|
-chizma. Hujjatlarni buxgalteriyada ishlash
|
bet | 6/19 | Sana | 26.01.2024 | Hajmi | 127,45 Kb. | | #146199 |
Bog'liq 3-mavzu. Hujjatlashtirish va inventarizatsiya. Buxgalteriya hiso-fayllar.org17-chizma. Hujjatlarni buxgalteriyada ishlash
Hujjatlarni guruhlash - bu ularni mazmuniga ko‘ra bir xil guruhlarga to‘plashdir. U bir xil hujjatlar bo‘yicha umumiy xulosa chiqarish imkonini beradi. Bu esa guruhlangan ma’lumotlarni ishlatishni ancha osonlashtiradi.
Guruhlashning maqsadi har xil mablag’lar yoki manbalar bo‘yicha ma’lum davr uchun yig‘ma (umumlashgan) ma’lumotlarga ega bo‘lishdan iborat. Shu bilan birga dastlabki hisobni yuritish ham soddalashadi. Masalan, materiallar harakatiga doir hujjatlar har bir nomenklatura raqamining kirimi va chiqimi bo‘yicha; kassa hujjatlari pul mablachlarining maqsadli tushumi va sarflanishi bo‘yicha va h.k. guruhlanishi mumkin. Hujjatlarni guruhlash maxsus jamlovchi yoki guruhlovchi vedomostlarda amalga oshiriladi.
Jamlovchi vedomostlar dastlabki hujjatlarning buxgalteriyaga kelib tushishiga qarab to‘ldiriladi. Hisobot davri oxirida ularda tegishli ko‘rsatkichlar bo‘yicha jami hisob-kitob qilinadi. Masalan, sotilgan mahsulotlarni xaridorlar bo‘yicha jo‘natish jamlama vedomosti.
Guruhlovchi vedomostlar buxgalteriya hisobida aks ettiriladigan xo‘jalik muomalalari to’g’risidagi ma’lumotlarni bir tizimga keltirish uchun tuziladi. Ular ma’lum belgilari bo‘yicha tanlangan hujjatlardan ma’lumotlarni o‘tkazish bilan bir vaqtda to‘ldiriladi. Masalan, butun korxona bo‘yicha hisoblangan ish haqi va ushlanmalar turlari bo‘yicha guruhlash vedomosti.
Hujjatlarni taksirovka qilish ularda ko‘rsatilgan natural va mehnat o‘lchovlarini umumlashtiruvchi pul o‘lchoviga o‘tkazishni nazarda tutadi.
Agar xo‘jalik muomalasi natural o‘lchovlarda (metr, kg, dona va h.k.) ifodalangan bo‘lsa, ularning miqdori bir birligining bahosiga ko‘paytiriladi. Masalan, limit-zabor vedomostlarini taksirovka qilish.
Agar hujjatlarda mehnat o‘lovlari (soat, ish kuni) ko‘rsatilgan bo‘lsa, u holda vaqt birligining qiymatiga ko‘paytiriladi. Masalan, ish vaqtini hisobga olish tabelidagi ishlangan vaqt bo‘yicha ish haqi hisoblash. Hujjatlar taksirovka qilingandan so‘ng aloqa qiluvchi schyotlar va xarajat moddalari bo‘yicha kontirovka qilinishi kerak. Kontirovka qilish usullari buxgalteriya hisobining korxonada qo‘llaniladigan shakliga bog’liq.
Kontirovka – bu dastlabki va yig‘ma hujjatlarda xo‘jalik muomalasining summasi debeti va krediti bo‘yicha aks ettirilishi lozim bo‘lgan schyotlarning ko‘rsatilishi. Ushbu maqsadda ko‘pchilik dastlabki hujjatlarda maxsus joy ajratiladi (avans hisobotida, kirim va chiqim kassa orderlarida, kassa daftarida va b.).
Agar jamlanma hujjat bo‘lsa, ko‘rsatilgan yozuv uning oxirida keltiriladi.
Hujjatlarni so‘ndirish – hujjatlarda ularning ishlatilganligi to’g’risida «olindi», «to‘landi» yoki «so‘ndirildi» degan shtamplarni bosish yo‘li bilan belgi qo‘yish.
