Qand o’rnini bosuvchi shirinlashtirgichlarni qo’llash asoslari:
Bolalar uchun tayyorlanadigan dorilarni ta'mini yaxshilash maqsadida qand o’rnini bosuvchi
shirinlashtirgichlar ham tеxnologiya amaliyotida kеng qo’llaniladi. Olinadigan shirinlashtirgichlar
miqdori qandga bo’lgan shirinlik ekvivalеntiga nisbatan quyidagi tеngalama bo’yicha hisoblanadi:
P= S/K
sh
Bu еrda P – olinadigan shirinlashtirgich miqdori, g; S – qand miqdori, g; K
sh
– shirinlik
koeffitsiеnti. Zamonaviy qand o’rnini bosuvchi moddalar va shirinlashtirgichlarni tasnifi va
ularning ta'rifi 4-5-ilovalarda kеltirilgan.
Bolalar uchun mo’ljallangan qattiq dori turlarini ta’rifi
Poroshoklar. Bolalar amaliyotida bir martalik doza saqlovchi sashe-paketchalarga
jihozlangan poroshoklarni qo’llanish iistiqbollik hisoblanadi. Bularga misol sifatida parasetamol,
vitamin (askorbin kislotasi) va aramatizator saqlovchi; tarkibida parasetamol, kofein, natriy
gidrokarbonat va limon kislotasini saqlovchi, 5 g dan qadoqlangan vishillovchi porosokni; magniy
sulfat, natriy gidrokarbonat, limon kislotasi va saxarozadan tashkil topgan Endryus mualliflik
poroshogi kabi tarkiblarni keltirish mumkin.
Quruq suspeniyalar flakonlarda ishlab chiqariladi va ishlatishdan oldin yoriqnomaga
asosan suv bilan suyultiriladi. Bularga misol sifatida antibiotik saqlovchi va zambrug’larga qarshi
preparatlar:
- grizeofulvin suspeniyasi (korrigentlar: qand, shokolad, yalpizmoyi), yalpiz moyi hidli 100
ml flakonlarda ishlab chiqariladi;
- fuzidin kislotasi, sefaleksin, ampitsillin, eritromitsin suspenziyalari (korrigentlar: qand,
shokolad, yalpiz moyi), yalpiz moyi hidli 100 ml flakonlarda ishlab chiqariladi. Bunda bola
organizmining bir qator xususiyatlarni inobatga olish kerak: o’ziga hos texnologiya,
biosamaradorligi, oshqozon-ichak shilliq qavatini dori vositaning qitiqlovchi ta’siridan
himoyalash, turli yoshdagi guruhlar uchun dozalash, qabul qilish qulayligi.
Sefaleksin suspenziyasi to’ldiruvchi sifatida qand, sirt faol va quyuqlashtiruvchi moddalar
qo’shilgan granula xolida ishlab chiqariladi va yuqori biosamaradorlikni namoyon etadi.
Ampitsillin suspenziyasi tarkibida glukoza va sirt faol moddalarni saqlashi sababli
namlanishi yaxshilanganligi kuzatiladi.
Fenoksimetil penitsillin suspenziyasi tarkibida quyidagi korrigentlar qo’shiladi: limon
kislotasi, malina essensiyasi, qand.
Farmatsevtika sanoatida yana quyidagi suspenziyalar ishlab chiqariladi: baktrim, lеvorin,
tioridazin, pirantеl, salazopiridazin va b.
Granulalar. Bolalar uchun mo’ljallangan granulalarga misol sifatida "Kalmagin" antiatsid
ta’sirga ega preparatni keltirish mumkin:
Kalsiykarbonat 3,0
Magniykarbonat 4,5
Natriygidrokarbonat 3,0
Natriykarboksimеtiltsеllyuloza 0,3
Qand 63,45
Aerosil 0,75
Granulalar bankalarda 75gdan ishlab chiqariladi. Qabul qilishdan oldin yangi qaynatilgan
va sovitilgan suvda eritiladi.
Yosh bolalar uchun mo’ljallangan glyutamin kislotasi, mеzapama va prozеrin granulalari
ham ishlab chiqariladi. Ularni ishlatishdan oldin yangi qaynatilgan va sovitilgan suvda eritish
lozim.
Yoshi kata bolalarga esa tabletka, draje, kapsulalar ishlatiladi.
