Gorizontal ta’minotli bir barabanli tozalagich sxemasi.
Tozalashda qatlamning bir myo’rda uzatilishi muhim ahamiyatga ega. Tolali qatlam
gorizontal, vertikal va qiya holatda ta’minlovchi juftlar tomonidan tozalash organiga uzatiladi.
Tozalash mashinalarida bunkerli ta’minlash usuli ham qo‘lanilmoqda.
Pichoqli qoziqli, shtiftli, egilgan tishli barabanlar bilan
jihozlangan tozalagichlar
mahsulotni erkin xolatda tozalashda ko‘proq qo‘llaniladi. Ular bir-biridan barabanlar soni,
mahsulot yo‘nalishi hamda barabanlarning o‘rnatilishi (qiya, gorizontal, vertikal) bilan
farqlanadi.
Tolali mahsulotni yirik iflosliklardan erkin xolatda tozalashda baraban ostiga ajratuvchi
pichoqlar, har xil shakldagi kolosniklar, perfosirtlar o‘rnatiladi.
Kolosniklar
uch qirrali, egilgan va to‘g‘ri plastinkali tuzilishlarga ega. Uch qirrali
kolosniklardan ko‘p holatlarda yaxlit panjaralar tashkil etiladi va bu holatda alohida
kolosniklarni o‘z o‘qiga nisbatan burish orqali kolosniklar va ishchi organlar o‘rtasidagi
razvodka o‘zgartirilib kerakli tozalash samaradorligiga erishiladi.
a)
b)
Kolosniklar
a)
, ularning o‘rnatilishi
b)
.
Kolosnikli panjaralarni ishlatishning quyidagi kamchiliklari mavjud:
Yigirishga yaroqli tolalar nuqsonlar bilan birgalikda chiqindilar kamerasiga o‘tib
ketadi.
Chiqindilar kamerasidagi yengil nuqsonlar havo oqimining ta’sirida kolosniklar
orasidan surilib tolali aralashmaga qaytadan qo‘shilishi sodir etiladi.
Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida tozalash mashinalarida
quyida keltirilgan
moslamalar ishlatilmoqda.
Tozalash moslamalari
1- yo‘naltiruvchi
parrak
2- uruvchi pichoq
3- so‘ruvchi qurilma