Barcha pul hujjatlari ularni qayta ishlatishning oldini olish maqsadida tezkor tarzda so‘ndiriladi. Boshqa barcha hujjatlar ular schyotlarga yozilganidan so‘ng adashib qayta yozish yoki qandaydir suiste’mollarning oldini olish uchun joriy tartibda so‘ndirilishi lozim.
Agar korxonada hisobning avtomatlashtirilgan shakli qo‘llanilsa, hujjatlarni buxgalteriyada ishlash hisob nomenklaturalarini (buxgalteriyada) tegishli xos raqam (kod) bilan belgilash va hujjatlarni pachkalarga komplektlashdan iborat bo‘ladi.
Qayta ishlangan hujjatlarga albatta tegishli belgi qo‘yilishi lozim. Bu bilan hujjatni yana qayta ishlash oldi olinadi. Agar hujjat qo‘lda qayta ishlansa, hisob registriga yozilgan muddati, agar qayta ishlash hisoblash qurilmasi orqali amalga oshirilsa, ularni qayta ishlashga javobgar nazoratchi shtamp orqali belgi qo‘yadi.
Kassa jarayonlariga asos bo‘luvchi kassa kirim va chiqim orderlariga, to‘lov vedomostlariga jarayon amalga oshirilgan zahoti qo‘lda yoki shtampda “olindi” yoki “to‘landi” degan so‘zlar muddatni (kun, oy, yil) ko‘rsatilib aks ettirilish shart.
Buxgalteriya hisobida hujjatlar xarakati, ya’ni tashkil etish yoki boshqa korxonalar, tashkilotlar, muassasalardan hisobga, qayta ishlashga, arxivga uzatish uchun olinishi ro‘yxat bilan tartibga solinadi.
Hujjat aylanishi ro‘yxatini tuzish ishlarini bosh buxgalter tashkil etadi va hujjat aylanishi ro‘yxati korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Ro‘yxatni tuzishdan maqsad, hisob ishlarini osonlashtirish, hujjat aylanishini oqilona tashkil etishdan iborat. hujjat aylanishi ro‘yxati sxema ko‘rinishida rasmiylashtirilishi mumkin. Yoki jadval ko‘rinishida bo‘lib, quyidagi rekvizitlarga ega bo‘ladi: hujjat nomi, hujjatni tuzish (nusxa soni, rasmiylashtiruvchi ma’sul, bajarilishga ma’sul, bajarilish muddati) hujjatni tekshirish (tekshirishga ma’sul, kim keltirishi, keltirish tartibi, keltirish muddati), hujjatni qayta ishlash (kim bajarishi, qayta ishlash muddati) arxivga berish (kim beradi, berish muddati), hamda ro‘yxatni tasdiqlash buyrig‘i tartib raqami va muddati, korxona muhri, korxona bosh buxgalteri va rahbari imzosi .
Korxona xodimlari hujjat aylanishi ro‘yxatiga asosan, ular faoliyatiga taalluqli hujjatlarni tuzadi va takdim etadi. hujjatni o‘z vaqtida to’g’ri to‘ldirilishi, belgilangan, muddatda takdim etilishi , ulardagi ma’lumotlar ishonchliligiga javobgarlik shu hujjatni tuzgan va imzo chekkan shaxsga yuklatiladi.
Korxona bo‘yicha hujjat aylanishi ro‘yxati bo‘yicha ishlar o‘z vaqtida bajarilishini bosh buxgalter nazorat etib boradi.
Dastlabki hujjatlar, hisob vedomostlari, buxgalteriya hisobotlari va balanslari arxivga topshirilishi majburiydir.
Hujjatlar arxivga topshirilgunga kadar buxgalteriyada maxsus binoda yoki korxona rahbari tayinlagan moddiy javobgar shaxs ma’sulligida bekitiladigan shkaflarda saqlanadi.
Qat’iy hisobdagi blankalar esa , ular saqlanishini ta’minlaydigan seyflarda, metall shkaflarda, maxsus binolarda saklanadi. Aniq bir, hisob vedomostiga taalluqli, joriy oyda qayta ishlangan dastlabki hujjatlar xronologik tartibda yig‘ilib arxivga ma’lumotnoma bilan uzatiladi.
Kassa orderlari, hisobdorlik hisobotlari, bank ko‘chirmalari ular ilovalari bilan birga xronologik tartibda yig‘iladi va taxtlanadi. Ba’zi bir hujjatlar taxtlanmasligi mumkin, ammo ular yo‘qotilishi yoki suyiste’mollikni oldini olish maqsadida tikib qo‘yiladi.
