• YaTCh uchun mo‘ljallangan dori turlari tasnifi
  • Ichish uchun mo‘ljallangan eritmalar
  • Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga mo‘ljallangan dorilar tasnifi, texnologiyasining o‘ziga




    Download 123,11 Kb.
    bet10/17
    Sana16.01.2024
    Hajmi123,11 Kb.
    #138285
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
    Bog'liq
    3-Ma’ruza Mavzu Yоshiga qarab beriladigan dorilar. Bolalarga, y-www.fayllar.org

    Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga mo‘ljallangan dorilar tasnifi, texnologiyasining o‘ziga 

    xosligi 
    Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga mo‘ljallangan dorilarining 70 % ex tempore retseptura va 
    dorixona sharoitida tayyorlanadi. Fakat 30% gina tayyor mahsulot sifatida bo‘ladi (in’eksiyalar,
    liniment, surtmalar). Shuning uchun yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga mo‘ljallangan dorilar 
    texnologiyasiga oid masalalar dolzarb va muhim. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga mo‘ljallangan
    dorilarning asosiy qismi (17-50% ) ichish uchun suyuq dorilarga to‘g‘ri keladi, suyuq sirtga 
    ishlatiladigan dorilar miqdori-28%, poroshok va sepmalar 40% atrofida, yumshoq dori turlari –
    10%, in’eksion dorilar esa 5% ni tashkil etadi.


    YaTCh uchun mo‘ljallangan dori turlari tasnifi 
    1. Qo‘llanilishi bo‘yicha: 
    - Ichish uchun mo‘ljallangan dorilar (eritma, suspenziya, emulsiya, poroshok, suvli ajratma,
    tomchilar); 
    - Sirtga ishlatiladigan dori turlari (eritmalar, sepmalar, yog‘lar, surtmalar, ko‘z tomchilari);
    - In’eksion dori turlari; 
    - Rektal dori turlari;
    2. Agregat holatiga ko‘ra: 
    - suyuq;
    - qattiq; 
    -yumshoq;
    -gazsimon 
    Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga mo‘ljallangan dorilarning asosiy qismini suyuq dorilar tashkil etadi,
    chunki ular biofarmatsevtik nuqtai nazardan va qo‘llashda qulayligi bilan ajralib turadi. 


    Ichish uchun mo‘ljallangan eritmalar 
    Shu guruhdagi dorilardan eng qo‘llaniladigani bo‘lib, 195- buyruqning 2-ilovasining 2-
    jadvalida shu eritmalarni nomenklaturasi va texnologiyasining o‘ziga xosligi keltirilgan.



    Ichish uchun mo‘ljallangan eritmalarni tayyorlashda yuqorida keltirilgan qoidalarga rioya


    qilish lozim: (aseptik sharoitda tayyorlanishi, hajmi 10-20 ml dan oshmasligi, stabilizatorlar va 
    konservantlar qo‘shilmasligi, sterillanishi).
    Glyukozaning 5; 10; 25 % - ichish uchun mo‘ljallangan eritmalarning texnologiyasi 
    Rp.: Solutionis Glucosi 5% - 20 ml
    D.S. Yangi tug‘ilgan chaqaloqga ichish uchun. 
    Bu eritma aseptik sharoitda tozalangan suvda tayyorlanadi. Glyukozaning kerakli miqdori
    tozalangan suvda eritiladi va filtrlanadi. So‘ng shisha idishga 20 ml quyiladi, rezinali tiqin va 
    alyumin qopqoqlar bilan berkitilib, 120
    0
    S - 8 daqiqa sterillanadi. 

    Askorbin kislotasining 1 % li eritmalari


    Rp.: Solutionis Acidi ascorbinici 5% - 20 ml 
    D.S. Yangi tug‘ilgan chaqaloqga ichish uchun
    Askorbin kislotasi tozalangan, yangi qaynatilgan suvda eritiladi, filtrlanadi, flakonlarga
    to‘ldirib quyiladi, idishlar berkitilib 100
    0
    S - 30 daqiqa davomida sterillanadi. Saqlash muddati

    5 kun.
    Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni davolashda yana dibazol 0,01%, dimedrol 0,02%, kaliy iodid 0,5%, 


    glyutamin kislotasi 1%, nikotin kislotasi 0,05%, natriy bromid 1% eritmalari keng qo‘llaniladi.
    Miksturalar texnologiyasi.Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun mo‘ljallangan retsepurasida 
    quyidagi tarkibli mikstura qo‘llaniladi:
    Rp: Sol. Natrii benzoatis 2 % - 300 ml. 
    Natrii hydrocarbonatis 6,0
    Sirupi sacchari
    30 ml
    M.D.S.choy koshikdan 3 mahal 1 yillik bolaga. 
    Bu dorini aseptik sharoitda tayyorlash kerak. Natriy gidrokarbonat ch.d.a yoki x.ch. navli,
    qand sharbati - yangi tayyorlangan bo‘lishi lozim. Alohida ikkita eritma tayyorlanish lozim 
    (qand sharbatini sarg‘ayishini oldini olish uchun):
    1. Rp: Natrii benzoatis
    Natrii hydrocarbonatis aa 6,0
    Aquae purificatae ad - 180 ml 
    M.D.S.
    2.Sirupi sacchari 
    30 ml
    Aquae purificatae - 120 ml 
    Eritmalar 120
    0
    S- 8 daqiqa alohida sterillanadi va ishlatishdan oldin bir-biriga quyiladi. 


    Download 123,11 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




    Download 123,11 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga mo‘ljallangan dorilar tasnifi, texnologiyasining o‘ziga

    Download 123,11 Kb.