kattaligi ta’sir ko‘rsatadi. Baraban tezligining oshishi bilan tola bo‘lakchalariga ko‘rsatiladigan
zarb ta’siri ko‘payadi va tola bilan nuqsonlarlarni bog‘lab turuvchi kuchni yengish osonlashadi.
Pichoqlar va kolosniklar orasidagi razvodkaning kamayishi bilan bo‘lakchalarning
maydaroq bo‘lishini ta’minlashga erishiladi. Natijada nuqsonlar ajralishi
yengillashib tozalash
samaradorligi ham ortadi. Kolosniklar orasidagi razvodka kattalashsa ham tozalash
samaradorligi ortadi, chunki kattaroq tirqishdan iflosliklar va nuqsonlarning o‘tishi
yengillashadi.
Kolosniklar orasidagi
razvodka tolalar turiga, ifloslik darajasiga qarab yopiq, yarim
ochiq va to‘la ochiq holatda o‘rnatiladi. Yopiq holat kimyoviy tolalar
va toza tolalar uchun
qo‘llanilsa, yarim ochiq va to‘la ochiq holatlar paxta tolasining ifloslik darajasiga qarab
qo‘llaniladi.
Bitta mashina uchun tolali maxsulotni tozalash samaradorligi
quyidagi formula bilan
aniqlanadi.
R=S
ch
/S
t
•100
%
.
S
ch
– 1 tonna aralashmaga ishlov berilganda ajralgan chiqindilar tarkibida mavjud qattiq
iflosliklar va xas cho‘plar, kg.
S
t
-1 tonna aralashma tarkibidagi qattiqiflosliklar va xas cho‘plar, kg.
Titish-tozalash agregati uchun tolali maxsulotni tozalash samaradorligi quyidagi formula
bilan
aniqlanadi
.
%
100
*
/
)
...
(
2
1
t
n
ч
ч
ч
агр
S
S
S
S
R
S
ch1
, S
ch2
, ... S
chn
- alohida mashinalarning chiqindilari tarkibidagi qattiq ifloslik va xas
cho‘plar, (kg) (1tonna aralashmaga ishlov berilganda).