|
3-ma’ruza mavzu: Eritmalarni xosil bo‘lishi va ularning konsentratsiyalari. Eritmalarni xossallari. Kislota asos va tuzlarning dissosiyalanish nazariyalari. Suvning ion ko‘paytmasi. Tuzlarning gidrolizi pH
|
bet | 24/57 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 2,23 Mb. | | #243160 |
Bog'liq 3-MA’RUZA4.Metallaring umumiy xossalari.
Tayanch iboralar: Metall, Yengil metallar, Og‘ir metallar, Nodir metallar, Tarqoq metallar, Noyob metallar, Siyrak yer metallar, Radioaktiv metallar, Pirometallurgiya, Karbotermiya, Vodorodotermiya, Metallotermiya, Alyuminotermiya, Termometriya, Gidrometallurgiya, Elektrometallurgiya va Metallarning elektr о‘tkazuvchanligi.
O’qituvchining mаqsаdi: tаlаbаlаrgа metallaring umumiy xossalari hаqidа tushunchа bеrish.
Metallarning davriy jadvaldagi o`rni, atomning tuzulushi.
Elementlar shartli ravishda «metallar» va «metallmaslar»ga ajratiladi.
Metallar – davriy sistemada 22 ta metallmas bо‘lsa, qolganlari metallardir. 12 tasi s – elementlar, 10 tasi p – elementlar, 28 tasi f – elementlar va qolganlari d – elementlar oilasiga kiradi. Metallar texnikada ikkita gruppaga ajratiladi. 1) Qora metallar – temir (marganets va xrom qо‘shimcha) va uning qotishmalari (pо‘lat va chо‘yan). 2) Rangli metallar – boshqa barcha metallar va ularning qotishmalari.
Metallar mexanik xossalariga qarab quyidagicha sinflanadi:
1) Yengil metallar – Li Na K Rb Al Mg Ti Cs Be Ca
2) Og‘ir metallar – Cu Pb Ni Zn Sn Sb Hg Ag
3) Nodir metallar – Au Ag Pt Pd Ir Ru Os
4) Tarqoq metallar – Ga In Tl Ge Re
5) Noyob metallar – Co Cd Mo W Sb Hg Bi
6) Siyrak yer metallar – La va lantanoidlar
7) Radioaktiv metallar – Ra Po Ac U Pu At va aktinoidlar.
Metallarning tabiatda uchrashi.
Metallarning asosiy qismi yer pо‘stlog‘ida uchraydi. Deyarli barcha metallar birikma holatida uchraydi, ayrim metallar tabiatda erkin “yombi” holatda uchraydi. Masalan:nodir metallar – oltin, platina, kumush, mis, qalay, simob va h.k.
Metallar sanoatda toza (sof) holatda tabiiy birikmalardan ajratib olinadi. Metallarning sanoatda olinishi uchun yaroqli tabiiy xomashyosi “ruda” deyiladi. Rudalar toza bо‘lmaydi, ularga bekorchi jinslar – qum, loy, ohaktosh va boshqalar aralashgan bо‘ladi. Har qanday ruda ishlatilishidan oldin bekorchi jinslardan tozalanadi, ya’ni boyitiladi. Rudalarning boyitilgan shakli “konsentrat” deyiladi. Ruda tarkibida metallar oksid, sulfid, karbonat, sulfat, fosfat va h.k. kо‘rinishlarda uchraydi. Masalan: qizil temirtosh – Fe2O3, qо‘ng‘ir temirtosh – Fe2O33H2O, magnitli temirtosh – Fe3O4, temir kolchedani – FeS, pirit – FeS2, alyuminiy rudasi (boksit) – Al2O32H2O, marganets rudasi (pirolyuzit) – MnO2, qalay rudasi – SnO2, vismut oxrasi – Bi2O3, mis kolchedani – Cu2SFe2S3, mis yaltirog‘i – Cu2S, kinovar – HgS, qо‘rg‘oshin yaltirog‘i – PbS, rux aldamasi – ZnS, karnallit – KClMgCl26H2O, silvinit – KClNaCl, toshtuz – NaCl, kainit – MgSO4KCl3H2O, gips – CaSO42H2O, galmey – ZnCO3 va h.k.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
3-ma’ruza mavzu: Eritmalarni xosil bo‘lishi va ularning konsentratsiyalari. Eritmalarni xossallari. Kislota asos va tuzlarning dissosiyalanish nazariyalari. Suvning ion ko‘paytmasi. Tuzlarning gidrolizi pH
|