KALSILAKS shamchalari
Tarkib:
Natriy gidrokarbonat 0, 20
Kalsiy laktat 0,10
Askorbin kislotasi0,05
Kakao moyi 2,0
Bu shamchalar quyish usuli bilan tayyorlanadi. Ta’siri 10-15 daqiqadan so‘ng namoyon bo‘ladi.
Bolalar shamchalarining o‘ziga xos tomonlari:
1. XI DF ko‘rsatmasi bo‘yicha bolalarga mo‘ljallangan shamchalar og‘irligi 0,5 - 1,5g oralig‘ida
bo‘lishi kerak va albatta shifokor tomonidan 1 shamcha - og‘irligi retseptda ko‘rsatilishi
lozim;
2. Asosan suvda erimaydigan asoslar qo‘llaniladi;
3. Ta’sir etuvchi moddalarning dozalariga e’tibor berish lozim.
Shamchalarning ijobiy tomonlarini hisobga olgan holda, hozirda ularning takomillashtirilgan
shakllari tavsiya etilmoqda. Ulardan biri bu rektal kapsula va rektiolalar. Rektal kapsulalar jelatin
(64-70%) va glitserin (30 - 36 %) aralashmalaridan tayyorlangan va suspenziya, emulsiya,
pastasimon yoki suyuqliklarni joylashtirish uchun mo‘ljallangan mayda idishcha ( giloflardir).
Ularning afzallik tomonlariga, shamchaga nisbatan yordamchi moddaning miqdori kamligi,
saqlash sharoitlari uncha cheklanmagan va issiq iqlimga ega bo‘lgan mamlakatlarda ishlatish
qulayligi. Rektal kapsulalarning ko‘rinishi noksimon, konussimon, tuxumsimon bo‘lishi mumkin
va bolalar amaliyotida ishlatish juda ham qulay.
Pediatriya amaliyotida antibiotiklar, analgetiklar, trankvilizatorlar, tinchlantiruvchi,
spazmolitik ta’sirga ega bo‘lgan rektal kapsulalar qo‘llaniladi.
Bolalar amaliyotida rektiolalar keng ishlatilmokda. Bu dori
turlari rektal pipetkalari yokimikroklizmalari deb ham yuritiladi.
Ular 3-5 ml hajmli, plastmassadan yasalgan elastik
idishchalardir ( konteynerlar). Rektiolalar ko‘rinishi 2- rasm
keltirilgan.
Rasm 1.Rektiola- rektal pipetka
Rektiolalar ichki qismiga suyuq yoki quyuk dorivor moddalarni joy-lashtirish mumkin va
ular bir marta ishlatishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Rektiolalarni afzallik tomonlari: uzoq muddat
saqlanishi, shamchalarga ko‘ra tezrok ta’sir ko‘rsatishi, ishlatilishi nisbatan gigienikligi, dozasi
aniq bo‘lishi, ishlatilishi qulayligi.
Rektiolalar tarkibida xloralgidrat, gormonlar, barbituratlar va har hil surgi dorilar kiritilish
mumkin. Rektal dorilardan tashqari bolalar amaliyotidasurtmalar keng qo‘llaniladi. Bolalarga
surtmani yaratishda ularning teri tuzilishi va fiziologiyasini o‘ziga xosligi hisobga olinadi. Ularga
taklif qilinayotgan surtmalarni tayyorlashda asosga katta ahamiyat beriladi. Masalan, vazelin va
lanolin tarkibli asos uncha to‘g‘ri kelmaydi. Shuning uchun bolalarga mo‘ljallangan surtmalarda
ko‘pincha emulsion va gidrofil asoslarni ishla-tish tavsiya etiladi.
Emulsion asoslar. Bu asoslar moyning suvdagi yoki suvning moydagi emulsiyalarini hosil
qiladi. Ular teridan suv bilan oson yuvilib, o‘zida erigan moddalarni tez ajratish xususiyatiga ega,
surtmalar tayyorlanganda kam yog‘ sarflanadi.Emulsion asoslardan tayyorlangan surtmalardan
dori moddasini tez so‘rilishi, ularning tarkibidagi emulgator (SFM) hisobiga ta’minlanadi.