Tabletkalar. Bolalarga mo’ljallangan tabletkalar faqat dozasi bilan farqlanmay, balki
belgilangan fizik-kimyoviy va biofarmatsevtik omillarga ega bo’ladi. Shuningdek tabletkalar
qobiq bilan qoplanadi. Bolalar uchun mo’ljallangan aminazin, lеvomitsеtin stеarat, analgin,
allaxol, furadonin, fеnobarbital, kaliy arotat, atsеtilsalitsil kislotasi, eritromitsin, butadion,
dimеdrol tabletkalari bular jumlasidan.
Bugungi kunda bolalar uchun vishillovchi tabletkalar ham ishlab chiqariladi, ulardan ta’mi
tuzatilgan saturatsiya (mikstura)lar tayyorlanadi.
Roche firmasi (Bеlgiya) askorbin kislotasi, piridoksin gidroxlorid, kaltsiy karbonat,
vitamin D
2
moyli eritmasini saqlagan vishillovchi tabletkalarni ishlab chiqariladi.
Kapsulalar. Bolalar uchun mo’ljallangan kapsulalar asosan jelatinadan tayorlangan
kapsulalar ishlatiladi, chunki ular bir qator afzalliklarga ega: tashqi omillardan himoyalash, noxush
organoleptic xossalarni niqoblaydi, allergic reaksiyalarni chaqirmaydi, oson yutiladi. Bugungi
kunda pediatriya amaliyotida antibiotik, vitamin, sulfanilamid, jumladan, sulfatiazol, fеnatsеtin,
pipеrazin adipinat, vitamin B
2
, shuningdek ich ketish, surgi va yo’talga qarshi preparatlar
kapsulalangan holda ishlab chiqariladi. Masalan, anemiya kasalligini davolash uchun tarkibida
temir sulfat saqlagan “Konefron” kapsulalari hamda tarkibida polivitaminlar saqlovchi kapsulalari
keng qo’llaniladi.
Pastilkalar(lot. pastillae) – plastic holdagi dori va gel hosil qiluvchi (jelatin, arabelimi, qand
va b.) yordamchi moddalar aralashmasiga shakl berish yoli bilan olinadigan va og’iz bo’shlig’ida
so’rish yoki ichish uchun mo’ljallangan qattiq dori turi. So’ngi yillarda pediatriya amaliyotida
ta’mi tuzatilgan suyuq dori turlari bilan bir qatorda pastilkalar ham ishlatiladi. Masalan,
polivitaminlar va mikroelementlar saqlovchi “Pikovit” pastilkalari.
Yoshi 7-8 yildan oshgan bolalarga qattiq dori turlari - tablеtka, drajе, kapsulalar qo’llash
tavsiya etiladi.
Davlat Reestrida keltirilgan pastilkalar nomenklaturasi asosan so’rish va chaynash uchun
mo’ljallangan.
Draje– ichish uchun mo’ljallangan qand ustiga (massasi 0,025g) dori va yordamchi
moddalarni obakilash yo’li bilan olinadigan va dozalarga bo’lingan qattiq dori turi. Draje olishda
qand, kraxmal, patoka, asosli magniy karbonat, bug’doy uni, kakao, etiltselluloza, bo’yovchi va
boshqa yordamchi moddalar ishlatiladi.
Dori va yordamchi moddalar eritma yoki suspenziya holida kiritiladi. Drajelar obakilash
qozonida olinadi, usti esa mum va qattiq moylar eritmasi bilan qoplanadi.
Bolalar uchun polivitaminli “REVIT”, “UNDEVIT”, spazmolitik ta’sirga ega “TIFEN” va
boshqa drajelar ishlab chiqariladi.
Bolalar uchun mo’ljallangan dori vositalarni jihozlash masalalari. Dori vositalarining
yoqimli rangi va shirin ta’mi ko‘pincha bolalarni zaharlanishiga sababchi bo‘lmoqda, ayniqsa 2-3
yoshdagi ko‘daklarni. Shu sababli bolalar ochmaydigan idishlarni yaratish muammosi mavjud.
Bugungi kunda turli firmalar tomonidan ishlab chiqariladigan bolalar uchun mo‘ljallangan dori
turlari maxsus katta bosim bilan qiyin ochiladigan qopqoqli “PET” idishlarga, maxsus penallarga
qadoqlanadi. Bolalarga mo‘ljallangan dori turlarini yaratishda muhim vazifalardan biri – bu bir
martalik jihozlarni yaratishdir. Ushbu jihozlar polimer materiallardan tayyorlanadi va dori
preparatni maksimal ravishda barqarorligini ta’minlaydi va yordamchi moddalar miqdorini
kamaytirishga yordam beradi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning va katta odamlarning farmakoterapiyasi ancha farqlanadi.
