• 11-rasm Grafikning OC
  • Richardson
  • 12-rasm Uch elektrodli lampaga Triod
  • Elektr yurituvchi kuch
  • -rasm Katodga nakal batareyasi B




    Download 1.66 Mb.
    bet9/18
    Sana26.11.2022
    Hajmi1.66 Mb.
    #31956
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
    Bog'liq
    3-mavzu
    Konstruksion materiallar texnologiyasi. Mirboboyev V.A, E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!, Healthy lifestyle
    10-rasm
    Katodga nakal batareyasi Bn yordamida ma’lum kuchlanish beriladi. Natijada katod qizib, undan elektronlar ajralib chiqadi. Anod batareyasi BA orqali anodga berilgan musbat potensial ta’sirida bu elektronlar anodga tomon harakat qilib, IA anod tokini hosil qiladi.
    Katod chiqish ishi kichik bo’lgan bariy, stronsiy kabi metallardan yasaladi.
    A nod kuchlanishi UA ortgani sari anod toki IA ham orta boradi. Lekin, kuchlanishning biror Um qiymatidan boshlab, anod toki maksimal Im qiymatiga erishadi. Anod tokining bu qiymatiga tuyinish toki deyiladi. Buni quyidagi grafikda ko’rish mumkin.


    11-rasm
    Grafikning OC qismi uchun Boguslavskiy – Lengmyur qonuni bajariladi.
    (2)
    bu yerda B – elektrodning shakliga, o’lchamiga va o’zaro joylashishiga bog’liq bo’lgan konstanta.
    To’yinish tokining qiymatini oshirish uchun katodning temperaturasini oshirish kerak. To’yinish tokining katod temperaturasiga bog’liqligini Richardson formulasi ifodalaydi.
    (3)

    bu yerda S- katod yuzasi, T-katod temperaturasi, A – elektronning chiqish ishi, K – Boltsman doimiysi, C – emissiya doimiysi.


    Diod bir tomonlama o’tkazish xususiyatiga ega bo’lgani uchun undan o’zgaruvchan tokni o’zgarmas tokka aylantirishda, ya’ni to’g’rilagich sifatida foydalaniladi.




    12-rasm
    Uch elektrodli lampaga Triod deyiladi. Unda katod va anod orasiga uchinchi elektrod - to’r joylashtiriladi. To’r anoddan ko’ra katodga yaqin turgani uchun to’r kuchlanishining anod tokiga ta’siri anod kuchlanishining ta’siridan katta bo’ladi. Shu tufayli to’r kuchlanishining kichik miqdorga o’zgarishi ham anod tokining ancha katta miqdorga o’zgarishiga olib keladi.
    Triodning bu xususiyati undan kuchaytirgich sifatida foydalanishga imkon beradi.
    Ma’lumki, elektr zaryadlarining tartibli harakatiga elektr toki deyiladi. Tok yo’nalishi sifatida musbat zaryadning harakat yo’nalishi qabul qilinadi.
    O’tkazgichning ko’ndalang kesimi orqali bir sekundda o’tgan Δq elektr miqdoriga tok kuchi deyiladi.
    (1)
    Vaqt mobaynida tok kuchining kattaligi va yo’nalishi o’zgarmaydigan tokka o’zgarmas tok deyiladi. Tok kuchi amperda (A) o’lchanadi. Bu Xalqaro Birliklar Sistemasining asosiy birligidir.
    Tok manbaida elektronlarni ajratuvchi kuchlarga elektr ajratuvchi kuchlar deyiladi.
    Tashqi elektr ajratuvchi kuchning manba ichida uning qutblari orasida birlik zaryadni ko’chirishda bajargan ishi tok manbaining elektr yurituvchi kuchi deyiladi.
    (2)
    Ikkinchi tomondan
    (3)
    Demak, elektr yurituvchi kuch ajratilgan tok manbai qutblari orasidagi potensiallar ayirmasiga teng.
    Elektr yurituvchi kuch Voltlarda o’lchanadi (V). Tashqi elektr zanjiri bilan tutashtirilgan tok manbai qutblaridagi potensiallar ayirmasiga tok manbaining kuchlanishi deyiladi.
    (4)
    Kuchlanish ham Voltlarda o‘lchanadi.




    1. Download 1.66 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




    Download 1.66 Mb.