|
Rossiyada sifatni boshqarish tajribasi
|
bet | 6/8 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 64,95 Kb. | | #228220 |
Bog'liq №3 2.2.4. Rossiyada sifatni boshqarish tajribasi
Rossiyada mahsulot sifatini yaxshilash uchun harakatlar sanoatlashtirishga o‘tish davrida yuzaga kelgan. Vaqt o‘tish davomida hattoki alohida va katta, tarqoq chora-tadbirlarni o‘tkazish yo‘li bilan mahsulot sifatini muvaffaqiyatli takomillashtirish erishish mumkin emasligi aniq edi. Faqat ilmiy asoslangan o‘zaro aloqador texnikaviy, tashkiiy, iqtisodiy va ijtimoiy tadbirlarni tizimli va kompleks ravishda amalga oshirish bilan mahsulot sifatini muvaffaqiyatli va tez takomillashtirish mumkin.
Mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi omillarni umumlashgan uchta blokga bo‘lish mumkin:
Ichki (firma ichida) holat: tartib; qurilmalar; texnologiya; metrologik ta’minot; sinov bazasi; texnikaviy nazorat; tashkiliy tuzilma; tizim.
Inson omillari: malaka; tajriba; kasbiy mahorat; dunyo qarashi; faolligi va qiziqishi; ilg‘or tajriba almashinish.
Tashqi sharoitlar: bozor talabi; yetkazib berilayotgan xom-ashyo, materiallar, butlovchi buyumlarning sifati; sheriklardan ta’minotning bir maromligi; sifatni huquqiy ta’minoti (nuqsonli mahsulotlar uchun yuridik javobgarlik); sifatni tasdiqlash va baholashning zaruriyati; davlatning qo‘llab-quvvatlashi, investitsiyalar; nazorat va tekshirishni talabchanlik; mahsulot va ishlab chiqarish tarkibiga talablarni kelishilganligi; konstruktorlik ishlanmalar darajasi.
Mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi omillarni kengroq va batafsil sinflanishi 3.3-jadvalda keltirilgan.
Mahaliy amaliyotda mahsulot sifatini yaxshilash bo‘yicha ishlarni tashkillashtirishga tizimli yondashishning mujassamligini galma-gal tartibda ko‘rib chiqamiz (3.4-jadval).
I. Birinchilardan bo‘lib paydo bo‘lgan Mahsulotni nuqsonsiz tayyorlash MNT (bezdefektnogo izgotovleniya produksii – BIP) ishlarini tashkillashtirishning saratov tizimi 1950 yillarda keng tarqalgan.
Tizimning maqsadi – texnik hujjatlardan chetga chiqmasdan ishchilar mahsulot tayyorlash jarayonini ta’minlovchi ishlab chiqarish shart-sharoitlarini yaratish. Ishchilar mehnati sifatini miqdoriy baholash uchun qo‘llaniladigan asosiy mezonlar mahsulot birinchi paydo bo‘lishi bilan foizlarda partiya miqdoriga foizli nisbati sifatida texnik nazorat bo‘limi TNB (otdel texnicheskogo kontrolya – OTK) tomonidan aniqlagan. Tayyorlangan mahsulotning umumiy miqdoriga birinchi paydo bo‘lgan mahsulot bilan solishtirish qabul qilingan. Aniqlangan shkala bo‘yicha ijrochilarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish mahsulotni topshirish foiziga bog‘liq bo‘lgan.
3.3-jadval
|
| |