Bu farq yangi tug‘ilgan chaqaloqlar organizmi anatomik, fiziologik, biokimeviy reaksiyalar
kechishi tomonidan o‘ziga xosligiga bog‘liq va bu yoshdagi bolalarga dorilarni tayyorlash alohida
e’tiborni talab etadi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar organizmining deyarli barcha tizimlari etarli rivojlanmaganligi
uchun dori moddalarga bo‘lgan reaksiyalar ayrim xolatlarda keskin o‘zgarish mumkin(kutilmagan
darajada). Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar organizmning anatomik va fiziologik tomondan o‘ziga xos
taraflari dorilar farmakokinetikasiga (so‘rilish, metabolizm, tarqalish va eliminatsiya
jarayonlariga) sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar organizmining o‘ziga xos asosiy tarafi mikroorganizmlarga sezgirligi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va 1 yoshgacha bo‘lgan bolaning immun sistemasi to‘lik
rivojlanmaganligi uchun, ularga beriladigan dorilar mikrobiologik tarafdan toza emasligi katta
havf to‘g‘dirishi mumkin(infeksiya, pirogen reaksiya va sh.o‘). Undan tashqari, dori tarkibidagi
mikroblar ta’sir etuvchi moddaning fizik-kimyoviy xususiyatlarini o‘zgartirish, zaharli
moddalarni paydo bo‘lishiga sababchi omil hisoblanadi.
1. Ferment, gormonal sistemalari etarli rivojlanmaganligi uchun, dorilarni so‘rilish,
biotranformatsiya va eliminatsiya jarayonlari o‘zgacha bo‘lishi mumkin;
2. Gematoensefalik to‘sik to‘la rivojlanmaganligi uchun dorilarga qo‘shiladigan
konservantlar, stabilizatorlar miyaga salbiy ta’siri ko‘rsatish mumkin;
3. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning teri tuzilishi o‘ziga hos bo‘lib, (nozik va yupqa),
yuqori rezorbtiv xususiyatga ega. Shuning uchun sirtga ishlatiladigan dorilarda) ayniksa sepma,
surtma va h.q. mikrobiologik tarafdan tozaligiga yuqori talab qo‘yiladi va "B" guruhidagi
moddalarni ishlatish ehtiyotlik bilan olib borilishi lozim;
4. Tananing gidratatsiya darajasi nisbatan yuqori. YAngi tug‘ilgan chaqaloqlarda tanadagi
suv miqdori 75% tashkil etadi. Bu qo‘rsatkich katta odamlarda 58% atrofida bo‘ladi. Undan
tashkari,hujayraaro suyuqlikni almashinuvi sutkada 50% tashkil etadi (14%kattalarda). Ko‘rsatib
o‘tilgan farqlar suvda eruvchan moddalarni tarqalishiga va ularni tez hujayraaro suyuqlikga o‘tish
va undan chiqib ketishini belgilaydi;
5.
Jigarningqonzardobidandorimoddalarniajratibolish
(shimish)
darajasinisbatanpast.
Undantashqari,dorimoddalarjigarhujayralaridaqisqavaqtushlanadi.
Yuqoridagidorilarmetabolizmjarayonigasezilarli ta’sirko‘rsatishmumkin;
6. Dori moddalarni tanadan buyrak orqali chiqib ketish tezligi sust ( 50% gacha buyrakning
moddalarni chiqarish qobiliyati pastroq) bo‘lganligi sababli, kumulyasiya hodisalarini namoyon
bo‘lishi, hamda toksik va terapevtik dozalarning orasida farq kamaishiga asos bo‘lishi mumkin;
7. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning qon zardobidagi oqsillar bilan dori moddalarni
bog‘lanish darajasi etarli emasligi, preparatlarni qonda yuqori konsentratsiyasini uzoq vaqt
davomida bo‘lishiga olib keladi;
8. Oshqozonning pH muhiti o‘zgacha. Yangi tug‘ilgan bolada, hayotining birinchi oylarida,
bu ko‘rsatkichi - 5,8 atrofida bo‘ladi. Yuqorida keltirilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlar
organizmining o‘ziga xos taraflari, ularga yaratiladigan dorilar yuqori talablarga javob berishini
taqozo etadi.
