• Bio-Savar-Laplas
  • 3-mavzu: elektr zaryadi va elektrostatik maydon. Elektrostatik maydondagi dielektriklar va o’tkazgichlar. O’zgarmas elektr toki,turli muhitlarda elektr toki. Toklarning bo’shliqdagi magnit maydoni. Bio-savar-laplas qonuni, amper qonuni




    Download 1.66 Mb.
    bet14/18
    Sana26.11.2022
    Hajmi1.66 Mb.
    #31956
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
    Bog'liq
    3-mavzu
    Konstruksion materiallar texnologiyasi. Mirboboyev V.A, E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!, Healthy lifestyle
    Bio-Savar-Laplas qonuni.

    Fransuz olimlari Bio va Savar toklarning magnit maydonini o’rganib, shu narsani aniqladiki, to’g’ri chiziqli va uzun simdan tok o’tkazilganda, uning hosil qilgan magnit maydonida sinov strelkasi ma’lum burchakka buriladi. Ular hosil bo’lgan magnit maydoni induksiyasi simdan oqayotgan tok kattaligiga to’g’ri, qarala’yotgan nuqtadan simgacha bo’lgan masofaga teskari proporsional ekanligini aniqladi.
    (1)
    Biroq bu munosabat faqat uzun to’g’ri o’tkazgich bo’lgan xususiy hol uchun o’rinli, xolos. Har bir alohida hol uchun magnit maydon induksiyasi bilan tok oqayotgan simlarning umumiy vazyati orasidagi bog’lanish har xil bo’ladi.
    Simdan oqayotgan tok hosil qilgan magnit maydonining induksiyasi B shu simning ayrim qismlari ta’siridan tashkil topadi. Simning alohida qismlari ΔB elementar induksiyalarni hosil qiladi. Umumiy B induksiya esa shu elementar induksiyalarining vektor yig’indisidan iborat bo’ladi. Tajribada tokning alohida qismini hosil qila olmaganimiz sababli, tok elementi hosil qilgan maydonni bevosita o’lchash mumkin emas.
    Fransuz olimi Laplas tajribadan olingan ma’lumotlarni umumlashtirib, shunday qonunni topdiki, bu qonunni ixtiyoriy shakldagi konturning elementar qismlariga nisbatan qo’llab, har qanday hollarda ham maydonning yig’indi induksiya qiymatini hisoblash mumkin. Bu qonunga asoslanib topilgan natijalar tajribada o’lchanganiga mos keldi. Shunday qilib Bio-Savar-Laplas qonuni vujudga keldi.
    Bu qonunga asosan I tok oqayotgan o’tkazgich Δl elementini fazoning biror A nuqtasida hosil qilayotgan magnit maydoni induksiyasi quyidagicha aniqlanadi.
    (2)
    bu yerda r o’tkazgichning Δl elementidan qaralayotgan A nuqtagacha bo’lgan masofa, yo’nalishi bilan tok yo’nalishi orasidagi burchak, μ – muhitning magnit singdiruvchanligi.
    Bio – Savar – Laplas qonunidan shu narsa kelib chiqadiki, berilgan tokning A nuqtada hosil qilgan magnit maydonining to’la H kuchlanganligi tok konturining fikran ajratilgan elementlarining barchasi hosil qilgan ΔH kuchlanganliklarning vektor yig’indisidan iborat bo’ladi.
    Bio-Savar-Laplas qonunidan foydalanib, toklarning magnit maydoniga doir bir qancha muammolarni hal qilish mumkin. Masalan, to’g’ri tokli o’tkazgich qilayotgan magnit maydonini, cheksiz uzun to’g’ri o’tkazgichdan magnit maydonini uzun g’altak ichidagi magnit maydonini hisoblash mumkin.


    1. Download 1.66 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




    Download 1.66 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3-mavzu: elektr zaryadi va elektrostatik maydon. Elektrostatik maydondagi dielektriklar va o’tkazgichlar. O’zgarmas elektr toki,turli muhitlarda elektr toki. Toklarning bo’shliqdagi magnit maydoni. Bio-savar-laplas qonuni, amper qonuni

    Download 1.66 Mb.