• 5.2. Xavo aralashmalarini ajratuvchi qurilmalar.
  • Nazorat savollar
  • 3-Mavzu. Havoni ajratish qurilmalari. Reja




    Download 0,7 Mb.
    bet5/5
    Sana14.02.2024
    Hajmi0,7 Mb.
    #156519
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    3-maruza. Хavoni ajratish qurilmalari

    Argon olish. Argonning qaynash temperaturasi azot va kislorodning qaynash temperaturalari orasida (kislorod qaynash temperaturasidan taxminan 3K past va azot qaynash temperaturasidan 10K yuqori). Shuning uchun argon xavo ajratish apparatlarining yuqori kolonnasi pastida yig‘iladi. Shu joydan 7-15% Ar bo‘lgan fraksiya linadi. 6.26-rasmda argon kolonnasini ulanish sxemasi ko‘rsatilgan. Argon kolonnasining tepasida argon xom-ashyosi (70-90%Ar) olinadi, so‘ngra undan kislorod ajratiladi.

    6.26-rasm. Xavodagi kamyob gazlarni ajratish prinspial sxemasi:


    1,2-yuqori va pastki kolonna; 3-argon kolonnasi; 4-kripton kolonnasi; 5-neon-geliy aralashmasining deflegmatori.

    Neon-geliy aralashmasi va neonni olish. Geliy va neon past temperaturada qaynovchi gazlar sifatida xavo ajratish apparatida suyulmaydi va kondensator-bug‘latgich qopqog‘i ostida yig‘ladi, bu yerda 12 - 15% li Ne va Ne neon-geliy fraksiyasi olinadi (qolgani azot). Bu aralashmani neon-geliy konsentratorga yuboriladi. Konsentrator separator va suyuq azot flegmasi bilan sovitiluvchi (T=78 - 80 K) zmeevikdan iborat. 5 - 6 kgk/sm2 bosim ostidagi aralashmadan azot kondensatsiyalanadi va Ne va Ne miqdori 50 - 60% gacha oshadi. Keyin bu konsentrat siqish va kondensatsiyalash yo‘li bilan azotdan tozalanadi. Toza neon olish uchun aralashma kondensatsiyalanadi yoki suyuq vodorod bilan muzlatiladi.


    Kripton va ksenon olish. Kripton va ksenonning qaynash temperaturalari xavoning boshqa komponentlarini qaynash temperaturasidan yuqori bo‘lgani uchun ular suyuq kislorodda konsentratsiyalanadi. Birlamchi Kr+Xe konsentratni olish uchun kislrod va kripton kolonnasiga chiqariladi, bu yerda kripton flegma bilan yuviladi. Kirayotgan kislorodning 10% kubdan konsentrat sifatida (0,1÷0,2% Kr+Xe) olinadi. Keyin konsentrat asetilendan tozalanadi va rektifikatsiya qilish va kisloroddan tozalash uchun yuboriladi.
    5.2. Xavo aralashmalarini ajratuvchi qurilmalar. Kislorod va azot olish uchun xavoni ajratish texnologik jarayoni quyidagidan iborat: xavoni chang va mexanik zarralardan tozalash; kompressorda xavoni siqish; siqilgan xavoni uglerod angidritidan tozalash; siqilgan xavoni quritish; azot va kislorod olish uchun xavoni suyultirish va rektifikatsiyalash.
    Ajratish uchun keluvchi xavo ajratilgan maxsulotlar bilan sovutiladi. Qo‘shimcha sovitishda yo‘qotiluvchi suyuqlikni konpensatsiyalash uchun biror suyultirilish sikli qo‘llaniladi.
    Xavoni tozalash uchun oddiy filtrlar (xalqali nasadkalar), 1 m3 xavoda 10 mg uglerodangdritidan tozalash uchun skrubber yoki dekorbanizatorlar ishlatiladi. Yirik qurilmalarda SO2 dan tozalashning boshqa usullari – regeneratorlarda muzlatish qo‘llaniladi.
    Xavoni uch xil usul bilan quritish mumkin: kimyoviy yo‘l – qattiq natriy ishqori, kaliy ishqori.
    Adsorbentlar-silikagel yoki aktiv glinozem; trubkali issiqlik almashinish apparati regeneratorlarda muzlatish bilan.
    Sanoat qurilmalari va ularni ishlatish vazifasiga ko‘ra turli xil texnologik sxemalarga ega bo‘ladi. Texnologik sxemalar xavoni uglekislota va namdan tozalash usullari, sovitish sikli, rektifikatsiya sxemasi bilan farqlansada, lekin umumiy ishlash prinsipi bir xildir.
    KG-300 M qurilmasi porshenli detander va regeneratorli ikkita bosim sxemasi bo‘yicha qurilgan (6.27-rasm). Havo 5,5-6 kgk/sm2 bosimgacha siqiladi. Uning asosiy qismi (75% gacha) moydan tozalangach regeneratorga 5 kiradi. Regeneratorlarda xavo ajratib olinayotgan azot bilan sovutiladi.
    Nazorat savollar
    1.Atmosfera xavosi chang va boshka mexanik aralashmalardan kanday tozalanadi?
    2.Uglerod dioksidi va suv bugidan atmosfera xavosi nima uchun tozalanadi?
    3.Atmosfera xavosi asetilendan kanday tozalanadi?
    4.Xavoni ajratish kurilmalari asosan kanday turlarga bulinadi?
    5.Xavoni bulish apparatlari kanday materiallardan yasaladi?
    6.Turbodetander nima uchun xizmat kiladi?
    7.Regeneratorni rekuperatordan asosiy farki nimada?
    Download 0,7 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 0,7 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3-Mavzu. Havoni ajratish qurilmalari. Reja

    Download 0,7 Mb.