3-Ma’ruza Mavzu: Kriptografiyaning asosiy tushunchalari Reja




Download 295,95 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana25.01.2024
Hajmi295,95 Kb.
#145158
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-Mavzu.Kriptografiyaning asosiy tushunchalari
1, 30610201-Apparat va dasturiy sozlovchisi, 00000000, 3.06 yangi dastur, 1111111111111, GEOGRAFIYA TO\'GARAK 68 SOATLI TO\'LIQ, maruza matni, Документ Microsoft Word (3), Документ Microsoft Word, 1-Laboratoriya ishi Mavzu Arduino kontroller to’plamining tark, Global seminar, 3-Mavzu.Kriptografiyaning asosiy tushunchalari, c-100-all-in-one-for-dummies
Kriptografiyaning 
tarixi. 
Ma’lumotlarni 
shifrlashning 
dastlabki 
ko‘rinishlaridan ming yillar avval foydalanib kelingan. Yaqin o‘n yilliklarga qadar 
foydalanilgan shifrlar klassik shifrlar deb atalgan. Kriptografiyani fan sifatida 
taraqqiy etishini aksariyat adabiyotlarda bir necha davrlarga ajratib, turli 
yondashuvlarga asoslanib o‘rganilgan. Masalan, ba’zi manbalarda hisoblash 
qurilmalari yaratilgunga qadar foydalanilgan shifrlar - klassik shifrlar davriga 
tegishli deb olingan. Undan keyingi davr esa zamonaviy shifrlar davri deb yuritiladi. 
Biroq, hisoblash qurilmalari yaratilgunga qadar bo‘lgan davr juda uzoq bo‘lgani 
bois, ularni ham qismdavrlarga ajratish muhim ahamiyat kasb etgan. Shuning uchun, 
kriptologiyani fan sifatida shakllanishini quyidagi davrlarga ajratish mumkin: 
1. Qadimiy davr (qadimiy davr klassik shifrlari). Ushbu davrda klassik shifrlar 
asosan bir alfavitli o‘rniga qo‘yish va o‘rin almashtirish akslantirishlariga 
asoslangan. Masalan, Sezar, Polibiya kvadrati usullari. 
2. O ‘rta davr (o ‘rta davr klassik shifrlari). Ushbu davrda shifrlar asosan ko‘p 
alfavitli o‘rnigaqo‘yishga asoslangan bo‘lib, ularga Vijiner, Atbash 
usullarini misol sifatida keltirish mumkin. Ushbu davrdagi shifrlarning
birinchi davr shifrlariga qaraganda, bardoshligi yuqori bo‘lgan. 
3. 1 va 2 - jaxon urushlari davri (1 va 2- jahon urushlari davridagi klassik 
shifrlar). Ushbu davr kriptotizimlari asosan elektromexanikaga asoslangan 
bo‘lib, radioto‘lqin orqali shifrmatnni uzatish (Morze alifbosi) amalga 
oshirilgan. Mazkur davrga oid shifrlash usullariga Zimmermann 
telegrammi, Enigma shifri, SIGABA mashinalarini misol sifatida keltirish 
mumkin. 
4. Kompyuter davri (zamonaviy shifrlar). Ushbu davr shifrlari hisoblash 
qurilmalariga mo‘ljallangan bo‘lib, yuqori xavfsizlik darajasiga ega. 
Zamonaviy shifrlarga misol sifatida DES, AES, ГОСТ P 28147-89, IDEA, 
A5/1, RC4 (barchasi simmetrik) va RSA, El-Gamal (ochiq kalitli)larni 
keltirish mumkin. 

Download 295,95 Kb.
1   2   3   4   5




Download 295,95 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



3-Ma’ruza Mavzu: Kriptografiyaning asosiy tushunchalari Reja

Download 295,95 Kb.
Pdf ko'rish