• Aerodinamik tozalagichlar
  • CL-C 3 modelidagi uch barabanli tozalagich




    Download 0,59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet18/18
    Sana24.05.2024
    Hajmi0,59 Mb.
    #252905
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
    Bog'liq
    3 маруза (1)

    CL-C 3 modelidagi uch barabanli tozalagich
    Mazkur tozalagichda ignali, arratishli organlar birga qo‘llanilgan bo‘lib, tozalash tizimi
    qisqaligi bilan ajralib turadi. Ushbu mashina kalta va o‘rta tolali paxtani tozalashda samarali
    ishlatilmoqda. SLYeANOMAT sistemasidagi tozalagichlarni mahsulot bilan ta’minlashda
    ta’minlovchi aralashtiruvchi, bunkerli qurilma, tituvchi tozalovchi va aralashtiruvchi mashinalar
    ishlatilishi mumkin. Tozalagichda texnologik jarayon quyidagicha amalga oshadi.
    Transportyor ustiga to‘shalgan tola bo‘lakchalaridan bir tekis qalinlikka ega bo‘lgan qatlam
    ezuvchi valik yordamida hosil qilinadi. Zichlangan tolali qatlam ezuvchi valik va ta’minlovchi
    silindrlar yordamida birinchi qabul barabaniga uzatiladi. Uning sirti ignali bo‘lib, unda dastlabki
    tarash (tozalash) amalga oshadi. Uning sirtidan tolalar soat strelkasi bo‘yicha aylanuvchi
    ikkinchi tozalovchi qabul barabaniga o‘tadi. Bu barabanning sirti arra tishli garnitura bilan
    qoplangan. Uchinchi barabandan chiqayotgan tola bo‘lakchalari 80% gacha alohida tolalarga
    ajratilganligi tufayli havo oqimi yordamida osongina garnitura tishlaridan ajratib olinadi.
    Birinchi va uchinchi baraban ostiga, ikkinchi barabanning ustiga tozalovchi moslama o‘rnatilgan
    bo‘lib, u uruvchi pichoq, yo‘naltiruvchi parrak va so‘ruvchi qurilmadan iborat. Ushbu moslama
    titilgan va maydalangan tola bo‘lakchalaridan nuqsonlarni ajralishiga xizmat qiladi.
    Aerodinamik tozalagichlar
    Aerodinamik tozalagichlarning vazifasi tolani chang va kalta tolalardan tozalashdan
    iborat. Aerodinamik tozalagichlarning ishlash prinsipi ikki xil bo‘lib, ularning birinchisi metall
    parchalari va boshqa og‘ir jismlar inersiya kuchi tola inersiyasidan farqlanishiga, ikkinchisi esa
    perfosirtlarning ikki tomonida havo bosimining farqlanishiga asoslangan. Aerodinamik
    tozalagichlar bunkerli yoki quvurli ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.


    Dunyo mamlakatlarining to‘qimachilik korxonalarida Sekuromat, Seporamat, Dustex,
    LT, LTB va ASTA, SP-MF, SP-F kabi aerodinamik tozalagichlar paxta tolasini tozalashda
    samarali ishlatilmoqda.
    Aerodinamik tozalagichlar bir biridan konstruksiyasi va ishlashi bilan farq qiladi.
    «Tryuchler» firmasining DUSTEX DX tozalagichida texnologik jarayon quyidagicha amalga
    oshiriladi.
    DUSTEX DX
    rusumli changsizlantiruvchi
    mashinaning texnologik sxemasi.
    1-potrubka, 2-pnevmoo‘tkazgich, 3-
    yunaltirgich, 4-perfosirt, 5-kamera tubi, 6-to‘rli
    teshik, 7-ventilyator, 8-
    pnevmoo‘tkazgich, 
    9-chang 
    kamerasi,
    10-chiqindi kamerasi, 11- potrubka.
    Tolali bo‘lakchalar so‘ruvchi ventilyator 1 yordamida pnevmoo‘tkazgich 2 dan o‘tib,
    tolalarni bir me’yorda tarqatib beruvchi moslama - zaslonka 3 orqali to‘rli sirt 4 ga urilib,
    tezligini yo‘qotib pastga tusha boshlaydi. Bunkerning quyi qismi 5 da joylashgan to‘rli teshik 6
    dan havoni so‘rib oluvchi ventilyator 7 tolalarni pnevmoo‘tkazgich 8 ga uzatadi. Ajralgan chang
    va kalta tolalar perfosirt 4 teshiklaridan o‘tib chang kamera 9 ga, kalta tolalar esa kamera 10 ga
    tushib, pnevmoo‘tkazgich 11 da haydovchi ventilyator yordamida filtr kamerasiga yuboriladi.
    Changsizlantirilgan tolalar tutami ventilyator 7 orqali keyingi mashinaga uzatiladi.
    Mashinaning ishlashi kompyuter yordamida boshqariladi.

    Download 0,59 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




    Download 0,59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    CL-C 3 modelidagi uch barabanli tozalagich

    Download 0,59 Mb.
    Pdf ko'rish