Inventarizatsiya o‘tkazish va natijasini rasmiylashtirish tartibi




Download 127,45 Kb.
bet7/19
Sana26.01.2024
Hajmi127,45 Kb.
#146199
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
3-mavzu. Hujjatlashtirish va inventarizatsiya. Buxgalteriya hiso-fayllar.org
Buxgalteriya hisobining maqsadi va vazifalari-www.fayllar.org, Buxgalteriya hisobi registrlaridagi xato yozuvlarni tuzatish tartibi, 1-nazariy ish
3.6. Inventarizatsiya o‘tkazish va natijasini rasmiylashtirish tartibi
Inventarlashni boshlashga qadar quyidagilarni tekshirish zarur:
- inventar varaqchalari, inventar daftarlari yoki ro‘yxatlarining mavjudligi va qanday holatdaligi;
- texnik pasportlar yoki boshqa texnik hujjatlarning mavjudligi va qanday holatdaligi;
- xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan ijaraga, saqlashga va vaqtincha foydalanishga topshirilgan yoki qabul qilingan asosiy vositalarga doir hujjatlarning mavjudligi. Hujjatlar yo‘q bo‘lsa, ularning olinishi yoki rasmiylashtirilishini ta’minlash zarur.
Buxgalteriya hisobi registrlari yoki texnik hujjatlarda tafovutlar, yoxud noaniqliklar topilgan taqdirda ularga tegishli tuzatishlar va aniqlashtirishlar kiritilishi kerak.
Asosiy vositalarni inventarlashdan o‘tkazayotganda komissiya majburiy tartibda ob’ektlarni naturada ko‘zdan kechiradi va inventarlash ro‘yxatlariga ularning to‘liq nomi, vazifasi, inventar raqamlari va asosiy texnik yoki foydalanish ko‘rsatkichlarini qayd etadi.
Hisobga qabul qilinmagan ob’ektlar, shuningdek, hisob registrlarida ularni tavsiflaydigan ma’lumotlar bo‘lmagan yoki noto’g’ri ma’lumotlar ko‘rsatilgan ob’ektlar aniqlangan taqdirda komissiya inventarlash ro‘yxatiga ana shu ob’ektlar bo‘yicha etishmaydigan yoki to’g’ri ma’lumotlarni va texnik ko‘rsatkichlarni kiritishi kerak, masalan: binolar bo‘yicha - ularning vazifasi, ular qurilgan asosiy materiallar, hajmi (tashqi yoki ichki tomondan o‘lchab), maydoni (umumiy foydali maydoni), qavatlar soni (yerto‘la, yarim yerto‘la va hokazolarsiz), qurilgan yili va hokazolar; kanallar bo‘yicha - uzunligi, chuqurligi va eni (tubi va yuzasi bo‘yicha), sun’iy inshootlar, tubi va yonlarini mahkamlash materiallari, ko‘priklar bo‘yicha - joylashgan yeri, materiallar turi va asosiy o‘lchamlari; yo‘llar bo‘yicha - yo‘l turi (tosh yo‘l, profilli yo‘l), uzunligi, qoplash materiallari vamashina qatnaydigan eni va hokazolar ko‘rsatilishi kerak.
Inventarlashda aniqlangan hisobga olinmagan ob’ektlarni baholash joriy qiymat bo‘yicha o‘tkazilishi, eskirish esa ob’ektlarning haqiqiy texnik holati bo‘yicha belgilanishi, bunda baholash va eskirish to’g’risidagi ma’lumotlar tegishli dalolatnomalar bilan rasmiylashtirilishi kerak.
Inventarlash komissiyasi inventarlash vaqtida aniqlangan hisobga olinmagan ob’ektlar qachon va kimning farmoyishi bilan barpo etilganini, ularni barpo etish xarajatlari qaerga hisobdan chiqarilganini aniqlashi va buni bayonnomada aks ettirishi shart.
