993 yil 1 yanvardan tantanali suratda ishlab chiqildi. EN 45000 seriyali standartlar talablariga muvofiq nufuzli yevropa sertifikatlashtirish idoralari yaratilib, ushbu standartlarga muvofiq sifat tizimlarini sertifikatlashtirishga katta e’tibor berildi.
Yevropa bozoriga yetkazilayotgan mahsulot normal munosabat holati uchun mustaqil tashkilot tomonidan sertifikatlashtirilishi lozim. Mahsulotni sertifikatlashtirishdan tashqari mahsulot sifatini baholovchi va tekshiruvchi xodimlar hamda sinov laboratoriyalari akkreditatsiyadan o‘tkaziladi. Ularning faoliyatini eng muhim jihati mahsulot ishlab chiqaruvchi va ta’minotchi o‘rtasida bo‘lgan tushunmovchiliklarni hal qilish va iste’molchilarning talablarini qondirish ustidan nazoratni amalga oshirilishidir.
Firmalar mahsulot sifatini oshirish sohasida yanada shiddatli siyosat o‘tkazib, jarayonlar esa yanada qat’iy nazoratga duchor qilingan. Sifat yevropa mamlakatlarida raqobatbadoshlikni ta’minlovchi omillardan bo‘lib qoldi. Bunday strategiyani amalga oshirish uchun quyidagilar talab etilgan:

  1. Yagona qonuniy talablar;

  2. Yagona standartlar;

  3. firmaning bozorga muvofiqligiga ishonch hosil qilish uchun yagona tekshirish jarayonlar.

1985 yilda xavfsizlik va mustahkamlikni ta’minlash bo‘yicha talablar kiritilib, standartlar bilan uyg‘unlashtirishning yangi konsepsiyasi qabul qilindi, biroq bu talablar ixtiyoriy bo‘lib hisoblangan. O‘sha vaqtda yagona talablarni ta’minlash muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Shuning uchun Yevropada ISO 9000 va EN 29000 asos soluvchi standartlariga mo‘ljallab ish yuritilgan. Mahsulotlarni CE belgisi bilan tamg‘alash kiritilgan.
Sinov va sertifikatlashtirish bo‘yicha Yevropa muvofiqlashtiruvchi kengashi va Sifat tizimini baholash va sertifikatlashtirish bo‘yicha Yevropa qo`mitasi tashkil etildi. Qo`mita tarkibiga Buyuk britaniya, Shveysariya, GFR, Avstriya, Daniya, Shvesiya, Fransiya, Ispaniya, Portugaliya, Gresiya, Gollandiya, Belgiya, Finlandiya, Norvegiya, Irlandiya va Italiyaning sertifikatlashtirish idoralari kiradi. O‘tkaziladigan ishlarning asosiy vazifasi kam xarajatlar bilan yevropa yagona bozorida millionlab iste’molchilarning so‘rovlarini to‘liq qondirishdir.
Yevropa bozori unga kirmoqchi bo`lgan boshqa mamlakatlarning firmalari oldiga jiddiy vaziflarni qo‘yadi.
Yevropaning yirik firmalariga raqobatchilik kurashida tura olishi uchun mahsulot sifatining barqarorligini kafolatlash bilan aloqador bo‘lgan mahsulot sifatini boshqarishning ilg‘or shakllari va usullarini tanlash uchun kuchlarni birlashtiradi. Ular quyidagilar:

  1. barqaror texnologiya;

  2. qurilma va jihozlarning texnologik aniqligini qo‘llab-quvvatlashning yaxshi tizimi;

  3. mahsulotni sinash va nazoratining metrologik vositalari;

  4. samarali kadrlar tayyorlash tizimi.

1988 yilning sentabrida G‘arbiy Yevropaning 14 ta yirik firmalarining prezidentlari Sifatni boshqarish Yevropa fondini (SBEF) yaratish to‘g‘risida kelishuv imzolashdi.
Sifatni boshqarish Yevropa fondining faoliyat sohasi quyidagicha:

  1. umum raqobat bo‘yicha imkoniyatlarga erishish uchun sifatni yaratish jarayonini tezlashtirishda g‘arbiy yevropa kompaniyalari rahbarlarini qo‘llab-quvvatlash;

  2. yevropa sifat madaniyatini mustahkamlash va sifatni yaxshilash bo‘yicha faoliyatlarda g‘arbiy yevropa jamiyatlari ishtirokini qabul qilib, barcha yo‘nalishlar bo‘yicha yordam berish va rag‘batlantirish.

Sifatni boshqarish Yevropa fondini va Sifat bo‘yicha Yevropa tashkiloti (SET) hamkorlikda 1992 yildan boshlab eng yaxshi firmalarni Sifat bo‘yicha Yevropa mukofoti bilan taqdirlashni ta’sis etdi.
Sifat muammolarini hal etishga yevropacha yondashishning farqli xususiyatlari quyidagilar hisoblanadi:

  • sifatni baholash va qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ishlarni o‘tkazish uchun qonunchilik asosi;

  • sertifikatlashtirish qoidalari, protseduralarining talablarini milliy standartlarda uyg‘unlashtirish;

  • sifat bo‘yicha mutaxassislarni ro‘yxatga olish, laboratoriyalarni akkreditlashtirish, mahsulot va sifat tizimini sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlarni vakolatli, milliy tashkilotlar tarmog‘i va hududiy infrastrukturalar yaratish.

Sifatga sharqona (Yaponiya) va g‘arbiy (AQSh va Yevropa) yondashishlarning solashtirilishi 3.2-jadvalda keltirilgan.
Bir necha yillar oldinga anjuman ma’ruzalar va jurnallardagi maqolalarda Yaponiyada va G‘arbda (AQSh va Yevropada) sifat darajasi dinamikasining grafigi keltirilgan (3.1-rasm).
3.2-jadval

Download 64,95 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 64,95 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sifatni boshqarishning Yevropa tajribasi

Download 64,95 Kb.