Korxona arxivida dastlabki hujjatlar, hisob registrlarini, hisobotlarni saqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi arxivi bosh boshqarmasini materiallarini saklash ko‘rsatmasiga kura, o‘rnatiladi.
Hujjatlarni buxgalteriyadan va arxivdan boshqa tarmoq xodimlariga berilishi korxona bosh buxgaletriya ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Korxonadan hujjatlarni faqat aniqlash dastlabki tergov, prokuratura va sud tashkilotlari tomonidan amaldagi qonunchilikga javob bergan xollardagi qarorlariga asosan olinishi mumkin. Hujjat olinishi bayonnoma bilan rasmiylashtirilib, uni bir nusxasi korxona tegishli ma’sul xodimiga imzo bilan beriladi. Hujjat olgan tashkilot ruxsati va vakili ishtirokida, tegishli ma’sul xodim olingan hujjatdan nusxa olishi mumkin va unda asosni ko‘rsatilishi va olingan muddati ko‘rsatilishi kerak.
3.5. Inventarizatsiya haqida tushuncha, uning ahamiyati va turlari
Inventarlashning asosiy maqsadlari mol-mulkning haqiqatda mavjudligini aniqlash, haqiqatda mavjud mol-mulkni buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan qiyoslash, majburiyatlar hisobda to’g’ri aks ettirilganligini tekshirish.
Joylashgan yeri va barcha turdagi moliyaviy majburiyatlaridan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi sub’ektning barcha mol-mulki inventarlanishi kerak.
Bundan tashqari, ishlab chiqarish zaxiralari va xo‘jalik yurituvchi sub’ektga qarashli bo‘lmagan, lekin buxgalteriya hisobida qayd etilgan (mas’uliyatli saqlanishda bo‘lgan, ijaraga olingan, qayta ishlash uchun olingan) boshqa turdagi mol-mulklar, shuningdek, biror-bir sababga ko‘ra hisobga olinmagan mol-mulk inventarlanishi kerak.
Mol-mulkni inventarlash uning joylashgan yeri va moddiy javobgar shaxs bo‘yicha o‘tkaziladi.
Quyidagi hollarda inventarlash o‘tkazilishi shart:
- mol-mulk ijaraga berilganda, sotib olinganda, sotilganda, shuningdek, davlat korxonasi o‘zgartirilgan (davlat tasarrufidan chiqarilgan) chog‘da qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda;
- yillik moliyaviy hisobotni tuzish oldidan, inventarlash hisobot yilining 1 oktyabridan kechiktirmay o‘tkaziladigan mol-mulkdan tashqari. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 28.08.98 yilda 486-son bilan ro‘yxatga olingan “Tovar-moddiy zaxiralar” deb nomlangan 4-son BHMSga binoan tovar-moddiy zaxiralar bir yilda kamida bir marta inventarlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 23.09.98 yilda 491-son bilan ro‘yxatga olingan “Asosiy vositalar” deb nomlangan 5-son BHMSga muvofiq asosiy vositalar ikki yilda kamida bir marta, kutubxona fondlari esa besh yilda bir marta inventarlanadi.
Pul mablag’lari, pul hujjatlari, boyliklar va qat’iy hisobdagi blanklar oyda bir marta, yonilg‘i-moylash materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari - har chorakda, qimmatbaho metallar - tarmoq yo‘riqnomalariga muvofiq inventarlanadi.
Ayrim joylar va mavsumiy tusda ishlaydigan korxonalarda ishlab chiqarish zaxiralari ular eng kam miqdorda qolganda quyidagi hollarda inventarlanadi:
- asosiy vositalar va tovar-moddiy boyliklar qayta baholanganda;
- moddiy javobgar shaxslar almashganda (ishlarni qabul qilish - topshirish kunida);
- o‘g‘irlik yoki suiiste’mol, shuningdek, boyliklarni ishdan chiqarish faktlari aniqlanganda;
- tabiiy ofatlar, yong‘inlar falokatlar yoki g‘ayritabiiy sharoitlar yuzaga keltirgan boshqa favqulodda vaziyatlar yuz berganda;
- xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tugatilganda (qayta tashkil etilganda) tugatish (ajratish) balansini tuzish oldidan va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Umumiy (jamoaviy) moddiy javobgarlik sharoitida inventarlash jamoa rahbari o‘zgarganda, jamoadan uning ellik foizdan ortiq a’zolari chiqib ketganda, shuningdek jamoaning bitta yoki bir nechta a’zosi talabi bilan o‘tkaziladi.