Foydalanishga yaroqsiz va tiklab bo‘lmaydigan asosiy vositalar inventarlash ro‘yxatiga kiritilmaydi. Ana shu ob’ektlarga inventarlash komissiyasi alohida ro‘yxat tuzib, ularni foydalanishga topshirish vaqti va ushbu ob’ektlarni yaroqsiz holga keltirgan sabablar (shikastlanish, to‘liq eskirish va hokazolar) ko‘rsatiladi. Bunday ob’ektlarni hisobdan chiqarish umumiy belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Nomoddiy aktivlarni inventarlaganda quyidagilar tekshirilishi zarur: tashkilotning ulardan foydalanishga doir huquqlarini tasdiqlaydigan hujjatlarning mavjudligi; nomoddiy aktivlar balansda to’g’ri va o‘z vaqtida aks ettirilganligi.
Kassa inventarlanganda pul mablag’lari va kassada bo‘lgan boshqa boyliklarning haqiqatda mavjudligi tekshiriladi. Qat’iy hisobdagi blanklar ham tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Hech qanday hujjatlar yoki tilxatlar kassadagi naqd pul qoldig‘iga kiritilmaydi. Kassirning kassada mazkur xo‘jalik yurituvchi sub’ektga tegishli bo‘lmagan pul mablag’lari va boshqa boyliklar borligi to’g’risidagi bayonotlari e’tiborga olinmaydi.
Naqd pul mablag’larini inventarlash dalolatnomasida boyliklar qoldig‘i inventarlash kunida naturada va hisob ma’lumotlari bo‘yicha ko‘rsatiladi va inventarlash natijasi belgilanadi.
Qat’iy hisobdagi blanklarning haqiqatda mavjudligini tekshirish blank turlari bo‘yicha u yoki bu blanklarning boshlang‘ich va oxirgi raqamlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Mazkur tekshirish natijalari maxsus ro‘yxat bilan rasmiylashtiriladi.
Banklar bilan ssudalar bo‘yicha, byudjet, xaridorlar, mol yetkazib beruvchilar, hisobdor shaxslar, ishchi va xizmatchilar, deponentlar hamda boshqa debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblarni inventarlash tegishli hujjatlar bo‘yicha qoldiqlarni aniqlash va buxgalteriya hisobi schyotlarida qayd etilgan summalarning asosliligini sinchiklab tekshirishga asoslanadi. Komissiya debitor va kreditorlar schyotlari bo‘yicha qarzlarning paydo bo‘lishi, ularning realligi va shunday bo‘lgan taqdirda, da’vo etish muddatlarini o‘tkazib yuborishda aybdor shaxslarni aniqlaydi.
Solishtirish qaydnomalari inventarlash paytida hisob ma’lumotlarida tafovutlar aniqlangan boyliklar bo‘yicha tuziladi.
Solishtirish qaydnomalarida inventarlash natijalari, ya’ni buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bo‘yicha ko‘rsatkichlar va inventarlash ro‘yxatlari (dalolatnomalari) ma’lumotlari o‘rtasidagi tafovutlar aks ettiriladi.
Ortiqcha va kam chiqqan tovar-moddiy boyliklarning qiymati solishtirish qaydnomalarida ularning buxgalteriya hisobidagi bahosiga muvofiq keltiriladi.
Inventarlash natijalarini rasmiylashtirish uchun yagona registrlar qo‘llanishi mumkin, ularda inventarlash ro‘yxatlari (dalolatnomalari) va solishtirish qaydnomalarining ko‘rsatkichlari birlashtiriladi.
Korxonaga tegishli bo‘lmagan, lekin buxgalteriya hisobida qayd etilgan (mas’uliyatli saqlanishda bo‘lgan, ijaraga olingan, qayta ishlash uchun olingan) boyliklarga alohida solishtirish qaydnomalari tuziladi.
Solishtirish qaydnomalari hisoblash va boshqa texnika vositalaridan foydalanib, shuningdek, qo‘lda tuzilishi mumkin.
