• Kirxgof
  • -rasm Zanjirning uchtadan kam bo’lmagan o’tkazgichlar birlashadigan nuqtalariga tarmoqlanish tugunlari




    Download 1.66 Mb.
    bet8/18
    Sana26.11.2022
    Hajmi1.66 Mb.
    #31956
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
    Bog'liq
    3-mavzu
    Konstruksion materiallar texnologiyasi. Mirboboyev V.A, E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!, Healthy lifestyle
    9-rasm
    Zanjirning uchtadan kam bo’lmagan o’tkazgichlar birlashadigan nuqtalariga tarmoqlanish tugunlari deyiladi (A).
    Tarmoqlangan zanjirlarni nemis olimi Kirxgof o’rganib, quyidagi qoidalari aniqladi:
    1) Tarmoqlanish tugunida toklarning algebraik yig’indisi nolga teng
    (1)

    Masalan, A tugun uchun bu qoidani yozamiz.




    (2)
    2) Tarmoqlangan zanjirning berk konturiga tok manbalarining elektr yurutuvchi kuchlarining algebraik yig’indisi tok kuchining bu konturning tegishli qismlari qarshiliklariga bo’lgan ko’paytmalarining algebraik yig’indisiga teng.


    (3)
    Tarmoqlangan zanjirlar Kirxgof qoidalari yordamida oson hisoblanadi.
    Masalan, Kirxgof qoidalari yordamida o’zaro parallel ulangan murakkab zanjirlarning qarshiligini hisoblash, Uitson ko’prigi yordamida no’malum qarshilikni aniqlash mumkin.



    1. Elektron emissiya. Termoelektron emissiya.

    Metallarda doim yuqori kinetik energiyaga ega bo’lgan erkin elektronlar mavjud. Ularning energiyasi ma’lum kattalikka erishsa, metall sirtini tark etib, uchib chiqishi mumkin.
    Metallar sirtidan erkin elektronlarning uchib chiqish hodisasiga elektron emissiya deyiladi.
    Metall sirtidan uchib chiqqan elektronlar ma’lum sharoitda yana metalga qaytib tushushi mumkin. Uchib chiqayotgan va qaytib tushayotgan elektronlar orasida muvozanat mavjud.
    Elektron emissiya sodir bo’lishi uchun elektron olgan kinetik energiya uning metaldan chiqish ishiga nisbatan katta bo’lishi kerak.
    (1)
    Odatdagi sharoitda elektron emissiya juda zaif bo’ladi. Uning intensivligi bir necha usullar bilan oshiriladi.

    1. Juda katta kuchlanganlik hosil qilish ( ). Bunga “sovuq” emissiya deyiladi.

    2. Metalni juda katta tezlikkacha tezlatilgan elektronlar bilan bombardimon qilish. Bu holda metall sirtiga tushgan har bir elektron bir necha elektronni urib chiqaradi. Bunga ikkilamchi emissiya deyiladi.

    3. Manfiy zaryadlangan meall sirtiga kuchli yorug’lik oqimi tashlash. Bunga fotoemissiya deyiladi.

    4. Metalni yuqori temperaturagacha qizitish. Bunga termoelektron emissiya deyiladi.

    Termoelektron emissiya kuchli elektronlar oqimini hosil qilishga imkon beradi. U ko’pgina elektron asboblarda ishlatiladi. Jumladan undan elektron-lampalar da foydalaniladi.
    Elektron lampaning eng sodda turi diod bo’lib, u havosi so’rib olingan shisha ballon ichiga joylashtirilgan ikkita elektroddan, ya’ni katod va anoddan tashkil topgan.
    Diod zanjirga quyidagi sxema bo’yicha ulanadi.



    Download 1.66 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




    Download 1.66 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm Zanjirning uchtadan kam bo’lmagan o’tkazgichlar birlashadigan nuqtalariga tarmoqlanish tugunlari

    Download 1.66 Mb.