|
3-ma’ruza mavzu: Eritmalarni xosil bo‘lishi va ularning konsentratsiyalari. Eritmalarni xossallari. Kislota asos va tuzlarning dissosiyalanish nazariyalari. Suvning ion ko‘paytmasi. Tuzlarning gidrolizi pH
|
bet | 25/57 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 2,23 Mb. | | #243160 |
Bog'liq 3-MA’RUZAMetallarning olinish usullari.
Rudadan metallarni toza holatda ajratib olishga metallarning olinishi deyiladi. Metallar rudadan turli usullarda ajratib olinadi. Bu usullar qaytarilish, termik parchalanish, almashinish, elektroliz jarayonlariga asoslangan. Sanoatda metallarning olinish usullarini о‘rganadigan sohaga metallurgiya deyiladi. Metallar quyidagi usullarda ajratib olinadi.
1) Pirometallurgiya – metallarni oksid kо‘rinishigacha kuydirib, qaytaruvchilar yordamida olish usullari.
a) Karbotermiya usuli – metallarni oksididan uglerod, isgazi yordamida qaytarish.
SnO2 + C = Sn + 2CO
ZnO + CO = Zn + CO2
b) Vodorodotermiya usuli – metallarni oksididan vodorod yordamida qaytarish.
MoO3 + 3H2 = Mo + 3H2O
v) Metallotermiya – metallarni oksididan boshqa metallar (Si, Mg, Al, Na, Fe) yordamida qaytarish.
Alyuminotermiya 3Mn3O4 + 8Al = 9Mn + 4Al2O3 + Q
g) Termometriya – moddalarni parchalab toza metallar (Zr,Ni,Ge,Cr,Ti,V,Nb,Ta metallar olinadi) olish.
ZrI4 = Zr + 2I2 Ni(CO)4 = Ni + 4CO 2GeI2 = GeI4 + Ge
2) Gidrometallurgiya – metall rudalari kislotalar yordamida eritmaga о‘tkaziladi va eritma tarkibidan qaytaruvchilar yordamida ajratib olinadi.
Cu2S + 2O2 = 2CuO + SO2 CuO + H2SO4 = CuSO4 + H2O
CuSO4 + Fe = Cu + FeSO4 2K[Au(CN)2] + Zn = K2[Zn(CN)4] + 2Au
3) Elektrometallurgiya – metallarni ularning birikmalarini suvdagi eritmalaridan yoki suyuqlanmalaridan elektroliz yordamida ajratib olish.
Metallarning fizik xossalari.
Simobdan tashqari barcha metallar о‘ziga xos yaltiroq qattiq moddalardir. Metallarning fizik xossalariga ularning optik, termik, mexanik, elektr va boshqa xossalari kiradi. Metallarning optik xossasi – yaltiroqligi va shaffof emasligi. Metallar yaxlit holda yaltiroq, kukun holda yaltiroq emas (alyuminiydan tashqari). Kumush, palladiy indiy eng kо‘p yaltiroq, shuning uchun kumush va palladiy kо‘zgu ishlab chiqarishda ishlatiladi. Kо‘pchilik metallarning rangi oq rang bilan tо‘q kulrang orasida bо‘ladi. Oltin va seziy sariq, vismut qizg‘ish, mis tо‘qpushti rangda bо‘ladi. Metallar alangaga tutilsa olov rangini о‘zgartiradi. Masalan: natriy – sariq, kaliy – binafsha, stronsiy – qizil, kalsiy – qovoq ranga bо‘yaydi.
Metallarning elektr о‘tkazuvchanligi – metallar orqali elektr toki о‘tganda hech qanday kimyoviy о‘zgarish sodir bо‘lmaydi. Metallarning elektr о‘tkazuvchanligi temperatura pasayishi bilan ortadi va “nol” gradusda (t0C = 00C) metall о‘ta о‘tkazuvchan bо‘lib qoladi. Metallarda elektr о‘tkazuvchanlik har xil.
Ag Cu Au Cr Al Mg Na Ir W Be Li Fe Hg Bi qatorda metallarning elektr о‘tkazuvchanligi kamayib boradi.
Metallar suyuqlanish temperaturasiga qarab, 1) Oson suyuqlanuvchan (Cs Hg Rb Tl) Tsuyuql = 8000S dan past va 2) Qiyin suyuqlanuvchan (W Os Pt Cr) Tsuyuql = 8000S dan yuqori gruppalarga bо‘linadi.
Metallar kristall tuzilishiga kо‘ra:
1) Yoqlari markazlashgan kub panjarali – Pb Pd Pt Rh Al Ag Au Ca Cu Co Ge Ir Ni
2) Hajmiy markazlashgan kub panjarali – Ba Cr Cs Fe K Li Mo Rb Ta W V
3) Geksagonal panjara – Be Cd Ge Co Hg Mg Os Ru Ti Zr sinflarga bо‘lamiz.
Metallarning magnit xossalari:
Diamagnit – magnit maydonidan itariladigan metallar – Ag Cu Au Zn Cd Hg Zr
Paramagnit – magnit maydoniga tortiladigan metallar – Sc Y La Ti V Nb Ta Cr Mo W Mn Re Ru Rh Pd Os Ir Pt
Ferromagnit – magnitga kuchli sezgir metallar – Fe Co Ni
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
3-ma’ruza mavzu: Eritmalarni xosil bo‘lishi va ularning konsentratsiyalari. Eritmalarni xossallari. Kislota asos va tuzlarning dissosiyalanish nazariyalari. Suvning ion ko‘paytmasi. Tuzlarning gidrolizi pH
|