Kalit (key), yoki kriptoo‘zgaruvchi (cryptovariable) - o‘zgartirishlar oilasidan
birini tanlashni ta’minlovchi kriptografik algoritmning qandaydir parametrlarining
muayyan qiymati.
Kriptotizimning “qora quti” sifatidagi ko‘rinishi 1 - rasmda keltirilgan.
1-rasm. Kriptotizimning “qora quti”sifatidagi ko‘rinishi
Kriptotizimni ikki tarkibli algoritm va kalitdan iborat
ekanligiga asoslangan
holda
Kerkgoff prinsipini eslatib o‘tish lozim. Ushbu prinsipga binoan faqat kalit
sir saqlanishi, shifrlash algoritmi esa ochiq bo‘lishi lozim.
Bu degani, agar niyati
buzuq algoritmni bilgan taqdirda ham tizim obro‘sizlanmaydi.
Kalitni esa
almashtirish mumkin. Klod Shennon ushbu prinsipni “Dushman tizimni biladi” deb
ta’riflagan.
Aksariyat hollarda foydalanuvchilar ma’lumotni shifrlash va kodlash
tushunchalarini bir xil deb tushunishadi. Aslida ular turlicha tushunchalardir.
Kodlash - ma’lumotlarni osongina asliga qaytarish uchun hammaga (hattoki
hujumchiga ham) ochiq bo‘lgan sxema yordamida ma’lumotlarni boshqa formatga
o‘zgartirish. Kodlash ma’lumotlardan foydalanish qulayligini ta’minlash
uchun
amalga oshiriladi va hamma uchun ochiq bo‘lgan sxemalardan foydalanadi.
Shifrlash jarayonida ham ma’lumot boshqa formatga o‘zgartiriladi. Biroq, uni
faqat ma’lum shaxslar (rasshifrovkalash kalitiga ega bo‘lgan shaxslar) qayta
o‘zgartirishi mumkin bo‘ladi. Shifrlashdan asosiy maqsad ma’lumotni maxfiyligini
ta’minlash bo‘lib, uni qayta o‘zgartirish ba’zi shaxslar (rasshifrovkalash kalitiga ega
bo‘lmagan shaxslar) uchun cheklangan bo‘ladi.
Kriptografiya va
steganografiya fan sohalari o‘xshashlikga ega bo‘lganligi
sababli, aksariyat hollarda ularni chalkashtirish kuzatiladi.
Steganografiya - bu maxfiy xabarni sohta xabar ichiga berkitish orqali aloqani
yashirish hisoblanadi.
Boshqacha aytganda, steganografiyaning asosiy g‘oyasi -
maxfiy ma’lumotlarning mavjudligi haqidagi shubhani oldini olish.
Kriptografiyada jo‘natuvchi faqat ochiq matn ko‘rinishidagi xabar yuborishi
mumkin. Bunda u xabarni ochiq tarmoq (masalan, Internet) orqali uzatishdan oldin
shifrlangan matnga o‘zgartiradi. Ushbu shifrlangan
xabar qabul qiluvchiga
kelganida yana oddiy matn ko‘rinishiga qaytariladi. Umumiy holda ma’lumotni
shifrlashdan asosiy maqsad (simmetrik yoki ochiq kalitli kriptografik tizimlar
asosida - farqi yo‘q) - ma’lumotni maxfiyligini qolganlardan sir tutish.