Ulardan asosiylari:
a) mikrofloradan tozalangan (steril) bo‘lishi, chunki immun tizimi to‘liq rivojlanmagan;
1.
konservantlar va stabilizatorlar saqlamaslik, gematoensefalik to‘sik va ferment-
gormonal tizimlarning faoliyati etarli darajada emasligi uchun ;
2.
terini yuqori rezorbtiv xususiyatlarini hisobga olgan holda, teriga surtiladigan,
sepiladigan dorilarni ehtiyotlik bilan qo‘llash lozim. Ayniqsa mentol, anestezin, yod saqlovchi
preparatlarni va borat kislotasi. Hozirgi klinikadagi ma’lumotlarga ko‘ra, borat kislotasini bolalar
amaliyotida qo‘llanilishida toksik reaksiyalar darajasi uning samaradorligidan yuqori bo‘lishi
aniqlanganligi uchun, uni ishlatish mumkin emas.
3.
Qator preparatlarni, ayniqsa nafas olish tizimiga ta’sir ko‘rsatuvchi, qo‘llanilishi
cheklangan bo‘lishi lozim;
4.
Ferment-gormonal tizimini faolligi etarli darajada bo‘lmaganligi uchun qator
preparatlarning qo‘llanilishi maqsadga muvofiq emas (tetratsiklin, kanamitsin, polimiksin,
baktrim, morfin guruhidagi preparatlari, indometatsin, neomitsin, salililatlar va boshq);
Demak, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga dorilar yaratishda yuqoridagilarni hisobga olish
zarur. Bu muammoga 1982 yildan boshlab e’tibor berilmokda va shu masalaga oid maxsus
buyruqlar hamda ko‘rsatmalar ishlab chiqilgan. Hozirgi vaqtda O‘zR SSV 195-buyrug‘ining
ilovasi yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga mo‘ljallangan dorilarni tayyorlanishiga tegishli maxsus
jadvallar keltirilgan. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga dorilarni tayyorlashda quyidagi asosiy
qoidalarga rioya qilish lozim:
1. Ularga mo‘ljallangan barcha dorilarning retseptlarida “Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar
uchun” maxsus belgi bo‘lishi va bolaning aniq vazni, yoshi ko‘rsatilishi shart;
2. Kuchli ta’sir etuvchi va zaharli moddalarning dozalari tekshirilishi kerak;
3. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga mo‘ljallagan hamma dorilar aseptik sharoitda
tayyorlanishi zarur, ya’ni xonalar, asbob-uskunalar, yordamchi moddalar, idishlarga ishlov
berilish kerak, hozirgi vaqtda tasdiqlangan sanitariya qoidalariga asosan (SaNPin );
4. Dorixona va davolovchi–profilaktik muassasalarida yangi tug‘ilgan chaqaloqlar dorilarini
saqlash uchun alohida joylar ( shkaflar) ajratilish lozim va ular har kuni tozalanib turishi kerak;
5. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga ichishga mo‘ljallangan eritmalar aseptik sharoitda og‘irlik
hajm usulida tayyorlanadi;
6. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga ichish uchun mo‘ljallangan eritmalar tozalangan suvda
konservant va stabilizatorlar qo‘shmasdan tayyorlanadi va eritmalar rezinali tiqin va alyumin
qopqoqlar bilan berkitilib, 195-buyruqda keltirilgan tartibda sterillanadi;
7. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar ichish uchun mo‘ljallangan eritmalar flakonlar ochilgandan
keyin darhol ishlatilishi lozim va ularni saqlash mumkin emas. Shuning uchun eritmalar 1 marta
ichiladigan hajmda tayyorlanishi lozim /10-20 ml dan/;
8. 200 ml gacha bo‘lgan hajmda eritmalarni, ayrim paytda, berish mumkin, agar eritma
darhol bir necha bolaga bo‘lib ishlatilsa. Flakonlar shifoxona bo‘limlarida ochiladi va ular steril
idishlarga quyiladi. Ochilgan flakonlardagi eritmalar darhol qo‘llanilishi lozim, ularni saqlash
mumkin emas;
9. Hamma tayyorlangan dorilar to‘lik tahlil qilinishi shart;
10. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar mo‘ljallangan dorilar kasalxona bo‘limlariga alohida
ajratilgan va muntazam yuvilib, hamda dezinfeksiya qilinadigan idishlarda berilishi lozim;
11. Ambulator retseptlar bo‘yicha, ichish uchun eritmalar dorixonada 100 ml gacha
bo‘lgan hajmda berilish mumkin va ochilgandan keyin 2 sutkagacha muzlatgichda saqlanish
lozim. Shu ma’lumot dorining yorlig‘ida belgilanish kerak.
|