Inventarlashni o‘tkazish uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda tarkibida:
– xo‘jalik yurituvchi sub’ekt rahbari yoki uning o‘rinbosari (komissiya raisi);
– bosh buxgalter;
– boshqa mutaxassislar (muhandislar, iqtisodchilar, texniklar va hokazolar) bo‘lgan doimiy ishlaydigan inventarlash komissiyalari tuziladi..
Inventarlash komissiyasi tarkibiga xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ichki audit vakillari kiritilishi mumkin.
Ishlar hajmi katta bo‘lganda mol-mulk va moliyaviy majburiyatlarni inventarlashni bir vaqtda o‘tkazish uchun tarkibida:
–inventarlashni tayinlagan xo‘jalik yurituvchi sub’ekt rahbarining vakili (komissiya raisi);
–mutaxassislar: tovarshunos, muhandis, texnolog, mexanik, ish yurituvchi, iqtisodchi, buxgalteriya xodimi va boshqalar bo‘lgan ishchi inventarlash komissiyalari tuziladi.
Komissiya tarkibiga inventarlanayotgan boyliklar, narxlar va birlamchi hisobni yaxshi biladigan tajribali xodimlar kiritilishi kerak.
Birgina moddiy javobgar shaxslarda xuddi shu xodimni ketma-ket ikki marta ishchi inventarlash komissiyasining raisi qilib tayinlash taqiqlanadi.
Doimiy ishlaydigan va ishchi inventarlash komissiyalarining shaxsiy tarkibini xo‘jalik yurituvchi sub’ekt rahbari tasdiqlaydi (1-ilovaga binoan buyruq, qaror, farmoyish).
Inventarlashni o‘tkazish chog‘ida komissiyaning aqalli bitta a’zosi yo‘q bo‘lsa, bu hol inventarlash natijalarini haqiqiy emas, deb topish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Doimiy ishlaydigan inventarlash komissiyalari:
- boyliklar saqlanishini ta’minlashga doir profilaktika ishlarini o‘tkazadi, zarurat bo‘lganda o‘z majlislarida boyliklarning saqlanishi masalalari bo‘yicha bo‘lim, bo‘lim, sho’balar rahbarlarining axborotlarini tinglaydi;
- inventarlash o‘tkazilishini tashkil etadi va ishchi inventarlash komissiyalari a’zolariga yo‘l-yo‘riq beradi;
- inventarlash to’g’ri o‘tkazilganini nazorat tariqasida tekshiruvlarni amalga oshiradi, shuningdek, inventarlashlar orasidagi davrda saqlash va qayta ishlash joylarida tovar-moddiy boyliklarni tanlab inventarlashdan o‘tkazadi;
- inventarlash natijalari to’g’ri chiqarilganini, bazalar, omborlar, omborxonalar, bo‘limlar, qurilish uchastkalari va boshqa saqlash joylarida boyliklarni qayta navlarga ajratish bo‘yicha takliflar asosli ekanligini tekshiradi;
- zarur hollarda (inventarlashni o‘tkazish qoidalari jiddiy buzilganligi aniqlangan va boshqa hollarda) xo‘jalik yurituvchi sub’ekt rahbarining topshirig‘iga binoan takroriy yalpi inventarlashlarni o‘tkazadi;
- boyliklar kamomadi yoki ularni shikastlashga, shuningdek, boshqa buzilishlarga yo‘l qo‘ygan shaxslardan olingan tushuntirishlarni ko‘rib chiqadi va aniqlangan kamomadlar hamda boyliklarni shikastlashdan ko‘rilgan talafotlarni bir izga solish tartibi to’g’risida taklif beradilar.
