Kulon qonuni. Elektr maydonining kuchlanganligi




Download 1.66 Mb.
bet2/18
Sana26.11.2022
Hajmi1.66 Mb.
#31956
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
3-mavzu
Konstruksion materiallar texnologiyasi. Mirboboyev V.A, E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!, Healthy lifestyle
2. Kulon qonuni. Elektr maydonining kuchlanganligi.
Elektr zaryadlarining o’zaro ta’sirini fransuz olimi Kulon o’rganib, 1785 yilda tajriba yo’li bilan quyidagi qonunni yaratdi:
Ikkita nuqtaviy zaryad vakuumda zaryadlar kattaligiga to’g’ri, ular orasidagi masofaning kvadratiga teskari va bu zaryadlarni birlashtiruvchi to’g’ri chiziq bo’ylab yo’nalgan kuch bilan o’zaro ta’sirlashadi.
(1)
bu yerda q1, q2 – zaryadlar, k – proporsionallik koeffisienti
(2)
bu yerda -vakuumning dielektrik singdiruvchanligi bo’lib, unga elektr doimiysi deyiladi.

(1) va (2) dan quyidagini yozamiz:
(3)
Agar elektr zaryadlari vakuumda emas, balki dielektrik singdiruvchanligi ε bo’lgan biror muhitda joylashgan bo’lsa, Kulon qonuni quyidagicha yoziladi.
(4)
Elektr zaryadlarining o’zaro ta’sirlashishiga vosita bo’lgan materiya turiga elektr maydoni deyiladi. Zaryadlangan har bir jism atrofida elektr maydoni mavjud. Bu maydonda joylashgan har bir zaryadga Kulon kuchi ta’sir qiladi. Zaryad maydonining biror nuqtasiga kichik musbat q0 zaryad – “sinash zaryadi” qo’yilsa, unga F0 kuch ta’sir qiladi.
(5)
kattalikka elektr maydonining kuchlanganligi deyiladi.
Muayyan nuqtadan elektr maydon kuchlanganligi kattaligi jihatidan shu nuqtaga qo’yilgan musbat birlik zaryadga ta’sir qiluvchi kuchga teng va shu kuch bilan bir xil yo’nalishga ega. Kuchlanganlik birligida o’lchanadi.
Barcha nuqtalarida kuchlanganligi bir xil bo’lgan maydonga bir jinsli maydon deyiladi.
(3) va (5) dan quyidagini hosil qilish mumkin:
(6)
Maydonning kuch chiziqlarini musbat zaryaddan chiqib, manfiy zaryadga kiradi, deb qabul qilingan.


1-rasm



Download 1.66 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Download 1.66 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kulon qonuni. Elektr maydonining kuchlanganligi

Download 1.66 Mb.