Emulgatorlar sifatida lanolin, emulgator T-2, emulgator N-1, tvin-80, spenlar, setil spirti keng
qo‘llaniladi. Masalan, asos komponentlari sifa-tida PEG -300 va 4000, setil spirti, monooleat, tvin-
80 va suv qo‘llanilishi mumkin. Bunday asoslar yumshoq konsistensiyaga ega bo‘ladi va bolaning
nozik terisiga engil surtiladi. Misol, bolalargamo‘ljallangan antigistamin preparatlarni saqlovchi
surtmalaruchun gidrofil asosni (PEG, propilen-glikol, sorbitaning monopalmitati (spen-40) va
suvdan iborat bulgan asos ) ishlatish tavsiya etiladi. Undan tashqari, bolani terisini nozikligini
hisobga olgan holda, surt-malar tarkibiga terini gaz - havo almashishiga to‘sik bo‘ladigan, terini
quritadigan xususiyatga ega bo‘lgan moddalarni kiritilishi cheklangan bo‘lishi lozim.
Hozirgi vaqtda rivojlangan mamlakatlardagi asosiy ijtimoiy- tibbiy muammolardan biri-
qariyalar sonini o‘sishidir. SHundan kelib chiqqan holda qariyalarning farmakoterapiyasiga
tegishli savollar katta ahamiyatga ega va dolzarb hisoblanadi. "Geriatriya" - bu tibbiyotning bir
sohasi bo‘lib, odam organizmini qarish mexanizmlarini va qariyalarda kasalliklarni rivojlanishi,
davolash va profilaktikasi kabi masalalarni o‘rganish uning asosiy vazifalarini tashkil etadi.
Geriatrik yoshi o‘rtacha hisobda 60 yoshdan boshlanadi va quyidagi davrlarga, o‘z
navbatida, bo‘linadi:
-keksalik davri-60-74 yosh
-qariyalik davri 75-90 yosh
-uzoqyashovchilar 90 yosh dan keyin.
Maxsus geriatrik dorilarni yaratish zarurligi chambarchas, organizmni qarish oqibatida,
tanada muhim o‘ziga xos biokimyoviy, fiziologik, anatomik va psixosomatik o‘zgarishlar sodir
bo‘lishi bilan bog‘liq (tizim, a’zo, to‘qi-malarda).
Ulardan asosiylari:
1. O‘rtacha 20% gacha hayotiy muhim bo‘lgan tana a’zolarining vazni (jigar, yurak) kamayadi.
Lekin bunga qaramasdan yog‘larning miqdori o‘rtacha 10-20% ko‘payadi. Shu o‘zgarishlar
dorilarning oddiy dozalarda berilganida qondagi belgilangan miqdoridan yuqori bo‘lgan
konsentratsiyasini hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin, oqibatda dorilarning salbiy ta’siri
oshadi;
2. Tanada tarqalgan suv miqdori o‘rtacha 10-15% kamayadi, ayniqsa 75 yoshdan keyin esa bu
son 18-20% gacha teng bo‘ladi. Undan tashqari, hujayralarining tarkibidagi suv miqdori ancha
kamayadi. Shu o‘zgarishlar dori moddaning organizmda to‘la tarshqalishiga yo‘l qo‘ymaydi,
ayniksa suvda eruvchan preparatlarning farmakokinetikasi o‘zgarishi mumkin;
3. Oshqozon-ichak shiralarining ishlab chiqarilishi susayadi. Ayniqsa, oshqozondagi kislota
muhiti o‘zgaradi, bu esa dorilarning erish tezligiga (tabletkalarda, kapsulalarda) ta’sir
ko‘rsatadi. Masalan, o‘rtacha 30% ga so‘rilish tezligi va 58% so‘rilish jarayonining
samaradorligi pasayadi. Ayniqsa, salitsilatlarning, barbituratlarning, antibiotiklarni, sulfa-
nilamidlarning so‘rilishi susayadi va oqibatda dorilarning ta’sir ko‘rsatish vaqti cho‘ziladi