Ishchi inventarlash komissiyalari:
- saqlash va ishlab chiqarish joylarida boyliklar va pul mablag’larini inventarlashni amalga oshiradi;
- xo‘jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriyasi bilan birgalikda inventarlash natijalarini aniqlashda ishtirok etadi va kamomadlar hamda qayta navlarga ajratish chog‘idagi ortiqcha chiqishlarni hisobga olish hamda tabiiy yo‘qolish me’yorlari doirasida kamomadlarni hisobdan o‘chirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
- tovar-moddiy boyliklarni qabul qilish, saqlash va berishni tartibga solish, hisobga olishni yaxshilash va ular saqlanishini nazorat qilishni tartibga solish masalalari, shuningdek, me’yordan ortiqcha va ishlatilmaydigan moddiy boyliklarni sotish bo‘yicha takliflar kiritadi;
- quyidagi hollarda:
a) xo‘jalik yurituvchi sub’ekt rahbarining buyrug’iga muvofiq inventarlashni o‘z vaqtida o‘tkazish va uni o‘tkazish tartibiga rioya qilish uchun;
b) hisob-kitoblarda tekshirilayotgan asosiy vositalar, tovar-moddiy boyliklar, pul mablag’lari va vositalarning haqiqatdagi qoldiqlari to’g’risidagi ma’lumotlar ro‘yxatga to‘liq va aniq qayd etilishi uchun;
c) tovar-moddiy boyliklarning ular narxi belgilanadigan farqlovchi belgilari (turi, navi, rusumi, hajmi, preyskurant bo‘yicha tartib raqami, artikuli va h.k.) ro‘yxatda to’g’ri ko‘rsatilishi uchun;
d) belgilangan tartibga muvofiq inventarlash materiallari to’g’ri va o‘z vaqtida rasmiylashtirilishi uchun javob beradi.
Inventarlash komissiyalari a’zolari tovarlar, materiallar va boshqa boyliklar kamomadi va ishlatib yuborgani yoki ortiqcha chiqqanini yashirish maqsadida ro‘yxatga boyliklarning haqiqatdagi qoldiqlari to’g’risida ataylab noto’g’ri ma’lumotlarni kiritganlik uchun belgilangan tartibga muvofiq javobgarlikka tortiladilar. Mol-mulkning haqiqatdagi mavjudligini tekshirishni boshlashdan oldin inventarlash komissiyasi inventarlash paytidagi eng so‘nggi kirim-chiqim hujjatlarini yoki moddiy vositalar va pul mablag’lari harakati to’g’risidagi hisobotlarni olishi kerak.
Inventarlash komissiyasining raisi hisobotlarga ilova qilingan barcha kirim-chiqim hujjatlariga “inventarlashgacha ...da (sana)” deb ko‘rsatgan holda viza qo‘yadi, bu esa buxgalteriyaga hisob ma’lumotlari bo‘yicha inventarlashni boshlash paytida mol-mulk qoldiqlarini aniqlash uchun asos bo‘lib xizmat qilishi kerak.
Moddiy javobgar shaxslar inventarlash boshlanishiga qadar mol-mulkka doir barcha kirim-chiqim hujjatlari buxgalteriya yoki komissiyaga topshirilgani va ular javobgarligiga kelib tushgan barcha boyliklar kirim qilingani, chiqib ketganlari esa chiqimga hisobdan o‘chirilgani to’g’risida tilxat beradilar. Mol-mulkni sotib olishga hisobot beriladigan summalari yoki uni olish uchun ishonchnomalari bo‘lgan shaxslar ham shunday tilxat beradilar.
Inventarlashni o‘tkazish oldidan ishchi inventarlash komissiyalari a’zolariga buyruq, komissiya raislariga esa plombir topshiriladi (inventarlash komissiyasi ishlaydigan butun ish vaqtida plombir komissiya raisida saqlanadi). Buyruqda inventarlashni o‘tkazishga doir ishni boshlash va tugatish muddatlari belgilanadi.
Agar mol-mulkni inventarlash bir necha kun mobaynida o‘tkazilsa, moddiy boyliklar saqlanayotgan xona inventarlash komissiyasi ketayotganida muhrlanishi kerak. Inventarlash komissiyalari ishida tanaffus bo‘lganda (tushlik vaqti, tunda, boshqa sabablarga ko‘ra) ro‘yxatlar inventarlash o‘tkazilayotgan yopiq xonadagi yashikda (javon, seyfda) saqlanishi shart.
