|
Texnologik jarayonlarda gidrolizning ahamiyati
|
bet | 23/57 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 2,23 Mb. | | #243160 |
Bog'liq 3-MA’RUZATexnologik jarayonlarda gidrolizning ahamiyati
Gidrоliz sanоatda va hayotda muhim ahamiyatga ega: sanоatda spirtlar, fеnоllar, o’simlik mоylari va хayvоn yog’idan yuqori alifatik kislоtalar оlinadi. Murakkab efirlar, glikоzid va amid bоg’lari gidrоlizi tirik оrganizmlar hayot faоliyatida muhim rоl o’ynaydi.
Kislоtа vа аsоslаrning zаmоnаviy nаzаriyalаri.
Elektrolitik dissotsilanish nazariyasiga asoslanish, yaqin vaqtlargacha kislota va asoslarga quyidagicha ta’rif berib kelingan edi.
Kislotalar – dissotsilanish natijasida vodorod ionini beruvchi, asoslar esa dissotsilanish natijasida, gidroksil ionini beruvchi moddalardir. Neytrallanish jarayoni kislota bilan asosning qo’shilishidan tuz va suvning hosil bo’lish reaksiyasidan iborat.
So’nggi vaqtlarda suvdan boshqa erituvchilardagi eritmalar: masalan spirt, efir, ammiak va boshqa eritmalar keng tekshirila boshlandi. Bu tekshirishlar yuqoridagidagi tushunchalarni faqat suvdagi eritmalargagina to’g’ri kelishini, lekin bu tushunchalarning chegaralanganligini ko’rsatadi. Natijada hamma xolatlarga to’g’ri keladigan kislota – asos tushunchasini topishga kirishildi.
Xozirgi vaqtda kislota – asos uchun ikki xil nazariya taklif qilingan: kislota-asoslardan protonolitik nazariyasi (Brensted) nazariyasi va umumlashgan kislota-asos nazariyasi (Lyuis nazariyasi). Bu nazriyalar barcha kashfiyotchilar tomonidan e’trof etilgan bo’lib, kimyo adabiyotida keng qo’llaniladi.
Brenstedning protonolitik kislota – asos nazariyasi.
Suvdan boshqa erituvchilardagi eritmalarni tekshirish kislota-asos faqat suvdagi eritmalardagina emas, suvdan boshqa erituvchilarda ham bo’lishi mumkinligini ko’rsatdi. Misol tariqasida quyidagi reaksiyalarni ko’zdan kechiraylik:
K i s l o t a - a s o s
HCl + NH3 NH4+ +Cl-
HCl +H2O H3O+ + Cl-
NH4+ + OH- NH3 + H2O
H3O+ + OH- H2O + H2O
Yuqoridagi kislota deb atalgan moddalar arosida bir umumiylik bor. U ham bo’lsa, ular tarkibida vodorodning bo’lishidir. Reaksiya vaqtida vodorod ioni (proton) kislotadan asosga o’tadi, ya’ni asos kislota bilan reaksiyaga kirishib, kislota protonini biriktirib oladi. Shunday qilib, kislota-asos quyidagich ta’riflanadi: kislota o’zidan proton ajratib chiqarish xossasiga esa modda ( protonlar donori), asos-proton biriktirib olish xossasiga ega modda ( protonlar aktseptori ) deyiladi
Bu nazariya quyidagi natijalarga olib keladi. a) kkislota va asos xossasi ionlar (shu jumladan, kompleks ionlar) va ionlanmagan malekulalar bo’lishi mumkin; b) Kislota va asoslarning ionlanishi kislota (asos) xossasi bo’lgan erituvchi moddalarning reaksiyaga kirishishi natijasida yuz beradi. c) Erituvchining kislota va asosligiga qarab, biror modda yoki kislota, yoki asos bo’lishi mumkin.
Bunday amfoterlik xossasi ko’plab moddalarda uchraydi. Kislota (kislota) o’z protonini berish uchun asos (asos) bo’lishi shart.
Kislota1 aC1 + H+
HCl Cl+H+ -
aC2 +H- kislota2
NH3 + H- NH4+
Kislota1 + aC2 aC1 + kislota 1
HCl + NH3 Cl- + NH4
Bu muvozanatda ikki juft kislota va ikki juft asos ishtirok etdi. Ularni monand kislota va asos, muofiq yoki yonaki kislota va asos deyiladi. Bu tenglamada Cl- asos bilan HCl kislota, NH+4 kislota bilan NH3 asos yonaki moddalardir.
Berilgan reaksiyada malekula yoki ionlari protonlar ajralib chiqaradigan moddalar kislotal deyiladi. Malekula yoki ionlar protonlarni biriktirib oladigan moddalar asoslar deyiladi. Bunday moddalarning ikkalasi ham umumiy nom bilan protolitlar deb ataladi.
Proton ajratib chiqarish ushbu reaksiya bilan ifodalanadi:
Kislota=asos+H+
Lyuis nazariyasi ko’ra, moddalarning kislota asoslik xossalari ularning tarkibida vododrod yoki kislorod bo’lishiga, erituvchi tasiriga emas, balki moddalarning tuzilishiga bo’gliqligidadir. Moddalarning tuzilishi nazariyasi asosida kislota va asoslarining electron nazariyasi taklif qilindi. Bu nazariya umumlashgan kislota va asos nazariyasi, deb ataladi. Bu nazariyaga ko’ra kislota va asosga quyidagi ta’riflar beriladi:
Asos-erkin electron jufti bor modda bo’lib, uning juft elektronlari boshqa atomning barqaror elektronlari guruppasini tashkil qilishda ishtirok etishi mumkin.
Kislotalar-atomida barqaror elektronlar guruppasi xosil qilish uchun boshqa atomning erkin juft elektronlaridan foydalana oladigan moddalardir.
Boshqacha aytganda, kislota juft elektronlar akseptori, asos esa juft elektronlar donoridir. Neytrallanish reaksiyasida bu juft elektronlar xisobidan kovolent bog’lanish xosil bo’ladi.
Shunday qilib, Lyuis nazariyasiga ko’ra, faqat protonli moddalargina emas, balki protonsiz – aproton moddalar ham kislota bo’la oladi. Shunday qilib, kislota tushunchasi kengaytirildi va umumlashtirildi.
|
| |