1.6-chizma. Diagonal masshtab, 50 mm = 1 mm (Berilgan masshtab =
).
Proportsional masshtablar.
Bir masshtabdan to‟g‟ridan-to‟g‟ri boshqa bir masshtab qurish mumkin. Shu sababli yangi masshtab
oldingisiga proportsional. Shunga doir masala 1.7-chizmada keltirilgan. Yangi masshtab boshqa bir
original masshtabning nusxasidir, lekin
marta kattaroqdir. Masshtablarning proportsionalligi AB
chiziqning BC chiziqqa proportsional o‟zgartirilishi natijasida hosil qilingan.
1.7-chizma. 7:4 nisbatda proportsional kattalashtirilgan masshtab.
1
1 topshiriq.
1. (a) 1-chizmada ko‟rsatilgan oddiy kalitning to‟liq o‟lchamdagi chizmasi chizilsin.
1
K. Morling “Geometric and Engineering Drawing” Elsevier Ltd. Great Britain-2010. 3-8
O‟lchamlar mm da
1-chizma.
(b) Kalitni berilgan
oddiy masshtabga mos ravishda kattalashtirilgan chizmasi qurilsin. Kalit
qayta chizilmasin.
Janubiy hudud imtihon komissiyasi savoli(savollar aniq standart birliklarda qo‟yilgan)
2. 10 mm dan 1200 mm gacha bo‟lgan uzunliklar uchun 50 mm = 300 mm oddiy masshtab
qurilsin. Bu masshtabdan foydalangan holda, peremetri 1200 mm bo‟lgan uchburchak chizilsin va
tomonlari mos ravishda 3:4:6 nisbatda bo‟lsin. Har bir tomoni bo‟ylab eng yaqin 10 mm uzunlik olinsin.
Oxford mahalliy imtihon komissiyasi savoli (savollar aniq standart birliklarda qo‟yilgan;
ma‟lumot uchun 2 bo‟limga qaralsin, 1 bo‟limga emas).
3. 2-chizmada tekislikdagi oddiy shakl berilgan va AG asosda joylashgan chizmaga o‟xshash
proportsional chizma chizilsin. Barcha burchaklar chizmada ko‟rsatilgandek bo‟lishi shart.
Tomonlarning o‟lchami va joylashuvidagi uzunligi CD tomoni bilan bog‟liqdir.
Oxford mahalliy imtihon komissiyasi savoli (savollar aniq standart birliklarda qo‟yilgan;
ma‟lumot uchun 2 bo‟limga qaralsin, 1 bo‟limga emas).
O‟lchamlar mm da
4. 1 m da 40 mm ko‟rsatadigan diagonal masshtab quring. Masshtab 10 mm da boshlansin va 5
m oraliqni o‟z ichiga olsin. 4 m 780 mm oraliqni ajratib ko‟rsating.
5. 10 mm dan 8 m gacha va m o‟lchov birligini qo‟llagan holda 1 m dan 25 mm li diagonal
masshtab quring. Shu masshtabda 4 m 720 mm uzunlikda AB asosdagi ABCD to‟rtburchak quring va
BC 3 m 530 mm, AD = 4 m 170 mm, burchak ABC = 120 ° va burchak ADC = 90 ° bo‟lsin. Ikkita
diagonallarning uzunligini o‟lchang va aniqlang va perpendikulyar balandligini 10 mm uzunlikga
keltiring. Barcha burchaklar geometric jihatdan qurilsin.
Oxford mahalliy imtihon komissiyasi savoli (savollar aniq standart birliklarda qo‟yilgan;
ma‟lumot uchun 2 bo‟limga qaralsin, 1 bo‟limga emas).
6. To‟liq o‟lchamiga nisbatan 10 marta katta bo‟lgan diagonal masshtab quring. Masshtabdan
foydalanib AB tomoni 17,4 mm, BC tomoni 13,8 mm, AC tomoni 11 mm bo‟lgan ABC uchburchak
qurilsin.
Oxford va Cambridge maktablari komissiyasi savollari.
2
2
K. Morling “Geometric and Engineering Drawing” Elsevier Ltd. Great Britain-2010. 8-9.
|