|
3-mavzu. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari
|
bet | 18/18 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 209,65 Kb. | | #264591 |
Bog'liq v4zvfAAF7wTAhSWCEHnIKVsS3UtrJqz82hUkh0XnXususiylashtirish – mulkka egalik qilish huquqining davlatdan xususiy va boshqa shaxslarga o‘tishi.
Davlat tassarrufidan chiqarish – mulkni davlat hisobidan chiqarilib, boshqa nodavlat mulk shakllarining vujudga keltirilishi.
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar
Taraqqiyot bosqichlarini bilishda qanday yondashuvlar mavjud?
Ishlab chiqarish usuli nima va uning tarkibiy qismlari nimalardan iborat?
Ishlab chiqarish usullarining eng muhim o‘ziga xos belgilarini ajratib ko‘rsating. Bir ishlab chiqarish usulining boshqasiga almashinishi sabablari haqida mulohaza bildiring.
Ishlab chiqarish texnologik usulining tarkibiy qismlarini sanab ko‘rsating.
Fan-texnika taraqqiyotining ishlab chiqarish texnologik usuliga ta’siri qanday?
Ishlab chiqarish texnologik usullarining bosqichlari bir-biridan nima bilan farqlanadi?
Iqtisodiy tizim nusxalarini farqlantiradigan asosiy belgilarini sanab ko‘rsating.
Mulkchilikning mohiyatiga ta’rif bering va uning turli shakllarining iqtisodiy mazmunini tushuntiring. Mulkchilikning iqtisodiy va huquqiy mazmunini ajratib ko‘rsating.
Mulk subyektlarining ko‘p darajali bo‘lishiga sabab nima? Mulkchilik shakllarining farqlanishi asosida nima yotadi?
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish nima uchun mulkchilikning turli shakllarini taqozo qiladi? Davlat mulkini uning tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish nima uchun hozirgi bosqichda obyektiv zaruriyat hisoblanadi? Xususiylashtirish bosqichlari va shakllariga tavsif bering.
Xususiylashtirishning qanday usullarini bilasiz? Bu usullardan birini tanlab olishga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?
|
| |