Inventarlash va boshqa tekshirishlar paytida aniqlangan boyliklarning haqiqatda mavjudligi buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan farqlari quyidagicha tartibga solinadi:
- ortiqcha chiqqan asosiy vositalar, moddiy boyliklar, pul mablag’lari va boshqa mol-mulk kirim qilinishi va tegishlicha xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy natijalariga yoki byudjet tashkilotini moliyalashni (fondlarni) ko‘paytirishga qayd etilishi, keyinchalik ortiqcha chiqish sabablari va aybdor shaxslar aniqlanishi kerak;
- belgilangan me’yorlar doirasida boyliklarning yo‘qolishi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar rahbarlarining farmoyishiga ko‘ra ishlab chiqarish va muomala chiqimlariga yoki byudjet tashkilotini moliyalashni (fondlarni) kamaytirishga hisobdan o‘chiriladi. Yo‘qolish me’yorlari haqiqatda kamomad aniqlangan taqdirdagina qo‘llanishi mumkin.
Bunda belgilangan me’yorlar doirasida boyliklarning yo‘qolishi boyliklar kamomadi qayta navlarga ajratishdagi ortiqcha mol bilan hisobga olgach belgilanishiga e’tibor beriladi. Agar belgilangan tartibda o‘tkazilgan qayta navlarga ajratish bo‘yicha hisobga olingandan keyin ham boyliklar kamomadi mavjud bo‘lsa, tabiiy yo‘qolish me’yorlari kamomad aniqlangan boyliklar nomi bo‘yichagina qo‘llanishi mumkin.
Tasdiqlangan me’yorlar bo‘lmagan taqdirda yo‘qolish me’yorlardan ortiqcha kamomad sifatida qaraladi;
- yo‘qolish me’yorlaridan ortiqcha boyliklar kamomadi, shuningdek, boyliklar buzilishidan ko‘rilgan talafotlar aybdor shaxslarga yuklanadi.
Suiste’molliklar oqibati bo‘lgan kamomad va talafotlar aniqlanganda tegishli materiallar kamomad va talafotlar aniqlangandan so‘ng 5 kun davomida tergov organlariga berilishi kerak, aniqlangan kamomad va talafotlar summasiga esa fuqarolik da’vosi taqdim etiladi;
- boyliklarning yo‘qolish va boyliklar buzilishi tufayli talafotlar me’yorlaridan ortiqcha kamomadi, kamomad va buzilishlarning aniq aybdorlari aniqlanmagan hollarda, mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi to’g’risidagi nizomga muvofiq xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan ishlab chiqarish va muomala chiqimlariga hisobdan chiqarilishi yoki byudjet tashkilotida moliyalashni (fondlarni) kamaytirishga qayd etilishi mumkin.
Bunda boyliklarning yo‘qolish va boyliklar buzilishi tufayli talafotlar me’yorlaridan ortiqcha kamomadini hisobdan o‘chirishni rasmiylashtirish uchun taqdim etiladigan hujjatlarda ana shunday kamomad va talafotlarning oldini olish bo‘yicha qabul qilingan choralar ko‘rsatilishi kerak.
Boyliklar buzilishi fakti to’g’risidagi xulosalar texnik nazorat bo‘limi yoki sifat bo‘yicha tegishli inspektsiyalardan olinishi kerak.
Tabiiy yo‘qolish me’yorlaridan ortiqcha boyliklar kamomadi va buzilishini hisobdan o‘chirishni rasmiylashtirish uchun taqdim etiladigan hujjatlarda tergov yoki sud organlarining aybdor shaxslar yo‘qligini tasdiqlaydigan yoki aybdor shaxslardan zarar undirilishi rad etilgan qarorlari yoki texnik nazorat bo‘limi yoki tegishli ixtisoslashtirilgan tashkilotlardan (sifat bo‘yicha inspektsiyalar va hokazolardan) olingan boyliklar buzilishi fakti to’g’risida xulosa bo‘lishi kerak.