Tovar-moddiy boyliklarning haqiqatda mavjudligini tekshirishga kirishishdan oldin ishchi inventarlash komissiyasi:
- yordamchi binolar, yerto‘lalar va boyliklar saqlanadigan, alohida kirish-chiqish eshiklari bo‘lgan boshqa joylarni plombalashi;
- og‘irlikni o‘lchaydigan barcha asboblar sozlanganini tekshirishi va ularni tamQalashning belgilangan muddatlariga rioya qilishi shart.
To‘satdan o‘tkaziladigan inventarlashlarda barcha tovar-moddiy boyliklar inventarlash komissiyasi hozirligida, qolgan hollarda esa - oldindan tayyorlab qo‘yiladi. Boyliklar guruhlarga bo‘linishi, navlarga ajratilishi va ular miqdorini sanash uchun qulay bo‘lgan ma’lum tartibda nomlari, navlari, hajmlari bo‘yicha joylashtirilishi kerak.
Asosiy vositalar, xomashyo, materiallar, tayyor mahsulot, tovarlar, pul mablag’lari va boshqa boyliklarni inventarlash ularning har bir joylashgan yeri va ana shu boyliklarni saqlayotgan javobgar shaxs bo‘yicha o‘tkaziladi.
Haqiqatdagi qoldiqlarni tekshirish moddiy javobgar shaxslarning (kassirlar, xo‘jalik, savdo korxonasi, omborxona, tayyorlov punkti va hokazolar mudirlari) albatta ishtirok etishi bilan amalga oshiriladi.
Inventarlash paytida boyliklarning mavjudligi albatta sanash, tarozida tortish, o‘lchash yo‘li bilan aniqlanadi.
Yetkazib beruvchining ochilmagan o‘ramida saqlanayotgan materiallar va tovarlar bo‘yicha ushbu boyliklar miqdori istisno tariqasida hujjatlar asosida, ushbu boyliklar bir qismini albatta naturada (tanlab olib) tekshirish bilan aniqlanishi mumkin. Qoplanmagan mahsulotlar og‘irligi (yoki hajmi)ni o‘lchash va texnik hisob-kitoblar asosida aniqlashga yo‘l qo‘yiladi; o‘lchash dalolatnomalari va hisob-kitoblar ro‘yxatga ilova qilinadi. Tarozida tortiladigan ko‘p miqdordagi tovarlar inventarlanganda tarozida tortish qaydnomalarini ishchi inventarlash komissiyasining a’zolaridan biri va moddiy javobgar shaxs yuritadi. Ish kuni oxirida (yoki tarozida tortish tugagach) ana shu qaydnomalar ma’lumotlari solishtiriladi va chiqarilgan yakun inventarlash ro‘yxatiga qayd etiladi. Tarozida tortish qaydnomalari ro‘yxatga ilova qilinadi.
Inventarlanadigan boyliklar va ob’ektlarning nomlari va ularning miqdori ro‘yxatlarda nomenklatura bo‘yicha va hisobda qabul qilingan o‘lchov birliklarida ko‘rsatiladi.
Ro‘yxatlarga ishchi inventarlash komissiyasining barcha a’zolari va moddiy javobgar shaxslar imzo chekadilar. Ro‘yxat oxirida moddiy javobgar shaxslar komissiya boyliklarni ularning hozirligida tekshirganini, komissiya a’zolariga nisbatan hech qanday da’volar yo‘qligi va ro‘yxatda sanalgan boyliklar mas’uliyatli saqlashga qabul qilinganini tasdiqlaydigan tilxatga imzo chekadilar.
Boyliklarning haqiqatda mavjudligini tekshirish paytida moddiy javobgar shaxslar o‘zgargan taqdirda boyliklarni qabul qilgan shaxs inventarlash ro‘yxatlariga ularni olganligi, topshirgan shaxslar esa ularni topshirganligi xususida imzo chekadilar.
Xo‘jalikka tegishli bo‘lmagan, biroq unda joylashgan boyliklarga alohida ro‘yxatlar tuziladi.
Inventarlash paytida inventarlash bo‘yicha birlamchi hisob hujjatlarining tasdiqlangan namunaviy shakllari qo‘llanilishi kerak.
Ish hayvonlari va mahsuldor mollar, parranda va asalari oilalari, ko‘p yillik o‘simliklar, ko‘chatzorlar inventarlanganda qishloq xo‘jalik korxonalari uchun tasdiqlangan ro‘yxat shakllari qo‘llaniladi.
|
| |