|
AQShda sifatni boshqarish tajribasi
|
bet | 2/8 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 64,95 Kb. | | #228220 |
Bog'liq №3 3.1. AQShda sifatni boshqarish tajribasi
Sanoat revolyusiyasi Amerikada hunarmandchilik faoliyatini nihoyasiga yetkazdi. Hunarmand ishlab chiqarish jarayonining boshlanishidan oxirigacha nazorat qilgan. U sifat bo‘yicha inspektor ham bo‘lgan va xom-ashyoni o‘zi xarid qilgan, savdo qilgan va boshqaruvchi vazifasini ham bajargan. Uning uchun ish mag‘rurlanish vositasiga, undan tashqari yakuniy mahsulot ustidan nazoratni ham amalga oshirish mumkin edi. XIX asrda mahsulot ishlab chiqarish seriyali ishlab chiqarishga o‘tish natijasida yangi turdagi ishchilarga zaruriyat paydo bo‘ldi. Fabrikalar uchun ma’lum bo‘lgan oddiy qaytariluvchi operatsiyalarga mos ravishda ishchilar zaruriyati yuzaga keldi. Bunday ishchilarga kasbiy mahorat va yuqori darajada tayyorgarlik talab etilmagan. Boshqaruv ish usuli qurilmalarni boshqarishni bilmaydigan va o‘z mehnatiga qiziqmaydigan ko‘nikmasiz ishchilarni boshqarishga asoslangan. Bunda rahbariy tarkib va ishchilar o‘rtasida o‘zaro adovatli manosabatlar yuzaga kelgan. Ishchilar ularga nimani aytishsa shu ishni bajarishgan va agarda yomon ishchi bo‘lsa, ularni ishdan bo‘shatishgan.
Amerikada bu tizim yaxshi ishlagan, lekin kam xarajatlar bilan ko‘p mahsulot ishlab chiqarishga imkon bergan. Ikkinchi jahon urushidan keyin barcha mamlakatlarni keng iste’mol tovarlariga keskin yetishmovchilik vaqtida global ishlab chiqarish potensialining ko‘plab qismi yo‘qotildi. Keyinchalik AQSh sanoati zudlik bilan chegaralanmagan miqdorda muzlatgichlar, televizorlar, avtomobillar va radio qabul qilgichlarni ishlab chiqarishga o‘tib ehtiyojlarni qondirishga harakat qilingan. 1940-1950 yillarda Amerikada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati past darajada bo‘lgan va asosiy masala ishlab chiqarish hajmini oshirish qaratilgan.
AQSh sanoati uchun past sifat darajasi oqibatida katta xarajatlar muammosi jiddiy bo‘lib hisoblangan. AQShlik ko‘plab mutaxassislar past sifat mahsulotlarning raqobatbardoshligi va ishlab chiqarishning o‘sishiga to‘sqinlik qilgan deb hisoblashgan. Amerika sanoati uchun sifatni oshirish yoki boyitishda boshqa muqobil holatlar mavjud bo‘lmagan. AQShda sifat muammosini hal etishda proteksion: tariflar, kvotalar, boj to‘lovlar, raqobatchilardan mahsulotni himoyalash chora-tadbirlar qidirib topishga harakat qilingan. Lekin mahsulot sifatini oshirish ikkinchi darajada qolavergan.
Amerikalik tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilarning talablari bo‘yicha AQSh ma’muriyati ularni himoyalash uchun bir qancha chora-tadbirlarni qabul qilishgan. Shu bilan birga AQSh idrokli boshqaruv firmalari mahsulot sifatini oshirish kerakligini tushunishdi. Buning qanday choralari taklif etishgan? Bunday muammolarni rivoj olishiga e’tibor qaratishga qaror qilindi. Bular quyidagilar:
ishchilarni qiziqtirish;
sifat to‘garagi;
statistik nazorat usullari;
xizmatchilar va boshqaruvchilarning ongini oshirish;
sifat uchun xarajatlar hisobi;
sifatni oshirish dasturlari.
AQShda 1980 yillarning boshida sifatni boshqarish sifatni rejalashtirishga o‘tilib, alohida sifat xizmati tashkil etildi. Bunda ichki ishlab chiqarish iste’molchilariga yetarli e’tibor qaratilmay, sifatni oshirish rejalari firmaning ichki ehtiyojlari hisobga olinmagan. Bunday sifatni boshqarish jarayoni rejani emas, muammolarni yaratgan.