hamda mahalliy salbiy ta’siri oshadi;
4. Dorilarning metabolizmida qatnashadigan ferment sistemalarining faoliyati ancha susayadi,
ayniqsa jigarda dorilarni enzimatik parchalanish reaksiyalar tezligi sekinlashadi. Bu esa
iste’mol qilingan dorilarning va ularning parchalangan mahsulotlarini (metabolitlarini)
organizmda to‘planishiga olib kelishi mumkin. Natijada dorilarning salbiy ta’sirlarini
kuchayishi kuzatiladi;
5. Qariyalar yoshida buyrak faoliyati o‘zgaradi. Bu esa dorilarni orga-nizmda kumulyasiyasiga
sabab bo‘ladi;
6. Qon zardobidagi albumin fraksiyasining tarkibi o‘zgaradi va oqibatda dori moddalarni oqsillar
bilan bog‘lanish darajasi pasayadi va dorilarni tanada transportlash jarayoni o‘zgaradi. Buning
natijasida terapevtik dozalarda qabul kilingan preparatlarning qonda uzoq vaqt davomida
yuqori konsentratsiyasi bo‘lishiga sabab bo‘ladi;
7. Shu bilan birgalikda qariyalarning vegetativ asab sistemasining fao-liyati susayadi, oqibatda
ko‘p hollarda moslanish ( adaptatsiya) jarayonlari o‘zgaradi;
8. Qariyalarda asosiy hayotiy muhim vitaminlar, mikroelementlarning etish-movchiligi kuzatiladi
( so‘rilish jarayonlari o‘zgarishi oqibatida).
Yuqorida keltirilgan qariyalarning organizmining fiziologik, anatomik o‘zgarishlari
dorilarni ta’sirini boshqacha kechishiga, ya’ni farmako-kinetikasini o‘zgarishiga, salbiy
reaksiyalar darajasini keskin oshishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Masalan, agar o‘rta yoshdagi odamlarda dorilarning salbiy ta’siri, o‘rtacha hisobda 10,2%
tashkil etsa, 75-80 yoshdagi kasallarda bu son 20,3% ga etishi mumkin. 90 yoshdan so‘ng bu
ko‘rsatkich 24% gacha etishi aniqlangan. Ayrim paytlarda dorilarning paradoksal (ya’ni teskari
kutilmagan ta’siri bo‘lishi mumkin).
Demak, maxsus geriatrik dorilar yaratilishi dolzarb muammo va geriatrik yoshidagi
bemorlar farmakoterapiyasiga aloxida e’tibor berilishi va dorilarning so‘rilish jarayonini
o‘zgarishini hisobga olish lozim /ayniqsa peroral usul bilan iste’mol qilingan dorilar uchun.
Qariyalarda so‘rilish jarayonining darajasi va tezligi nisbatan susayganligi uchun
dorilarning oshqozon-ichak shilliq pardalariga mahalliy salbiy ta’siri /yallig‘lanishlar, yaralar/
nisbatan yuqori bo‘ladi. Ikkinchidan, dori moddalar uzoq vaqt oshqozon-ichak yo‘llarida ushlanib
qolganligi sababli ularning gidrolitik parchalanishi darajasi ham nisbatan yuqori bo‘ladi. Bu esa
farmakoterapevtik ta’sirini kamayishiga olib keladi.
Undan tashqari kerak bo‘lgan har-xil biofaol moddalar etarli darajada organizmga
so‘rilmaydi va geriatrik yoshdagi kasallarda ko‘pincha shu moddalarning etishmovchiligi
kuzatiladi.
Shularni hisobga olgan holda, geriatrik dorilarni yaratishda albatta shu muammolarga
e’tibor berilishi lozim va geriatriya yoshidagi bemorlarga mo‘ljallangan dorilar tarkibida albatta
so‘rilish jarayonini tezlashti-ruvchi yordamchi moddalar /tenzidlar/ qo‘shish tavsiya etiladi.
