|
) Emotsional ta’sirchanligi yuqori sababli, ular og’riq, noxush ta’m, rang va hidga o’ta
|
bet | 3/17 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 123,11 Kb. | | #138285 |
Bog'liq 3-Ma’ruza Mavzu Yоshiga qarab beriladigan dorilar. Bolalarga, y-www.fayllar.org7) Emotsional ta’sirchanligi yuqori sababli, ular og’riq, noxush ta’m, rang va hidga o’ta
sezgir bo’ladilar;
8)
1 yoshgacha himoya tizimi rivijlanmagan bo’ladi;
9)
7-8 yoshgacha yutish refleksi yaxshi rivojlanmagan
I. Pеdiatriya amaliyotida qo’llaniladigan suyuq va qattiq dori turlari XI-DF talablari va
O’zRSSVgini buyruqlari bilan tasdiqlangan qo’llanmalar: „Dorixona muassasalarida suyuq dori
turlarini tayyorlash bo’yicha qo’llanma” (29.12.2002 y. 582-sonli buyruq); „Dorixona
muassasalarida tayyorlanadigan dori turlarining sifatini baholash bo’yicha qo’llanma”
(29.12.2002 y. 583-sonli buyruq); „Dorixona sharoitida tayyorlangan dori vositalarini sifatini
yaxshilash borasida” yo’riqnomasining 2-ilovasi (21.04.2000 y. 195-sonli buyruq); „Dorixona
muassasalarida stеril va asеptik dorilar tayyorlash bo’yicha qo’llanma” (28.04.2003 y. 198-sonli
buyruq); „Dorixona muassalari tomonidan tayyorlanadigan va idishga jihozlanadigan dori
vositalarni tashqi bеzagiga doir qoidalar” (15.04.2002 y. 177-sonli buyruq) asosida va dori
moddani fizik-kimyoviy holatini hisobga olib tayyorlanadi.
Dori vositaning bola organizmiga ta’sir etish reaksiyasi turlicha bo‘lib, u ko‘p omillarga
bog‘liqdir va oldindan qanday ta’sir ko‘rsatishni bilish qiyin. Bolalarning har bir hayot davri o‘ziga
hos xususiyatlari bilan ajralib turadi va ular asab, endokrin, mushak, yurak qon-tomir va boshqa
tizimlarni rivojlanishiga bog‘liq. Shu sababli standart bola bo‘lmaganidek, organizmga ham dori
vosita standart ta’sir ko‘rsatmaydi. Masalan, morfin yangi tug‘ilgan chaqaloqning nafas tizimi
faoliyatini osongina to‘htatib, salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, narkoz uchun beriladigan natriy
oksibutirat esa bunday ta’sir ko‘rsatmaydi. Noradrenalin aniq ravishda yangi tug‘ilgan
chaqaloqning arterial qon bosimni ko‘taradi, efedrin esa bunday ta’sirni sezilarli ravishda
namoyon etmaydi.
Bolalar ulag‘ayishi bilan ayrim preparatlarga (aminazin, adrenalin), chidamlik pasaysa,
boshqalarga (morfin, rezerpin) esa ortib boradi, uchini turdagi dori vositalarga (fenamin, atropin)
esa to‘lqinsimon o‘zgarishi kuzatiladi.
Bolalarni rivojlanishiga qarab dori vositalarning terapevtik dozalari ham bir tarzda
o‘zgarmasligi aniqlangan. Shu sababli kattalar dozasidan kelib chiqqan holda bolalar uchun
mo‘ljallangan dozani hisoblash notug‘ri deb hisoblash mumkin. Shuning uchun, bolalar dozasini
hisoblamasdan, klinik sinovlarga asoslangan holda beligalish to‘g‘ri bo‘ladi. Ushbu usulda
aniqlangan
dozalar
Davlat
Farmakopeyasi
tomonidan
huquqiylashtirilib,
retseptlar
ma’lumotnomalarida va dori preparatlar annotatsiyalarida e’lon qilinadi.
Bolalar uchun mo‘ljallangan dori preparatlar dozasini turlicha ifodalashadi: 1 kg tana
massasiga, tana sathi birligiga yoki yoshiga qarab. Bular ichida dozani tana sathi hisobidan
belgilash eng maqsadga muvoffiq bo‘lib, bola yoshiga qarab belgilangan doza esa taxminan deb
topilgan. Ayrim xorijiy davlatlardan keltirilgan dori preparatlarning jihozlariga maxsus chizg‘ich
qo‘shib qo‘yilgan bo‘ladi, ushbu chizg‘ich bolaning antropometrik parametrlariga ko‘ra dori
preparat dozasini aniqlashga imkon beradi (1-ilova).
II. Bolalaruchuntayyorlanadigandorilardozasinitekshirish:
Rp: Streptocidi 3,0
Sirupi sacchari 5 ml
Aquae purificatae 100 ml
M.D.S. Bir dеsеrt qoshiadan kuniga 3 mahal(7 yoshli bolaga).
Bolalarga suyuq dori turlari osh qoshiqda (15 ml), desert (bol) qoshiqda (10 ml), choy
qoshiqda (5 ml) yoki maxsus menzurkalar va dozatorlar yordamida o’lchab beriladi.
|
| |