Misol, geriatriyada qo‘llaniladigan insulin shamchalarining tarkibiga 5% PAV-polioksil
30-oleat, fenobarbital, benzilpenitsillin shamchalariga esa 5% natriy laurilsulfat qo‘shiladi-
maqsad moddalarni so‘rilish jarayonini tezlashtirish.
Tenzidlar sifatida shamchalarda yana T-2,letsitin, tvin-80 qo‘shish tavsiya etiladi. Geriatriya
amaliyotida dorilarni ingalyasion yo‘li bilan kiritish maqsadga muvofikdir. Buning uchun
aerozollar keng qo‘llaniladi, ayniqsa o‘pkaning o‘tkir va surunkali kasalliklarida antibiotiklar va
boshqa antibakterial preparatlarni, yurak kasalliklarida yurak glikozidlarni ingalyasion yo‘li bilan
kiritish tavsiya etiladi.
Geriatriya amaliyotida ishlatiladigan dori turlarining qariyotgan orga-nizmga faol moddani
yumshoq ta’sir ko‘rsatishiga va terapiyaning havfsizligini ta’minlanishiga alohida e’tibor
beriladi. Shuni hisobga olgan holda, geriatriya amaliyotida har xil ta’siri uzaytirilgan dori turlarini
sublingval va transdermal yo‘llari bilan kiritish maqsadga muvofiq.
Dorilarni sublingval (til ostiga) yo‘li bilan yuborish ancha ijobiy taraflariga ega:
1. dori moddaga fermentlarning ta’siri bo‘lmaydi;
2. ichak-oshqozon yo‘llaring yallig‘lanishi kuzatilmaydi;
3. dorilar nisbatan tez ta’sir ko‘rsatadi;
Misol sifatida metiltestosteron sublingval tabletkalarini keltirish mumkin. Geriatriya
yoshida stenokardiyani davolash va profilaktikasi uchun nitroglitserin preparatlarini saqlovchi
sublingval polimer pardalar (trinitrolong, izosorbilong) yaratilgan. Ular 6-7 soat mobaynida ta’sir
ko‘rsatadi. Polimer pardalarning katta kichikligi 4 x 9 x 0,15 mm va ular sintetik YuMB
eritmalaridan (MS, PVP, PAA, PVS) tayyorlanadi.
Geriatriya amaliyotida ex tempore retseptlardan (60 yoshdan oshgan bemorlarga uchun)
50% tomchilar tashkil etadi. Ulardan 90% ko‘z tomchilariga tegishli. Ko‘z tomchilarni
takomillashtirilgan va qari odamlarga qulay shakllarini ishlatish maqsadga muvofiqdir. Masalan,
ta’siri uzaytirilgan qo‘z tomchilari ( pilokarpin gidroxloridning metilsellyuloza bilan ko‘z
tomchilari), ko‘z polimer pardalari ( apilak, atropin, pilokarpin gidroxlorid, kanamitsin, neomitsin,
dikain), ko‘z terapevtik sistemalar.
Oxirgi yillarda dorilarni teri orqali ( transderal yo‘li bilan) kiri-tish maqsadga muvofiq. Teri
orqali so‘rilishini ta’minlash uchun umumiy ta’sir ko‘rsatuvchi surtmalar va hozirda rivoj topgan
transdermal terapevtik sistemalar (TTS) lar mo‘ljallangan. Surtmalarda ham, asosning tabiatiga
ko‘ra, dorilarning umumiy ta’siri ta’minlanadi. Masalan, nitroglitserin 2% surtmasi yurak
atrofidagi teri yuzasiga surtilib, nitroglitserinning qonga so‘rilishini ta’minlaydi.
Teri orqali, molekulyar og‘irligi 300-800 gacha bo‘lgan moddalarni kiri-tishning afzallik
tomonlari sublingval usuli o‘xshash bo‘ladi. Hozirda transdermal yo‘li bilan ta’sir etuvchi
moddani organizmga kiritish uchun zamonaviy dori turlari- TTS larni geriatriya amaliyotida
ishlatish maqsadga muvofiq. TTS geriatriyada qo‘llanilishi quyidagi afzallik tomonlarga ega:
a) dori moddalarni ta’siri uzaytirilganligi ta’minlanadi;
b) dori modda tanadan tashqarida joylashgan bo‘ladi;
v) dori moddalar bir tekis (bir me’yorda) tanaga so‘riladi;
g) dori moddalarga ichak-oshqozon sistemasi fermentlarning ta’siri
bo‘lmaydi
Oxirgi yillarda Nitroderm, Minitran, Nitrodur, Deponit, nitroglitserin saqlovchi TTS lar
keng qo‘llaniladi. TTS larning batafsil ta’rifi VIII- bobda keltirilgan.
Respublikamizda ham geriatriya masalalariga e’tibor berilmoqda. 2001 y yanvar oyida “Ibn
Sino” nomli Gerontologik markaz tashkil etildi. 2002 y noyabr oyida Toshkentda “Gerontologiya
va geriatriyaning dolzarb muammolari” mavzudagi ilmiy-amaliy anjuman o‘tqazildi.