• Asosiy tayanch tushunchalar
  • 3-mavzu. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari




    Download 209,65 Kb.
    bet16/18
    Sana20.06.2024
    Hajmi209,65 Kb.
    #264591
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
    Bog'liq
    v4zvfAAF7wTAhSWCEHnIKVsS3UtrJqz82hUkh0Xn

    Xulosalar



    1. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti bir xilda va tekis kechmay, uni turli bosqichlarga ajratish mumkin. Mazkur bosqichlarni bilishda tarixiyformatsion, madaniylashish (sivilizatsiya) darajasi, texnika va texnologik taraqqiyot darajasi, iqtisodiy tizimlarning o‘zgarishi kabi jihatlar bo‘yicha yondashuvlar mavjud.

    2. Iqtisodiy tizim har bir davrda va makonda amal qilayotgan iqtisodiy munosabatlar – iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari, xo‘jalik mexanizmi va iqtisodiy muassasalar majmuasini o‘z ichiga oladi. Iqtisodiyot nazariyasida ko‘pincha iqtisodiy tizim tushunchasini ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi bilan bog‘lab, shu asosda dunyodagi mamlakatlar iqtisodiyoti an’anaviy iqtisodiyot, ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyoti va bozor iqtisodiyoti tizimlariga ajratiladi.

    3. Mulkchilik munosabatlari – shaxsiy, jamoa va davlat manfaatlarini o‘zida ifoda etib, ishlab chiqarish omillari va natijalaridan foydalanish borasida kishilar, jamoalar, tarmoqlar, hududlar va davlat o‘rtasidagi munosabatlar majmuasidir.

    4. Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmuni moddiy va ma’naviy ne’matlarni o‘zlashtirish borasidagi iqtisodiy munosabatlarni o‘zida aks ettiradi. Agar mulkchilikning iqtisodiy mazmuni u yoki bu obyektni o‘zlashtirish va foydalanish borasida subyektlar o‘rtasidagi munosabatlarni bildirsa, mulkchilikning huquqiy mazmuni subyektning obyektga nisbatan bo‘lgan munosabatini aks ettiradi.

    5. Mulkni davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirish – korxonalar ustav fondida davlat ulushining qisqarishi, ularning investitsion jozibadorligini oshirish va xorijiy investorlarni xususiylashtirish jarayoniga jalb etishni kengaytirishga qaratilgan kompleks dasturdan iborat jarayondir.

    6. Mulkchilikni takomillashtirishning hozirgi davrdagi xususiyatlaridan biri – davlat va xususiy mulk sherikchiligini keng joriy qilishdir.

    Asosiy tayanch tushunchalar



    Download 209,65 Kb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




    Download 209,65 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3-mavzu. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari

    Download 209,65 Kb.