|
3-mavzu. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari
|
bet | 10/18 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 209,65 Kb. | | #264591 |
Bog'liq v4zvfAAF7wTAhSWCEHnIKVsS3UtrJqz82hUkh0XnShaxsiy mulk – bu fuqarolar mulki bo‘lib, ularning oilaviy faoliyat yuritishida shaxsiy yoki oilaviy mehnatga asoslanib, o‘z ehtiyojini qondirishiga xizmat qiladi. Bu mulk shakli asosan shaxsning yoki uning oila a’zolarining mehnati va undan kelgan daromadlari asosida ko‘payadi va rivoj topadi.
Fuqaroning shaxsiy mulki asosan, ularning ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirokidan, o‘z xo‘jaligini yuritishdan tushgan mehnat daromadlari hisobiga vujudga keladi va ko‘payadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy mulk aksiyadan olinadigan dividend, bank foizlari, xususiy sohibkorlik daromadi kabi yangi manbalarga ham asoslanadi. Shaxsiy mulk obyektlari – bu turar joylar, bog‘-hovli va uylar, transport vositalari, pul jamg‘armalari, uy-ro‘zg‘or va shaxsiy iste’mol buyumlari, yakka tartibda va boshqa xo‘jalik faoliyati uchun kerakli ishlab chiqarish vositalari, ularda hosil qilingan mahsulot va boshqalar bo‘lishi mumkin.
«O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida»gi qonunda ko‘rsatilganidek, savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat sohasidagi, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlaridagi kichik korxonalar fuqaro va uning oila a’zolarining mulki bo‘lishi mumkin. Shaxsiy mulk obyektlari ehtiyojlarini qondirish doirasidan chiqib, daromad topish yo‘lida ishlatilishi mumkin.
Xususiy mulk – bir shaxsga jumladan, tadbirkorga qarashli bo‘lib, yollanma mehnatga asoslangan holda daromad olishga qaratilgan mulkdir.
Bu yerda mulk egasi bilan tadbirkorni bir xil qarash kerak emas. Mulk egasi o‘z mulkini o‘zi yuritishi ham mumkin, uni tadbirkorga ijaraga berishi ham mumkin. Agar mulk egasi o‘z mulkini o‘zi yuritsa, u bir vaqtning o‘zida ham mulk egasi ham tadbirkor sifatida namoyon bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining mulkchilik to‘g‘risidagi qonunida (7-modda) xususiy mulk o‘z mol-mulkiga xususiy egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidan iboratdir, deb ko‘rsatilgan. Shu bilan birga xususiy mulk bo‘lgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmasligi ta’kidlanadi. Xususiy mulk ham boshqa har qanday mulk shakllari kabi o‘zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. U so‘zsiz, tashabbuskorlik va tadbirkorlikni, mehnatga mas’uliyatlilik munosabatlarini rag‘batlantiradi. Shu bilan birga, tovar ishlab chiqarish sharoitida u xufyona daromad orttirishga intilish hissini tug‘diradi.
Mulkchilikning bu shaklini tan olish iqtisodiyotda uni qo‘llash foydali bo‘lgan bo‘g‘inlarni aniqlash, uni tartibga solishning moliyaviy va huquqiy mexanizmlarini shakllantirishni taqozo qiladi. Lekin xususiy mulkchilikni bunday tan olish uni mutlaqlashtirish bilan umuman bog‘liq emas. Bu mulk sotib olingan ishlab chiqarish vositalari asosida mustaqil xo‘jalik yuritish yoki davlat korxonalari, kooperativ firmalar, magazin, oshxona va shu kabilarni sotib olish orqali vujudga kelishi, ko‘payishi mumkin.
Turli shakldagi mulklarning aralashib, birikib ketishi natijasida aralash mulk paydo bo‘ladi. Bu mulk alohida olingan obyektning turli mulkdorlar ishtirokida o‘zlashtirilishini bildiradi.
|
| |