1980 yillar uchun ommaviy kompaniyalarda nuqsonlar yo‘qotish va sifatni oshirish yo‘llari sifati ish o‘rinlarida bevosita o‘qishlarning o‘tkazilishi bilan xarakterlidir. Ta’minotchilar ham o‘z xodimlarini sifat bo‘yicha o‘qtishga harakat qilishgan. O‘sha davrlarda E.Demingning ikkita “Sifat, ishlab chiqaruvchanlik va raqobatchilik” va “Krizisdan chiqish” kitobi nashr etilgan. Bu monografiyalarda Demingning taniqli yalpi sifatni boshqarishga asos bo‘lgan “14 bandli” falsafasi bayon etilgan.
AQSh mutaxassislari mahsulotlari sifatini doimiy oshirish yo‘llarini qidirishgan, tashkilotning barcha darajasida doimiy mobillashtirish va korporativ madaniyatni to‘liq qayta ko‘rib chiqib, boshqaruvni qayta qurishni yangi islohiyatini, uni o‘zgartirish bo‘yicha sifatni boshqarishni takomillashtirishga katta umid qilishar edi. Amerikalik mutaxassis A.Feygenbaum ta’kidlashicha “sifat – bu afsonaviy emas, ratsionalizatorlik taklif ham emas va shior ham emas, bu hayot tarzidir” deb fikr bildirgan.
AQShda yangi rivojlanishga uncha ko‘p bo‘lmagan o‘rta zveno rahbarlari qarshilik ko‘rsatishgan. Ulardan ko‘pchiligi boshqaruv siyosatlari uchun sifat yondashishiga asoslangan hattoki lavozim qoidalarida ham va ularning nufuzida ham namoyon bo‘lgan. Ishlab chiqarishdagi ishchilar o‘zining ishi sifati uchun javobgarlikni olishga tayyor edilar.
Sifat sohasida ko‘ngildagidek revolyusiya buyurtmachilar (iste’molchilar) talablarini qondirish bo‘lib hisoblangan. Har bir ishchi konveyr ishlab chiqarishda oldinga mahsulot iste’molchisi bo‘lib hisoblangan va shuning uchun har bir ishchining vazifasi uning bajargan ishi sifatidan keyingi ishchi qanoatlanishi bo‘lib hisoblangan.
Milliy mahsulot sifatini oshirish masalalariga qonunchilik va ijrochi hukumat tomonidan ham mamakatning iqtisodiy rivojlanishiga yangi ko‘rinishiga e’tibor qaratilgan. Sifatni oshirish uchun umummiliy kompaniyalarning asosiy vazifalaridan biri bu - “Sifat – hammasidan ustun” shiorini amalga oshirishga harakat qilish hisoblangan. Bu shior uchun Sifat nazorati bo‘yicha Amerika jamiyati (SNAJ) tashabbusi bilan sifat oyligi o‘tkazilgan. Sifat nazorati bo‘yicha Amerika jamiyati - mamlakatning yetakchi ilmiy-texnikaviy jamiyatiga 1946 yil asos solingan va hozirgi vaqtda 53 ming jamoa va xususiy a’zolardan tashkil topgan. AQSh Kongressi 1987 yildan mahsulot sifatini oshirish sohasida erishilgan natijalar uchun Malkolm Boldridj nomidagi milliy mukofot ta’sis etgan. Bunda har yili uchta eng yaxshi firma faoliyati muhokama qilinadi. Mukofotni Xalqaro sifat kuni sifatida nishonlanadigan noyabrning ikkinchi payshanba kunida AQSh Prezidenti taqdim etadi.
Sifatni boshqarish sohasida amerika tajribasini tahlil qilib uning quyidagi xarakterli xususiyatlarini aytib o‘tish mumkin:
matematik statistik usullaridan foydalanish bilan tayyorlanadigan mahsulotlarning sifatini qat’iy nazorat qilinishi;
sifat ko‘rsatkichlari va ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha rejalashtirish jarayoniga e’tibor, rejalarni bajarish ustidan ma’muriy nazorat qilinishi;
firmani umumiy boshqarishni takomillashtirish.
AQShda qabul qilingan mahsulot sifatini doimiy oshirishga yo‘naltirilgan choralar Yaponiya va AQSh o‘rtasida sifat darajasida uzilishiga barham berilishini sekinlashtirmaganligini aytib o‘tish mumkin.
|
| |