1 - Amaliy mashg’ulot
Konstruktorlik xujjatlarining yagona tizimi standartlari bo’yicha chizmalarni rasmiylashtirish
umumiy qoidalari. O`zDSt 2.301:96, O`zDSt 2.302:97, O`zDSt 2.303:97, O`zDSt 2.304:97.
O’qituvchi boshchiligida XChI bajarish.
Kirish
Fan va texnika jadal sur‟atda rivojlanayotgan hozirgi paytda yangi texnalogiyadan foydalanib
dars o‟tish davr talabidir. Kelajakda yoshlarimiz yuksak madaniyatli, o‟tkir bilimli hamda o‟z kasbining
etuk mutahassislari bo‟lishlarida maorif sohasining hissasi juda katta bo‟lib, ta‟lim uchun kerakli
bo‟lgan barcha ishlarni amalga oshirmoqdalar. Shu nuqtai nazardan bu tayyorlangan ko‟rgazmalar
o‟quvchilarga mavzuni yanada tushunarli bo‟lishiga yordam berishi bilan birga o‟qituvchilarni
yangi
texnik vositalar yordamida sifatli dars o‟tishlariga imkon beradi. Ayni vaqtda dars samaradorligini
oshirish maqsadida yangi texnalogiyalardan foydalanib dars o‟tish dolzarb masalalardan biridir.
Bu texnikaviy ko‟rgazmalardan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining “Chizmachilik”
faniga tegishli bo‟lgan darslarida ham foydalanishlari mumkun. “Chizmalarni rasmiylashtirish” va
“Chizma geometriya asoslari” bo‟limlariga tegishli bo‟lgan mavzularga oyid ko‟rgazmalar berilgan.
Masalan: chizmachilik asboblari, chizmachilik asboblarini qo‟llash, formatlar, chiziq turlari,
masshtablar, yozuvlar, o‟lchamlar qo‟yish, tutashmalar, to‟g‟ri ko‟pburchaklar va egri chiziqlar,
chizmalarni qayta tuzish (aylantirish va almashtirish) usullari, geometrik jismlar proyeksiyalari, ularni
tekislik bilan kesishishi, geometrik jismlarni o‟zaro kesishuvi haqidagi mavzular ketma-ketligiga qarab
mos ravishda ko‟rgazmalar berilgan. Bu tayyorlangan chizmalar va yozma ravishda keltirilgan
tushunchalar to‟plami o‟qituvchiga dars davomida vaqtdan unumli foydalanish imkonini berishi bilan
birga, o‟quvchilarga mavzuni yanada yaxshiroq tushunib etishlarida yordam beradi. Chunki o‟qituvchi
“Chizmachilik'” fanini har bir chizmasini chizib ko‟rsatishi va tushuntirishi jarayonida ajratilgan
vaqtning 70-80 foizini o‟tkazib yuboradi. Natijada o‟quvchilar chizmani to‟laligicha ko‟chirib olishga
vaqt etkaza olmaydilar. Bu holatda
Tavsiya qilinayotgan chizmani bir necha yo‟l bilan o‟quvchilarga ko‟rsatish mumkin. Tasvirni
ekranga uzatishni bir necha texnik vositalar yordamida amalga oshiriladi. O‟qituvchining imkoniyatini
hisobga olgan holda “Videoglaz-televizor”, ”Videoglaz-multimedia-proyektor”,
kodoskop va hokazo
texnologiyalar orqali amalga oshiriladi.
O‟quvchilar etlektron ko‟rgazmalaridan kompyuter honalaridagi kompyuterlar xotirasiga yozib
olib foydalanishlari ham mumkin.
5