Kriptografiyaning asosiy bo‘limlari. Kriptografiyani quyidagi bo‘limlarga ajratish
mumkin:
1.Simmetrik kalitli kriptografiya. Simmetrik kalitli kriptografiyaning umumiy
ko‘rinishi 5.1-rasmdagi kabi bo‘lib, ma’lumotni shifrlash va rasshifrovkalashda
yagona kalitdan (simmetrik kalitdan) foydalaniladi. Shuning uchun simmetrik kalitli
kriptotizimlarni - bir kalitli kriptotizimlar deb ham yuritishadi. Demak, simmetrik
kalitli shifrlash algoritmlaridan foydalanish uchun har ikkala tomonda bir xil kalit
mavjud bo‘lishi zarur. Simmetrik kalit odatda bir tomonda hosil qilinadi va maxsus
usullar asosida ikkinchi tomonga xavfsiz tarzda yetkaziladi.
2.Ochiq kalitli kriptografiya. Ochiq kalitli kriptografiyada (yoki asimmetrik
kriptografiya deb ham ataladi) maTumotni shifrlash qabul qiluvchining ochiq kaliti
bilan amalga oshirilsa, uni rasshifrovkalash qabul qiluvchining shaxsiy kaliti bilan
amalga oshiriladi. Shuning uchun ham ochiq kalitli kriptotizimlarni ikki kalitli
kriptotizimlar deb ham yuritishadi. Ochiq kalitli kriptografiyaning umumiy
ko‘rinishi 2-rasmda keltirilgan.
2-rasm. Ochiq kalitli shifrlashning umumiy ко ‘rinishi
Ochiq kalitli kriptografik algoritmlar asosida ma’lumot almashinish uchun
dastlab, jo ‘natuvchi qabul qiluvchining ochiq kalitiga ega bo‘lishi kerak. Qabul
qiluvchining ochiq kalitidan faqat ma’lumotni shifrlash uchun foydalaniladi va u
bilan shifrmatnni rasshifrovkalashning imkoni mavjud emas. Xuddi shuningdek,
shaxsiy kalit bilan ma’lumotni shifrlash imkoni ham mavjud emas. Shifrmatnni
rasshifrovkalash esa faqat shaxsiy kalit egasiga joiz. Demak, shaxsiy kalit egasi
tomonidan xavfsiz saqlanishi va o‘zidan boshqa hech kimga ma’lum bo‘lmasligi
kerak.
3.Xesh funksiyalar. Ma’lumotni xeshlash uning yaxlitligini kafolatlash
maqsadida amalga oshirilib, agar ma’lumot uzatilishi davomida o‘zgarishga
uchrasa, uni aniqlash imkoni mavjud bo‘ladi. Xesh-funksiyalarda odatda kiruvchi
ma’lumotning uzunligi o‘zgaruvchan, chiqishda esa o‘zgarmas uzunlikdagi
qiymatni qaytaradi. Zamonaviy xesh funksiyalarga MD5, SHA1, SHA256, 0 ‘z DSt
1106:2009 larni misol sifatida keltirish mumkin.
Odatda kriptografiyada ma’lumotlarnishifrlashda (rasshifrovkalashda) ikki
turdagi akslantirishlardan foydalaniladi. Ulardan biri о ‘rniga qo yish (substitution)
akslantirishi, ikkinchisi о ‘rin almashtirish (permutation) akslantirishi.
О‘rniga qoyish akslantirishi. Ushbu akslantirish sodda va zamonaviy
simmetrik kriptografik algoritmlarning asosi hisoblanadi. O‘rniga qo‘yish
akslantirishida, ochiq matn simvollari bir alfavitdan olinib, unga mos shifrmatn
simvollari boshqa bir alfavitdan olinadi.
Sodda ko‘rinishda olingan o‘rniga qo‘yish akslantirish amali asosida shifrlash
uchun olingan matn quyida keltirilgan. Ushbu sodda shifrlash usuli Sezar nomi bilan
mashhur. Masalan, agar ochiq matn “HELLO” ga teng bo‘lsa, unga mos holda
shifrmatn “KHOOR” ga teng bo‘ladi. Mazkur holda shifrmatn alfaviti ochiq matn
alfavitidan 3 ta pozisiyaga surish natijasida hosil qilingan va shuning uchun shifrlash
kalitini 3 ga teng deb hisoblash mumkin (5.1-jadval). Rasshifrovkalash jarayonida
esa shifrmatn simvollari shifrmatn alfavitidan olinib, unga mos ochiq matn
alfavitidagi simvollarga almashtiriladi. Masalan, shifrmatn “ILUVW” ga teng
bo‘lsa, unga mos ochiq matn “FIRST” ga teng bo‘ladi.
1-jadval
O ‘rniga qo‘yish akslantirishiga misol
O
ch
iq
mat
n
A B C D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V W X Y Z
Sh
ifr
mat
n
D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V W X Y Z A B C
O‘rin almashtirish akslantirishi. Ushbu akslantirishga ko‘ra, ochiq matn
simvollarining o‘rni biror qoidaga ko‘ra o‘zaro almashtiriladi. Bunda ochiq matnda
ishtirok etgan simvollar shifrmatnda ham ishtirok etib, faqat ularning o‘rni
almashgan bo‘ladi (3-rasm).
3-rasm. Sodda o‘rin almashtirish usuliga misol
|