Qayta navlarga ajratish natijasida ortiqcha chiqish va kamomadlarning o‘zaro hisobga olinishiga birgina tekshirilayotgan davr uchun, birgina tekshirilayotgan shaxsda, birgina nomdagi tovar-moddiy boyliklarga nisbatan va ishonchli shaxs ruxsatiga ko‘ra aynan bir xil miqdorlarda istisno tarzida yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Yo‘l qo‘yilgan qayta navlarga ajratish to’g’risida moddiy javobgar shaxslar ishonchli shaxsga batafsil tushuntirish taqdim etadilar.
Moddiy javobgar shaxslar aybi bo‘lmagan holda qayta navlarga ajratishda hosil bo‘lgan qiymatdagi kamomad farqiga inventarlash bayonnomalarida bunday farq aybdor shaxslarga kiritilmasligi xususida mufassal tushuntirish berilishi kerak.
Korxona mulklari inventarizatsiyasida qo‘llaniladigan hujjatlar ro‘yxati quyidagilardan iborat:
1-ilova. Buyruq
2-ilova. Inventarlashni o‘tkazish to’g’risidagi buyruqlar bajarilishini nazorat qilish daftari
3-ilova. Qimmatliklarni inventarlash to’g’ri o‘tkazilganligining nazorat tekshiruvi dalolatnomasi
5-ilova. Inventarlashda aniqlangan natijalar qaydnomasi
6-ilova. Asosiy vositalarni inventarlash ro‘yxati
7-ilova. Inventarlash yorlig‘i
8-ilova. Tovar-moddiy boyliklar inventarlash ro‘yxati
9-ilova. Yuklangan tovarlarni inventarlash dalolatnomasi
10-ilova. Mas’ul saqlashga qabul qilingan (topshirilgan) tovar-moddiy boyliklarning inventarlash ro‘yxati
11-ilova. Yo‘lda bo‘lgan material va tovarlarni inventarlash dalolatnomasi
12-ilova. Ta’mirlanishi tugallanmagan asosiy vositalarni inventarlash dalolatnomasi
13-ilova. Kelgusi davr xarajatlarini inventarlash dalolatnomasi
14-ilova. Naqd pul mablag’larini inventarlash dalolatnomasi
15-ilova. Tilxat
16-ilova. Xaridorlar, mol yetkazib beruvchilar va boshqa debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblarni inventarlash dalolatnomasi
17-ilova. Asosiy vositalarning inventarlash natijalarini solishtirish qaydnomasi
18-ilova. Tovar-moddiy boyliklarning inventarlash natijalarini solishtirish qaydnomasi
I. Aniqlangan kamomad qiymatiga hisob narxida
D-t 5910 «Kamomad va moddiy boyliklarning buzilishi keladigan nobudgarchiliklar»
K-t «Kamomad bo‘lgan moddiy boyliklarni hisobga oladigan schyotlar» schyotlar
  1. Moddiy javobgar shaxslardan undirib olinadigan (bozor narxidagi) summaga


D-t 4730 «Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzi» (bozor narxida undirilib olinadigan summaga)


K-t 5910 «Kamomadlar va moddiy boyliklarning buzilishidan keladigan nobudgarchiliklar» (kamomadning balans qiymati)
K-t 6230 «Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar» (Moddiy javobnar shaxslardan undirib olinadigan summa bilan qiymati orasidagi farq summaga) qiymati o‘rtasidagi farq - narxlardagi farq summasiga.
III. Kamomad summasi undirilganda quyidagi buxgalteriya provodkalari beriladi.
D-t 5010 «Milliy valyutadagi pul mablag’lari» yoki 6710 «Mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisob - kitoblar»
K-t 4730 «Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimning qarzi»
Shu bilan birga moddiy javobgar shaxsdan undiriladigan summa bilan qiymatliklarning balans bahosi o‘rtasidagi farq quyidagi provodka bilan daromadga o‘tkaziladi:
D-t 6230 «Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar»
K-t 9390 «Boshqa operatsion daromadlar»
Bir davrning o‘zida va bir moddiy javobgar shaxsda bir turdagi tovar - moddiy boyliklarninng kamomadi va ortiqcha chiqishlari o‘zaro hisobga o‘tkazilishi mumkin. Bunda agar kam chiqqan boyliklar - qiymati ortiqcha chiqqanda ko‘p bo‘lsa, unda farqi aybdor shaxslar hisobiga olib boriladi.