Tenzidlar sifatida har-xil SFM ishlatiladi: tvinlar, letsitin, emulgator T-2, natriy lauril sulfat,
dimeksid va h.q. Undan tashqari, geriatrik dorilarni yaratishda alohida e’tibor yordamchi
moddalarni tanlashga beriladi. Qo‘shiladigan yordamchi moddalarning vazi-fasi dori turining
texnologik xususiyatini ta’minlash bilan birga, ta’sir etuvchi moddalarni qarigan organizmga
salbiy ta’siri kamaytirishga yoki bu ta’sirni oldini olishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Misol sifatida geriatriya amaliyotida qo‘llashga taklif etilgan, va makro va mikroelementlar
saqlaydigan tabletkalarni keltirish mumkin. Bu tabletkalar tarkibida yordamchi moddalar sifatida
quruq kazein va dekstran kiritilgan. Tanlangan yordamchi moddalarning vazifasi oshqozon shilliq
pardalariga makro va mikroelemantlarni yallig‘lantiruvchi ta’sirini kamay-tirish va so‘rilish
jarayonini tezlashtirish. Dekstran, YuMB bo‘lib, qovushqoq eritma hosil qiladi va oshqozon
shilliq pardalarini metallarning mahalliy yallig‘lantiruvchi ta’siridan asraydi. Kazein esa metallar
bilan kazei-nat-lar hosil qilib, ularni so‘rilishini tezlashtiradi. Natijada dorining umumiy salbiy
ta’siri bo‘lmaydi va terapevtik ta’siri oshadi.
Geriatrik kasallarga mo‘ljallangan Seduksen preparatining in’eksion eritmasi tarkibiga
Poloksamer 188 nomli yordamchi modda qo‘shiladi. Uning vazifasi preparatning eritmalarda
kristallizatsiya jarayonini oldini olib, trombozlarni sodir bo‘lishini bartaraf etish.
Undan tashqari, qariyalar organizmida vitamin, aminokislotalar va bosh-qa biofaol
moddalarning etishmovchiligi kuzatilganligi uchun, geriatriya dorilarini shu moddalar bilan
boyitish maqsadga muvofiq deb hisoblanadi.
Bu moddalar organizmni qarish jarayonini sekinlashtiradi va ular gero-protektorlar deb
ataladi. Ular ko‘pincha yordamchi terapiya preparatlari sifatida qo‘llaniladi. Shuni hisobga olgan
holda geriatriya amaliyotida dorilarni uchta guruhga bo‘lish tavsiya etiladi: .
I - guruh A-geroprotektorlar (geriatrik preparatlar);
II- guruh B-asosiy kasalni davolash uchun beriladigan dorilar;
III guruh V-bu guruhga geriatriyada ishlatilishi cheklangan preparatlar va geriatriya
yoshdagi kasallarga ko‘pincha salbiy ta’siri yuqori darajada bo‘lgan preparatlar jamlanadi.
I- guruh A- geroprotektorlar. Ular turli xil biologik faol moddalardan tashkil topgan
bo‘lib, organizmining himoya kuchlarini oshiradi, modda almashinuvini yaxshilaydi.
Geroprotektorlar antioksidant, antigipoksik ta’-sirga ega bo‘lib, to‘qimalarni qayta tiklanish,
oziqlanish faolligini oshiradi va umuman olganda organizmga tetiklashtiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Geroprotektorlarga vitamin preparatlari (kvadevit, undevit, tokoferol atsetat, vitamin A,
dekamevit), aminokislotalar (metionin) va boshqa biofaol moddalar (jenshen nastoykasi,
eleuterokokk ekstrakti, askorbin kislotasi, retinol, retabolil) kiradi.
II- Guruh B- shifokor ko‘rsatmasiga binoan kasalni davolash uchun kerak bo‘lgan dorilar.
III Guruh V- bu guruhga geriatriya amaliyotida ishlatilishi cheklangan yoki umuman
ishlatib bo‘lmaydigan dorilar kiritilgan. Ular qariyalar orga-nizmiga yuqori darajada salbiy ta’sir
ko‘rsatishi mumkinligini hisobga olib, ularni ayrim yoshdan so‘ng berish tavsiya etilmaydi.
Masalan, 50 yoshdan so‘ng ammifurin, margimush preparatlarini; 60 yoshdan keyin-
psoberan, teturam; 75 yoshdan so‘ng- apomorfin, kortikosteroidlar, kofein, morfin, kuprenil berish
tavsiya etilmaydi.
|