• Uniclean B11 bir barabanli tozalash mashinasi
  • Asosiy tozalash mashinalari
  • Tozalash mashinalarining turlari




    Download 0,59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet15/18
    Sana24.05.2024
    Hajmi0,59 Mb.
    #252905
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
    Bog'liq
    3 маруза (1)

    Tozalash mashinalarining turlari
    Yigirish korxonalarida qo‘llanilayotgan tozalash mashinalarini shartli ravishda uch turga
    ajratish mumkin: Dastlabki, asosiy va aerodinamik tozalash mashinalari. Titib tozalash
    agregatlarida tozalash mashinalarining yuqoridagi tartibda ishlatilishi tolalarning shikastlanishi
    kamayishiga va mahsulot sifati oshishiga xizmat qilmoqda.
    Dastlabki tozalash mashinalariga qiya tozalash mashinalari, bir va ikki barabanli tozalash
    mashinalari misol bo‘la oladi. Ushbu mashinalarda qozikli, pichoqli, shtiftli garnituralar
    ishlatiladi. Tolali mahsulotni tozalash asosan erkin holatda amalga oshiriladi.
    To‘qimachilik korxonalarida Uniclean B11 (Rieter), MAXI-FLO, CL-P, SP-MF
    (Trutzschler) dastlabki tozalash mashinalari samarali ishlatilmoqda.
    Uniclean B11 bir barabanli tozalash mashinasi
    Tola gorizantal yo‘nalishda ta’minlanib ikki-uch o‘ramli vintsimon troyektoriyada
    harakatlanib, tozalash masofasi uzaytirilganligi tufayli samarali tozalanadi. Qoziqli barabanning
    takroriy zarbiy ta’sirlari ostida tolalar titilib tozalanadi. Tolaning ta’minlanishi va chiqishi
    barabanga nisbatan o‘q bo‘ylab yoki ko‘ndalang yo‘nalgan bo‘lishi mumkin.
    a)b)
    Bir barabanli qoziqli tozalagich
    a)
    - kolosniklarning o‘rnatilishi;
    b)
    - tolaning tozalashdagi harakat troyektoriyasi.
    Barabanlar sirtidagi qoziqlarning zichligi har xil bo‘ladi. Tolalarning ifloslik darajasiga
    qarab qoziqlar siyrak yoki zich holatda o‘rnatiladi.
    Asosiy tozalash mashinalari


    Asosiy tozalash mashinalarida qisilgan yoki erkin holatda harakatlanayotgan tolalar
    takroriy zarbiy kuchlar ta’sirida jadal titilib samarali tozalanadi.Asosiy tozalash mashinalari bir,
    ikki, uch va to‘rt barabanli bo‘lib, ular ignali va arra tishli garnituralar bilan jihozlangan. Tola
    shikastlanmasligi uchun barabanlar tezligi 15 % oshirilib, dastlab yirik va siyrak ignalar so‘ngra
    o‘rtacha zichlikdagi va oxirida esa mayda zich arra tishli garnituralar qo‘llaniladi. Titilish
    darajasi bu mashinalarda 0,1 mg ni tashkil kiladi.
    Asosiy tozalash mashinalarida tolalarning bir ishchi organdan ikkinchisiga
    shikastlanmasdan o‘tishini ta’minlash maqsadida garnituralarning kiyalik burchagi birinchisidan
    oxirgisiga qarab kamaytirilgan.
    Asosiy tozalagichlarning ishlashi chimdib titishga, ya’ni ishchi organlarida qisilgan
    (ushlab turilgan) tola tutamiga ignali yoki arra tishli sirt bilan ta’sir ko‘rsatishga asoslangan.
    Asosiy tozalash mashinalariga UNIflex B60 (Rieter), CL-C 1, CL-C 3, CL-C 4
    Sleanomat sistemasi (Trutzschler), V 37, V 38 (Marzoli) modellari misol bo‘la oladi.

    Download 0,59 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




    Download 0,59 Mb.
    Pdf ko'rish