Moddiy qiymatliklarni ortiqcha chiqishi aniqlanganda u 19 – MHBS ning 5.70 bandiga binoan kirimga olinib xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy natijalariga o‘tkaziladi. Bu muomala quyidagi provodka bilan rasmiylashtiriladi:
D-t tegishli moddiy qiymatliklarni hisobga olinadigan schyotlar
K-t 9390 «Boshqa operatsion daromadlar»
Kamomadlar yoki ortiqcha chiqishlarning har bir hodisasida farqlarning yuzaga kelishi sabablari chuqur va har tomonlama o‘rganilishi zarur.
Qiymatliklar kamomadlari buzilishdan ko‘rilgan talofatlar ustidan ayniqsa sinchiqov nazoratni o‘rgatish maqsadida buxgalteriya hisobi tizimida yuqorida keltirilgan alohida «Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan keladigan nobudgarchiliklar» nomli maxsus schyot ko‘zda tutilgan. U yig‘ib taqsimlovchi schyot bo‘lib, uning yordamida talofatlarning umumiy summasi va uning ayrim turlari bo‘yicha aniqlanib, bu summalarni tegishli schyotlarga hisobdan chiqarish uchun xizmat qiladi.
«Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan keladigan nobudgarchiliklar» schyoti - aktivdir. Uning debetida solishtiruv vedomosti asosida tovar - moddiy qiymatliklar («Materiallar», «Tayyor mahsulot», «Tovarlar» va boshqalar») schyotlaridan qiymatliklarning barcha kamomadlari va buzilishidan ko‘rilgan nobudgarchiliklar yig‘iladi. Bu schyotning krediti bo‘yicha uning debetida yig‘ilgan summalar yo‘qlama komissiyasining qaroriga binoan xarajatlar yoki aybdor shaxslar schyotlariga hisobdan chiqariladi. Buni quyida keltirilgan tasnifdan ko‘rish mumkin:
Tabiiy yo‘qolish me’yorlari chegarasidagi yoki undan yuqori bo‘lgan kamomadlar, aybdor shaxslar bo‘lmaganda, tabiiy talofat hisoblanib, paydo bo‘lgan joyiga qarab, mahsulot ishlab chiqarish tannarxini yoki davr xarajatlarini oshirish kerak. Ular qiymatliklarni haqiqiy xarakatlari bilan shu harakatni hujjatli rasmiylashritish o‘rtasidagi nomuvofiqlikni aks ettiradi. Masalan, ishlab chiqarish zahiralarining kamomadi ularni ishlab chiqarishga berilishini hujjatlarda aks ettirilganga qaraganda ko‘proq miqdorda berilganligi natijasi bo‘lishi mumkin; tayyor mahsulotning kamomadi - ularni haqiqatda olinganligiga qaraganda hujjatlar bo‘yicha ko‘proq olinganligini rasmiylashtirish natijasi bo‘lishi mumkin. Tovar - moddiy boyliklarning kamomadini ishlab chiqarish xarajatlariga hisobdan chiqarilishi yo‘li bilan shuningdek yo‘l qo‘yilgan xatolar ham bartaraf qilinadi.
Ortiqcha chiqishlar korxona ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish hisobiga tegishli qiymatliklar schyotlariga kirim qilinadi. Ortiqcha chiqishlar aniqlanganda, ularning kelib chiqish sabablari va aybdorlari surishtirib topiladi.



Download 127,45 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Download 127,45 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Inventarizatsiya o‘tkazish va natijasini rasmiylashtirish tartibi

Download 127,45 Kb.