3-ma’ruza. Molekulyar biologiya, molekulyar genetika va ularning zamonaviy usullari




Download 1.77 Mb.
bet1/6
Sana17.05.2023
Hajmi1.77 Mb.
#60633
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
biologiya 1 kurs sirtqi — копия (3)
Документ Microsoft Word (2), 3- tashabbus (3).Bayoni, 1-3 test, @Multi level test, Документ Microsoft Word, muammoli metod , BUXGALTERIYA HISOBIDA RAQAMLASHTIRISH TEXNOLOGIYALARI, bb3, 123321123, boshlang ich sinflarda tenglik tengsizlik va tenglamalarni o`rgatish, 315 buyruq, ЭЪЛОН~1, Elekt xujjat aylan, 1 A (1)

3-MA’RUZA. MOLEKULYAR BIOLOGIYA, MOLEKULYAR GENETIKA VA ULARNING ZAMONAVIY USULLARI.

Molekulyar biologiya - hayotning asosiy xususiyatlari namoyon bo’lishini molekulyar darajada o’rganadigan fan. Molkulyar biologiyaning muhim yo’nalishlariga irsiy axborotni amalga oshirish mexanizmlari va hujayraning genetik apparati strukturasi xamda funkstional tuzilishini tekshirish (molekulyar genetika), viruslarning hujayra bilan o’zaro ta’siri mexanizmlarini o’rganish (molekulyar virusologiya), organizmning immun reakstiyalari konuniyatlarini aniqlash (molekulyar immunologiya), energiyaning hosil bo’lishi va o’zgarishining molekulyar asoslari (molekulyar bioenergetika) va boshqalar kiradi. Molekulyar biologiya hayotiy hodisalarni makromolekulalar, ya’ni oqsil va nuklein kislotalar yoki juda sodda tuzilishga ega bo’lgan xayotiy ob’ektlar - hujayra komponentlari, ya’ni mitoxondriy, xloroplast, ribosoma, yadro, hujayra membranalari, viruslar va prionlar darajasida tekshiradi.


Molekulyar biologiya XX asrning 50-yilarida biokimyo fanidan ajralib chiqdi va mustaqil fan sifatida shakllandi. Molekulyar biologiya terminini birinchi marta ingliz olimi U. Astberi qo’llagan. Molekulyar biologiyaning vujudga kelishi ko’pincha F. Krik va J. Uotson tomonidan 1953 yilda DNK molekulasi gipotetik modelining kashf etilishi bilan bog’lanadi. Bu modelda DNKning biologik funkstiyasi uning kimyoviy tuzilishi bilan bog’liq ekanligi ko’rsatilgan.
Molekulyar biologiya fani hayotni paydo bo’lishini molekulyar darajada o’rganadi, ya’ni tirik organizmlarning asosiy xossalari, o’sishi va rivojlanishi, ko’payish va differenstiyalanish, irsiyat va immunitet, harakatlanish va tashqi muhitga moslashish va boshqa juda ko’p biologik makromolekulalarning molekulyar asosini o’rganishga va tushuntirishga qaratilgan fan.
Molekulyar biologiyaning fan tariqasida dunyoga kelishi Jeyms Uotson bilan Jeyms Krikning kashfiyotiga bog’liq. Bu olimlar tomonidan DNK dezoksiribonuklein kislotasining modeli kashf etilgan, ya’ni DNK molekulasi qo’sh spiral tuzilishga ega ekanligini isbot qildilar (1953). Bu kashfiyot irsiy belgilar qanday saqlanadi va avloddan-avlodga qanday o’tadi, degan muammolarni ham hal qilish imkoniyatini berdi.
«Transkripstiya» va «Translyastiya» mexanizmlar aniqlandi. So’ngra genetik kodlarni «molekulyar genetikadagi» muammolari xal qilindi. Genetik kod muammosini hal qilinishi avvalo qaysi nukleotid yoki nukleotidlar to’plami qanday aminokislotani ifodalashi mumkin, degan masalani hal qilishdan iborat.
1953 yilda Gamov (AQSh) genetik kod 3 ta nukleotid to’plamdan tripletlikoddan tashkil topgan bo’lishi kerak, degan g’oyani ilgari surdi.
Haqiqatan ham, bunda 4 xil nukleotid yordamida 64 ta kombinastiya hosilqilish mumkin. 1961 yil boshlarida ingliz olimi Krik genetik kod muammosining matematik analiziga asoslanib, kod haqiqatda ham tripletli xarakterga ega, degan xulosaga kelgan. Triplet Krik ifodasiga ko’ra kodon deb nomlangan.
Molekulyar biologiya kompleks fan hisoblanadi, chunki u yuksak molekulyar organik birikmalarning tuzilishi haqidagi eng so’nggi ilmiy ma’lumotlariga asoslanadi.


Download 1.77 Mb.
  1   2   3   4   5   6




Download 1.77 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



3-ma’ruza. Molekulyar biologiya, molekulyar genetika va ularning zamonaviy usullari

Download 1.77 Mb.